Germaniyadagi tarixiy maktab Reja
Download 431.19 Kb. Pdf ko'rish
|
79547-Germaniyadagi tarixiy maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- «yuksak benuqson tiplar»
- «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi»
- Qisqacha xulosalar
- «Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat»
Maks Yeber ma’lumotli va ko‘pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, sotsiologiya va
iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning ijodida tarixiy maktab o‘zining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. M.Veber hammadan ko‘proq darajada noto‘g‘ri fikrga asoslangan millatchilik va bir taraflama «tarixiy usul»dan ozoddir. 0‘zining dastlabki asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli emasligini ko‘rsatdi. U «yuksak benuqson tiplar» konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak va benuqson tip - bu o'z mohiyatiga ko'ra olim shakllantirgan kon- kret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. M.Veber- ning XV-XVI asrlarda Yevropaning xo'jalik burihshiga deformatsiya- ning ta’siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu izlanishlaming markazida «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi» asari turadi. Ma’lum ma’noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni, ya’ni fundamental tarixiy-iqtisodiy asami yaratdi. Bu kitob sayo- xatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib kuzatishi edi. Qisqacha xulosalar F.List va tarixiy maktab namoyandalari o'z asarlari va uslubiyatlari bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar. List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo'jalik siyosiy muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan ko'rsatib berishda o'z o'mini topadi. F.Listning traktati to'rtta asosiy kitobdan iborat bo'lib, «Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat» deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olitnning iqtisodiy qarashlarining nazariy asoslarini ko‘rsatib beradi. Uchinchi Idtobda List siyosiy iqtisodning bir nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jumladan, merkantilistlar, fiziokratlar tizimlari bilan bir qatorda sanoat tizimi mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. B. Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» va K.Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab o‘mini mustahkam belgilab berdi. Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma- ketligini e’tirof etib, iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda qoldirdilar. XIX asming 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o‘z maqsad, vazifalari va uslubiyatlari bilan o'zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo‘nalishni ilmiy asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid qilgan nazariy maktablardan biri edi. Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy qonunlaming nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini hamda ijtimoiy va tabiiy faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini ko‘rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklaming «iqtisodiy inson» g'oyalari ham tanqid qilinib, undagi insonlaming xo‘jalik faoUyati — xulqiga xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g‘amxo‘rlik, mehribonlik, burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan chetda qolma- ganligini alohida ta’kidladilar. Vanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya uslublaridan keng foydalanish, o‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk- siya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini ko‘rsatib berdilar. Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari qo‘llagan iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi edi. Download 431.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling