Gerbitsidlarga chidamli transgen o‘simliklar olish reja


O‘simliklar gen muhandisligining hal etilmagan muammolari


Download 150.81 Kb.
bet11/12
Sana24.12.2022
Hajmi150.81 Kb.
#1055370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
GERBITSIDLARGA CHIDAMLI TRANSGEN O‘SIMLIKLAR OLISH

O‘simliklar gen muhandisligining hal etilmagan muammolari
O‘simliklar gen muhandisligi tobora taraqqiy etishi bilan bir qatorda bir qancha muammolar hal etilmay qolmoqda. Bunday muammolardan biri - o‘simliklar genomiga o‘lchami katta bo‘lgan genlarni (10 m.n.j.dan ko‘p) yoki bir nechta funksional genlarni bir paytning o‘zida kiritishning qiyinligi bilan bog‘liqdir. Bu transformatsiya uchun qo‘llaniladigan vektorlarning hajmi bilan bog‘liqdir. So‘nggi vaqtlarda o‘simliklar transformatsiyasi uchun foydalaniladigan ko‘pchilik genlarning, ayniqsa, eukariot genlari katta o‘lchamga egaligi (5 –15 m.n.j) bilan ajralib turadi. Bundan tashqari vektor konstruksiyalar o‘zining tarkibida tanlangan genlardan tashqari selektiv genlar ham tutishi zarur. Ba’zi holatlarda o‘lchamlarini qisqartirish maqsadida genning kDNK izchilligidan foydalanish mumkin. Ammo, kDNK – nusxalari in vivodagi o‘ziga xos splaysing yoki odatda birinchi intronda spetsifik regulyator izchilliklarining ishtiroki sababli har doim ham qo‘llanermaydi. O‘simliklar transformatsiyasini cheklovchi asosiy omillarlardan biri - zarur belgi bir necha genlar tomonidan kodirlanadi va bunday xususiyatga ega bo‘lgan transgen o‘simliklarni olish hozircha bir oz texnik muammolarga ega.
Begona genlarning ekspressiyasi masalasi alohida muammo bo‘lib ko‘pincha ikki – beshta avloddan so‘ng aktiv transkripsiyalanuvchi gen ekspressiyalanishdan to‘xtaydi. Mantiqan bu tushunarli holdir, o‘simlik hujayrasi o‘zining metabolizmi uchun begona bo‘lgan, odatda bakterial kelib chiqishga ega oqsilni faol (masalan, kuchli konstitutiv 35 CaMV promotori tufayli) ekspressiyalaydi. Ko‘pincha, transgenning inaktivatsiyalanishi regulyator izchilliklarning metillanishi yoki qaysidir oqsilning promotori bilan o‘zaro ta’siri natijasida repressiyalanishi tufayli yuzaga keladi. Bunday inaktivatsiya qilingan transgenni faollashtirishning iloji yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan transgenning bunday “indamasligi”ning o‘tib ketishini taxmin qilish qiyin, chunki bu bir qancha omillar, jumladan, oqsilning izchilligi va o‘simlik genomiga birikadigan aniq joyi bilan bog‘liq. Bu muammoni ehtimol, bir necha marta transformatsiyalash yo‘li bilan o‘simlik genomida turli xil integratsiya joylariga ega bir xil vektor konstruksiyalari tutuvchi turli tizimlar olish bilan hal etish mumkin.
Transgenez bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sekin rivojlanishidagi asosiy sabab samarali genlarni ajratish, identifikatsiya qilish, genlar bankini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar rivojlanish darajasining pastligi va gen muhandisligi ilmiy bazasining cheklanganligi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Viyestur U.E. i dr. Biotexnologiya, biologicheskiye agentы, texnologiya, apparatura. Riga., Zinate. 1987.S.261.

  1. Debabov V.G. Biotexnologiya sovremennыye metodы sozdaniya promыshlennыx shtammov mikroorganizmov. Moskva 1988. S.206.

Download 150.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling