Grammatika
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) Sanalmaydigan otlar
2) Mavhum otlar. Sezgi a’zolarimiz yordamida (ushlab, ko`rib) bilishimiz mumkin bo`lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlar mavhum otlar deyiladi: g`am, qayg`u, vaxt, quvonch, aql, uyqu, farishta, hayo, nomus. Mavhum otlar faqat birlikda qo`llaniladi va ko`plik (–lar) qo`shimchasini olganda grammatik ma’no ifodalanmaydi, ma’no kuchaytiriladi, ta’kidlash uslubiy ma’no anglashiladi: Tuyg`ularim jo`shib ketdi.
Mavhum otlar yasama bo`lishi ham mumkin: lik shodlik,yomonlik, ahmoqlik, to’kin-sochinlik ch quvonch, o`kinch, yupanch, sog`inch, ovunch inch qo`rqinch , gi sevgi, kulgi at samimiyat, she’riyar, abadiyat ot hissiyot, mushkulot iyat(iy+at): (arabcha) – sababiyat, qadriyat, qobiliyat, mag’lubiyat Yakka va jamlovchi otlar. Birlik sonda bitta narsa yoki narsalar to’dasini bildirishiga ko’ra otlar 2ga bo’linadi: 1) Yakka otlar. Donalab sanaladigan predmetlar yakka otlardir: daftar, ruchka, qalam, stul, stol. 2) Jamlovchi otlar.Bir turdagi predmetlarning jamini bildiruvchi, o`zi alohida predmetga xos atash ma’nosini anglatmaydigan otlar to`da otlardir: xalq, el, yurt, poda, sabzavot, meva, qum, shakar, armiya, suv,millat, guruh. omma, jamiyat, to`da, to`plam, suruv, karvon. Sanaladigan va sanalmaydigan otlar Narsalarning sanalish va sanalmasligiga ko’ra otlarning turi: 1) Sanaladigan otlar: daftar, ruchka, qalam, non, pul; 2) Sanalmaydigan otlar: havo, suv, yog’, shaker, guruch, sut, do’stlik, un. OTLARNING LUG`AVIY SHAKLLARI SON SHAKLLARI. Otlarning son shakli uning lug`aviy shakli sanaladi. Son shakli birlik va ko`plik shaklga ega. Otlarning –lar qo`shimchasini olgan shakli ko`plik shakli, -lar qo`shimchasini olmagan shakli esa birlik shakli bo`lib hisoblanadi. Masalan: Kitob(birlik) – kitoblar(ko`plik), qalam(birlik) – qalamlar(ko`plik). Otlarning birlik shakli predmetning yakkaligigini ifodalaydi, u maxsus ko`rsatkichga ega emas. Otlarning ko`plik shakli predmetning birdan ortiqligini ifodalab keladi va qo`yidagi usullar bilan yasaladi: Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling