Glossariy – kursda ishlatiladigan atamalar, qisqartmalar va belgilar lug‘ati miloddan avvalgi (m a.) IV ming yillik


Download 74.5 Kb.
bet9/18
Sana31.01.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1142322
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Glossariy

Mak-Kullox Jon Ramsey (1789-1864) - ingliz olimi, Maltusni qo‘llagan, mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surdi.
Senior A. (1790-1864) - ingliz siyosiy iqtisodi vakili, «So‘nggi soat» va «Tiyilish» nazariyalarini ilgari surgan, unga ko‘ra go‘yoki ishchilar o‘n bir yarim soat ish vaqtining faqat oxirgi bir soati davomidagina foyda keltirar ekanlar.
Sey Jan Batist (1767-1837) - fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga qarshi, «kompensatsiya» nazariyasini ilgari surgan, «Sey qonuni»ning («Bozorlar qonuni») muallifi, unga ko‘ra taklif talabni avtomatik ravishda vujudga keltiradi, S. inqirozlarni inkor etgan, sinflar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni tan olmaydi («ular o‘rtasida uyg‘unlik bor», deydi). Proteksionizm o‘rniga savdoni targ‘ib qilgan. Ishlab chiqarishning uch omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi.
Maltus Tomas Robert (1766-1834) - ingliz iqtisodchisi, «Nufus nazariyasi», «Tuproq unumdorligining pasayib borishi qonuni»ning muallifi. Uningcha aholi geometrik progressiya asosida, noz-ne’matlar esa arifmetik progressiya asosida o‘sib boradi, oqibatda qashshoqlikning sababi aholi soniga bog‘liq deb ko‘rsatiladi. M. aholi sonining o‘sishini cheklash tarafdori bo‘lgan.
«Uchinchi shaxslar» - XIX asr boshlarida muomalaga kiritilgan tushuncha. Xo‘jalik hayotini sinfiy tahlil qilish metodida qo‘llaniladi. Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo‘lgan tadbirkorlar va yollanma ishchilardan tashqari qatlam bo‘lib, olimlar fikri bo‘yicha ular mahsulotni yaratish va realizatsiya qilishga imkon beradi.
Bastia F. (1801-1850) - fransuz iqtisodchisi, «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobi va g‘oyasi, «manfaatlar uyg‘unligi» va «xizmatlar» nazariyalarining muallifi.
Keri Genri Charlz (1793-1879) - amerikalik iqtisodchi, «Manfaatlar uyg‘unligi» (1872) asarini yozgan. Shu g‘oyaning tarafdori bo‘lgan, millatlar uyg‘unligi g‘oyasini ilgari surdi, Rikardo va Maltusga qarshi chiqdi. Erkin savdoni rad etdi, proteksionizm va qulchilikni qo‘lladi.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling