Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
II.Vaziyatda kassatsiya sudining ajrimi qonuniymi?
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
II.Vaziyatda kassatsiya sudining ajrimi qonuniymi?
Keltirilgan vaziyatda, Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini qaytarish to`g`risida ajrim chiqargan. Unga asos qilib esa, arizachi tomonidan apellatsiya instansiyasi sudi qarorining qaysi qonun hujjatlariga zid ekanligini tasdiqlovchi asoslarni keltirmaganligini ko’rsatgan. MSIYTK 234-moddasi 1-qism 1-bandiga ko‘ra, kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 1 — 5 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa qaytarilishi ta’kidlangan. Kassatsiya shikoyatining shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar (228-modda) ko‘rsatilgan. Ushbu moddaning 5-bandida, shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar arizada bo‘lishi kerak. Shuningdek, “Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” to‘g‘risida OSPQ ning 14-bandida MSIYutK 233 va 234-moddalarida nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, sud moddada keltirilgan asoslarga binoan, arizani qaytarish masalani hal qilgan. Holatlarni normalarda mustahkamlanganligini hisobga olib, vaziyatda kassatsiya sudining ajrimini qonuniy hisoblash mumkin. III. Qaysi hujjatlar ustidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilish mumkin? Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 224-moddasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari esa kassatsiya protesti berishga haqli. Demak, kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar quyidagilar, - birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori; - apellatsiya instansiyasi sudining qarori. - Kodeksning 247-moddasiga binoan ajrim, qaror ustidan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno. Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling