Grammatika
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir
1. Bosh kelishik - kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`ladi. Bosh kelishik shakli maxsus ko`rsatkichga ega emas. Bu shakldagi so`z gapda ega, ot kesim, undalma vazifalarida keladi.Masalan: Mening onam – vrach. Bahor, buncha-go`zalsan . Qizcha maktabda o`qiydi.
!!! Ba’zan sifatlovchi aniqlovchi: Temir panjara ochildi. Atov gap: Qish. Izohlovchi aniqlovchi: Rassom Alisher keldi 2. Qaratqich kelishigi –kimning? nimaning? qayerning? so`roqlariga javob bo`ladi. Qaratqich kelishigini olgan so`z gapda qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi. Masalan: Karimningbelgili ukasi bor. Olmabelgisiz vargi to`kildi. Qaratqich kelishigidagi so`z qaratqich, u bog`lanib kelgan so`z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelantirib bog`laydi va qaralmishdagi narsa-hodisa belgi- xususiyat, harakat-holatning qarashliligini bildiradi. Masalan: Maktabimizqaratqich bog`iqaralmish Qaratqich kelishigi o`zidan keyin ot va otlashgan so`zlarni bog`laydi. U belgili va belgisiz shaklga ega. Belgisiz shakli turdosh otlarda uchraydi: maktab bog`i, bahor yomg`iri. Lekin qaratqich va qaralmish o`rtasida so`z ishtirok etganida u belgili shaklda qo`llaniladi: maktabimizning katta bog`i, vahorning yoqimli yomg`iri. Atoqli otlar, olmoshlar, sifatdoshlarda qaratqich kelishigi doim belgili qo`llaniladi. Masalan: Karimning ukasi, uning fikri, hammaning joyi . !!! Qaratqich kelishigi shaxs nomlari, otlashgan so’zlar va olmoshlarga qo’shilganda, belgisiz qo’llanmaydi.(7 ona tili. 2017-yil) Qaratqich kelishigining belgili shakli ning va –n, -ing, im (poetik) shakllarga ega: Erkalanib yotadi onasin quchog`ida. Xazorasping olmasi, Vatanim manim Qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchasining qo’llanishi: 1) gulning bargi – aniqlik ma’nosi; 2) gul bargi – umumiylik ma’nosi; 3) bizning gul – I shaxs ma’nosi; 4) gul barg – oddiy so’zlashuv uslubi. Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling