Grammatika
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
morfologik usul – asosga -lar qo`shimchasini qo`shish orqali yasalgan shakl: farzandlar, gullar, qushlar, yulduzlar.
sintaktik (leksik)usul – otdan oldin miqdor bildiruvchi ayrim so`zlar yoki sonlarni keltirish orqali yasaladigan shakl: o`nta kitob, ancha odam, ko`p odam. leksik-morfologik – ko’p odamlar, ancha daraxtlar, bir qancha kishilar (lekin o’nta kitoblar, yuztacha odamlar bo’lmaydi, bu uslubiy xatolik hisoblanadi) !!! -lar qo`shimchasi grammatik va uslubiy ma’nolarni ifodalash xususiyatiga ega: -lar qo`shimchasi ot yoki otlashgan so`zlarga qo`shilib, ko`plik ma’nosini ifodalashi uning grammatik ma’nosidir: uylar, bolalar, yaxshilar, kelganlar. -lar qo`shimchasining faqat birlikda qo`llanuvchi otlarga qo`shilib, ko`plikdan tashqari anglatgan ma’nolari uning uslubiy ma’nosi bo`lib hisoblanadi. -lar qo`shimchasining uslubiy ma’nolari: mavhum otlarga –lar qo`shimchasi qo`shilsa ma’no kuchaytiriladi: sevinchlarim, qayg`ularim, armonlarim, quvonchlarim. donalab sanalmaydigan otlarga - qo`shilganda xil, nav, tur ma’nolarini anglatadi: unlar, suvlar, yog`lar. atoqli otlarga – qo`shilganda umumlashtirish, jamlash ma’nolarini ifodalaydi: Akmallarnikiga bordik.. Tabiatdagi yakka jismlarga – qo`shilganda ma’no kuchaytiriladi: Oylar yuziga parda tortadi. Ushbu sanalgan otlar lar qo`shimchasini olsada, ulardan anglashilgan ma’no uslubiy ma’noni ifodalaydi. Shuning uchun ham quyida sanab o`tgan otlarimiz birlikda qo`llaniluvchi otlar bo`lib ular grammatik ko`plikda qo`llanila olmaydi. hurmat ma’nolarini anglatadi – bunda lar qo`shimchasi egalik qo`shimchasidan keyin joylashadi: oyimlar keldilar, akamlar vrachlar. (Ot+ I sh.egalik+ko’plik-=hurmat ma’nosi:dadamlar, opamlar. Ot+ko’plik+I sh.egalik=ko’plik: opalarimOt+ko’plik+II sh. egalik=hurmat ma’nosi: Xayriniso, dadamning opalari bo’ladi.) payt va masofani bildiruvchi so’zlarga qo’shilganda chama taxmin ma’nolarini anglatadi: Ikki soatlar kutdik, beshlarda boradi. joy nomlariga qo’shilganda maydon kengligi va uning atrofini bildiradi: Samarqandlarni aylandik, Mirzacho’llar obod bo’ldi; o’zlik olmoshiga qo’shilsa, kesatish, mazax yoki hurmat ma’nosoni bildiradi: o’zlari kelibdilar-da? ifodalilik va ta’sirchanlik: lablari, ko’zlari, qo’llari, boshlari. Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling