Grammatika
Egalik qo`shimchali so`zlarning imlosi
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
Egalik qo`shimchali so`zlarning imlosi.
terak, qishloq, bolalik singari ikki va ko`p bo`g`inli so`zlarda egalik qo`shimchasi qo`shilganda, asos qismining oxirgi k, q tovushlari g va g` tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: teragi, qishlog`i, bolaligi; o`rin, shahar,burun, qo’yin kabi ikkinchi bo`g`inida i, a, u qisqa unlilari ishtirok etgan so`zlarda egalik qo`shimchasi qo`shilganda ikkinchi bo`g`indagi i, a, u unlilari tushib qoladi: o`rni, shahri, burni, qo’yni; nok, chok, mashq kabi bir bo`g`inli, idrok, ishtirok, huquq kabi ko`p bo`g`inli so`zlarda egalik qo`shimchalari qo`shilganda asos qismda hech qanday o`zgarish bo`lmaydi: noki, ishtiroki, huquqi. obro’, parvo, avzo, mavzu, mavqe kabi so’zlarga I va II shaxs egalik qo’shimchalari qo’shilsa, asosda “y” tovushi ortadi: obro’yim, mavqeying U, bu, shu, o’sha ko’rsatish olmoshlariga egalik qo’shimchalari qo’shilganida so’z asosida “n” tovushi ortadi: u+im=inim, bu+im=bunim, bu+ingiz=buningiz u, bu, shu, o’sha ko’rsatish olmoshlariga III shaxs birlik sondagi egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shiladi: bu+si=bunisi=bu+i+si, unisi, shunisi, o’shanisi yarim, singil so’zlariga III shaxs egalik qo’shimchasi ikki marta qo’shiladi: yarim+i+si=yarmisi, singil+i+si= singlisi Demak, egalik qo`shimchalari qo`shilganda ba’zi so`zlarda tovush almashishi, tovush ortishi va tovush tushishi hodisalari yuz beradi. Kelishik shakllari. Ot, olmosh va otlashgan so’zlarga qo’shilib, ularni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat qiluvchi qo`shimchalar kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doim tobe so`zga qo`shiladi. O`zbek tilida oltita kelishik mavjud:
Ismlarning (ot va otlashgan so’zlarning ) egalik qo`shimchalari bilan shaxs-sonda hamda kelishik qo`shimchalari bilan o`zgarishi turlanish deyiladi. Turlovchi qo`shimchalar egalik va kelishik qo`shimchalaridir. Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling