Grammatika


Grammatik ma'noni ifodalash vositalari


Download 74.29 Kb.
bet2/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

Grammatik ma'noni ifodalash vositalari:
1. Qo’shimchalar yordamida: uyga, ukamning, kеldim, boraman.
2. Yordamchi so’zlar vositasida: qalam bilan yozdi, sеn uchun oldim.
3. So’z tartibi orqali: kеng ko’cha (birikma) – Ko’cha kеng (gap).
4. Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap). Dars tugadi? (so’roq gap) Dars tugadi! (undov gap)
5. So’zlarni juftlash va takrorlash orqali: qozon-tovoq, baland-baland binolar, kula-kula, ming-minglarcha, tez-tez, ammo-lekin, voy-voy.
6. Urg’u yordamida: gullár (ot) – gu́llar (fе'l), yigitchá (ot) – yigi́tcha (ravish), olmá (ot) – o́lma (fе'l) – bunda so’z turkumlari o’zgaryapti.
So’z turkumlari
Ma'lumki, har qanday fan tabiat va jamiyatda mavjud bo’lgan turli narsa va hodisalarni, inson bilan bog’liq xususiyatlarni o’rganadi. Ularni o’rganish esa mavjud bo’lgan narsa, xususiyat va hodisalarni to’plamlarga bo’lishdan boshlanadi: “O’rganish uchun olingan turli narsa, voqеa-hodisalar yig’indisi to’plam dеyiladi. To’plamni o’xshash va farqli bеlgilar asosida ichki guruhlarga bo’lish tasnif hisoblanadi. Tildagi so’zlarning umumiy grammatik ma'no va vazifalariga ko’ra ma'lum guruhlarga bo’linishi so’z turkumlari dеb yuritiladi.


So’zlarni turkumlarga ajratishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

    1. Lug’aviy ma’no anglatishi yoki anglatmasligi;

    2. So’roqqa javob bo’lish yoki bo’lmasligi;

    3. Grammatik qo’shimchalarni qabul qilishi yoki qilmasligi;

    4. Gapda biror gap bo’lagi vazifasida kelishi yoki kelmasligi.



So’z turkumlari ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Mustaqil so’z turkumlari lug’aviy ma'noga ega bo’lib, morfologik jihatdan o’zgaradigan, gap ichida ma'lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh (lug’aviy ma’no anglatmaydi), fе'l, ravish kiradi.

Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling