Gilbert-shmidt teoremasi. Spekt va rezolventa 1 Teskari operatorlar


Chiziqli operatorning spektri va rezolventasi


Download 0.86 Mb.
bet17/22
Sana20.06.2020
Hajmi0.86 Mb.
#120720
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
4-Maruza.Teskari operator haq. Banax ter


3. Chiziqli operatorning spektri va rezolventasi

Operatorlar nazariyasida spektr tushunchasi eng muhim tushunchalardan biridir. Chiziqli operator spektrini o‘rganish matematik fizika uchun muhimdir. Masalan, kvant mexanikasida sistema Hamiltoniani - bu Hilbert fazosidagi o‘z-o‘ziga qo‘shma operatordir, uning spektrini o‘rganish sistema fizik xususiyatlarini o‘rganish uchun muhimdir. Spektr tushunchasini dastlab chekli o‘lchamli fazolardagi chiziqli operatorlar uchun eslatamiz.

Faraz qilaylik, chiziqli operator berilgan bo‘lsin. Agar biror son uchun



tenglama nolmas yechimga ega bo‘lsa, u holda son operatorning xos qiymati deyiladi, unga mos keluvchi nolmas yechim esa xos vektor deyiladi. Ma’lumki, har bir chiziqli operatorga matritsa mos keladi va aksincha. Chiziqli algebra kursidan ma’lumki, agar son operatorning xos qiymati bo‘lsa, bo‘ladi va aksincha. matritsa determinanti parametr ning darajali ko‘phadi bo‘ladi va tenglama ko‘pi bilan ta ildizga ega, ya’ni chiziqli operator ko‘pi bilan ta xos qiymatga ega. Agar son operatorning xos qiymati bo‘lsa ga teskari operator mavjud emas va aksincha. Agar son operator uchun xos qiymat bo‘lmasa, ya’ni bo‘lsa, u holda ga teskari operator mavjud va u fazoning hamma yerida aniqlangan bo‘ladi.

3.1-teorema. chiziqli operator chegaralangandir.

Isbot. fazoda ortonormal bazisni tanlaymiz. U holda har bir vektor yagona usulda



ko‘rinishda tasvirlanadi. Agar operator da aniqlangan chiziqli operator bo‘lsa, u holda



bo‘ladi. Shunday ekan, chiziqli operator o‘zining bazis vektorlardagi qiymatlari bilan bir qiymatli aniqlanadi. Endi ning normasini baholaymiz:



Bu yerda



Demak, chekli o‘lchamli fazoda aniqlangan har qanday chiziqli operator chegaralangan bo‘lar ekan.

Yuqorida aytilganlarning natijasi sifatida shuni ta’kidlash lozimki, chekli o‘lchamli fazolardagi chiziqli operatorlar uchun quyidagi ikki holat sodir bo‘lishi mumkin:

1) son uchun tenglama nolmas yechimga ega, ya’ni son operator uchun xos qiymat, bu holda ga teskari operator mavjud emas;

2) son uchun fazoning hamma yerida aniqlangan operator mavjud va demak, chegaralangan.

Chekli o‘lchamli fazolarda chiziqli operatorning xos qiymatlari to‘plami uning spektri deb ataladi. Agar son operator uchun xos qiymat bo‘lmasa, u operatorning regulyar nuqtasi deyiladi. Umuman aytganda, chekli o‘lchamli fazolarda spektr termini kam ishlatiladi.

Agar operator cheksiz o‘lchamli fazoda berilgan bo‘lsa, u holda yuqorida keltirilgan 1 va 2 holatlardan farqli bo‘lgan uchinchi holat ham bo‘ladi, ya’ni:

3) operator mavjud, ya’ni tenglama faqat nol yechimga ega, lekin operator ning hamma yerida aniqlanmagan yoki


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling