Grammatika
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs otlari
- Narsa otlari quyidagi ma’noviy guruhlarga ajraladi
Turdosh otlar bir turdagi shaxs, narsa, o`rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlardir. Turdosh otlar quyidagi ma’noviy guruhlarga bo`linadi:
shaxs otlari; narsa otlari; o’rin-joy otlari; faoliyat-jarayon otlari. Shaxs otlari – kim? so`rog`iga javob bo`lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansabiga, ijtimoiy holatiga, nasl-nasabiga qarindoshlik darajasiga ko`ra nomlab keladi. Masalan: yigit, qiz, ayol, erkak – jins jihatdan; amma, xola, tog`a, amaki - qarindoshlik darajasiga ko`ra; leytenant, dotsent, polkovnik – unvoni jihatdan; tikuvchi, oshpaz, zargar, ijodkor, kaptarvoz, sartarosh – kasb-koriga ko`ra; chol, yigit, kampir,qiz, bola – yoshiga ko`ra; rais, direktor – amal-mansabiga ko’ra; shoh, gado, shahzoda, malika – ijtimoiy holatiga ko’ra; xo’ja, sayid – nasl-nasabiga ko’ra; qishloqlik, toshkentlik – yashash joyiga nisbatan nomlangan. Shaxs otlari yasama otlar ham bo`lishi mumkin. Ular shaxs oti yasovchi qo`shimchalar yordamida yasaladi: sinfdosh, suvchi, dorboz, soatsoz, kitobxon kabi. -lik qo`shimchasi o`rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo`shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi, Atoqli otlarga qo`shilgan –lik qo`shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: andijonlik, qishloqlik, amerikalik. Narsa otlari – nima? so`rog`iga javob bo`lib, jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildiradigan otlardir:hashtak-pashtak, boychechak, sho’rva, shim, cho’mich, tulki, oy. Narsa otlari quyidagi ma’noviy guruhlarga ajraladi: Hayvon nomlari – kuchuk, mushuk, sichqon, chumoli, chigirtka O`simlik nomlari – gul, rayxon, yalpiz, gultojixo`roz Oziq-ovqat nomlari – piyoz, kartoshka, qovun,non, qovurdoq Kiyim-kechak – shim, yubka, pal’to, to`n Idish-tovoq nomlari – qoshiq, kosa, qozon, cho`mich Ish qurollari nomlari – ketmon, bolta, arra, tesha Osmon jismlari nomi – yulduz, oy, bulut, quyosh Narsa otlarning tub va yasama shakli mavjud: -gich, -,qich, -gi, -qi, - k, - q –oq, -indi, -ma, -don, -moq,m qo`shimchalari asosga qo`shilib yasama narsa otlari yasaydi: o`roq, taroq, tugma, qirg`ich, guldon, achitqi, tishkovlagich, elak, supurgi, bo’yoq, to’plam. Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling