Grammatika


Download 74.29 Kb.
bet14/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

3. Tushum kelishigi kimni? nimani? qayerni? so`roqlariga javob bo`ladi. Tushum kelishigidagi so`z doim o`timli fe’llarga bog`lanadi. Bu so`z gapda doim vositasiz to`ldiruvchi bo`lib keladi: Bu she’rlarni hayajon bilan o`qiymiz.
Tushum kelishigidagi so`z bilan o`timli fe’l yonma-yon kelganda tushum kelishigi belgisiz qo`llaniladi. Masalan: Kitob o`qidi, suv ichdi.
Tushum kelishigidagi so`z bilan o`timli fe’l orasida biror so`z qo`llanilsa,tushum kelishigidagi so’z atoqli ot, olmosh va sifatdosh bo’lsa, tushum kelishigi faqat belgili shaklda qo`llaniladi: Kitobni miriqib o`qidi, suvni qonib ichdi, Ahmadni tabrikladi, seni izladim, o’qiganni hurmat qil.
Tushum kelishigining belgisiz shakli ko`pincha turdosh otlarga narsa otlariga xosdir: gul terdi, xat yozdi, rasm chizdi.
Tushum kelishigining belgili shakli -i va -n (poetik) shakllarga ega: Otin jilovin burdi.O’z tugunchabin yechdi, Tushda ko’rdim yorimi, Aql qulog’ila eshit holimi. Yer kurrasin boshin tang’idik.
Og’zaki nutqda – di, -ti: kitobti
!!! Egalik qo’shimchasini olgan ismlarga bog’lanuvchi so’z qaratqich kelishigi shaklida, o’timli fe’llarga bog’lanuvchi so’z tushum kelishigi shaklida keladi: bolaning aqli, bolani ko’rdi
4. Jo`nalish kelishigi kimga? nimaga? qayerga? so`roqlariga javob bo`lib, gapda quyidagi vazifalarda qo`llaniladi:

  • shaxs va narsa otlariga qo`shilib, kimga? nimaga? so`roqlariga javob bo`ladi, gapda vositali to`ldiruvchi bo`lib keladi: Yurakka buyurib bo`lmaydi. Do`stimga xat yozdim.

  • o`rin-joy otlariga qo`shilib, qayerga? so`rog`iga javob bo`lib keladi, gapda o`rin holi vazifasida keladi: Qishloqqa qaytdi.

  • payt otlariga qo`shilib. qachon? so`rog`iga javob bo`lib, payt holi vazifasida keladi. Ertaga qayting. Tongga yaqin boramiz.

  • harakat nomiga qoshilsa nima maqsadda?, nima sababdan? so’rog’iga javob bo’ladi va gapda maqsad va sabab holi vazifasida keladi: Biz qaymoq olmoqqa keldik. Men ham shu yerga kelganimga xursandman

Jo`nalish kelishigidaga so`zdan keyin sifat va fe’llar qo`llaniladi: yurishga qulay, doskaga yozmoq, ovqatga pazanda.
Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi k, q tovushlari bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda, -ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: nokka, sanoqqa – fonetik yozuv.
G’ tovushi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda, -qa shaklida talaffuz etilsa ham, -ga yoziladi: tog’ga, bog’ga, sog’ga – morfologik yozuv.
! Jo’nalish kelishigining qisqargan shakli: -a, -ya, -na: bolama o’xshaydi, bir guli ra’noya oshiq bo’lmisham, alina alim degdi(o’g’uz lahjasida)

Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling