Grammatika


Download 74.29 Kb.
bet15/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

5.O`rin-payt kelishigi kimda? nimada? qayerda? qachon? so`roqlariga javob bo`ladi.

  • shaxs va narsa otlariga qo`shilib, kimda? nimada? so`roqlariga javob bo`ladi, gapda vositali to`ldiruvchi vazifasida keladi: telefonda gaplashmoq, do`stida ko`rmoq.

  • o`rin-joy otlariga qo`shilib, qayerga? so`rog`iga javob bo`lib keladi, gapda o`rin holi vazifasida keladi: Qishloqda yashaydi.

  • payt otlariga qo`shilib, qachon? so`rog`iga javob bo`ladi, gapda payt holi vazifasida keladi. Tongda aytdi hayot otini.

  • gap oxirida kelsa ot kesim: Kuch adolatda.

6.Chiqish kelishigi kimdan? nimadan? qayerdan? qachon? nima uchun? nima sababdan? so`roqlariga javob bo`ladi. Doim belgili qo’llanadi. Ba’zan tarixiy-an’anaviy yozuvda –din shaklida yoziladi: Sendin o’zga yor yo’q.
Nondan olmoqnimadan?
Qo`rqanidan yig`lamoqnima uchun?
Ertalabdan chaqirmoqqachon?
Do`stidan olmoqkimdan?

  • shaxs va narsa otlariga qo`shilib, kimdan? nimadan? so`roqlariga javob bo`ladi, gapda to`ldiruvchi vazifasida keladi:do`stidan so`ramoq, uzumdan olmoq

  • o`rin-joy otlariga qo`shilib, qayerdan? so`rog`iga javob bo`lib keladi, gapda o`rin holi vazifasida keladi: shahardan qaytmoq.

  • payt otlariga qo`shilib, qachon? so`rog`iga javob bo`ladi, gapda payt holi vazifasida keladi. Mashg`ulotlar tushdan boshlanadi.

  • otlashgan sifatdoshlarga qo`shilib, nima uchun so`rog`iga javob bo`ladi, gapda sabab holi vazifasida keladi: Hammasini unutganidan rostini aytib qo`ya qoldi.

  • qanday so’rog’iga javob bo’lib, ravish holi: U Sultonalining gaplarini chin yurakdan qarshi oldi.

!!! Bosh, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigi shaklidagi ismlar gapda ot kesim vazifasida qo’llana oladi: Maqsadim – shu. Barcha sovg’a senga. Bari boylik senda. Umidim sendan.

Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling