Grammatika


Download 74.29 Kb.
bet3/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

2. Yordamchi so’zlar yakka holda ma'no anglatmaydigan, gap bo’lagi bo’la olmaydigan, grammatik ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so’zlardir. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha ma'nolar qo’shadi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi, yuklama kiradi.
3. Alohida olingan so’zlar lug’aviy ma'no bildirmaydigan, lеkin ba'zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Bularga modal so’zlar, undov so’zlar, taqlid so’zlar kiradi.

!!! Grammatik ma’no so’zlarni turkumlarga ajratishda asosiy belgi hisoblanadi.



So’zalrni turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardan buyon olimlar diqqatini tortib kelgan. Tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan qadimgi hindlardir.
1) dastlab hindlar so’zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan
2)arablar ismlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan (hindlarning g’oyalari asosida)
3) yunon olimlari, xususan, Arastu ham so’zalrni ism, sifat, son, olmosh, fe’llar, yordamchilarga ajratadi.
4) rus tilshunoslari mustaqil so’zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’lga ajratadilar. Aslida, ot, sifat, son, olmoshlar nomlar sanaladi.: narsaning nomi ot, belgining nomi sifat, miqdorning nomi son, nomlar o’rnida almashinib keluvchi so’zlar olmosh. Rus tilshunoslari shuning uchun ularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so’zalar nomi bilan birlashtiradi.
Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o’rganib kelganlar. Bu so’z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko’plik shakllari bilan o’zgaradi. Shuning uchun bu shakllar faqat otlargagina emas, balki sifat, son, olmoshlarga, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so’zlarga ham daxldor. Egalik va kelishik qo’shimchalari ana shu so’zlarni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lab keladi. Mustaqil so`zlardan kelishik va egalik qo`shimchalari bilan o`zgarish xususiyatiga ega bo`lgan so`zlar ismlar deyiladi. Drmak ismlar turkumiga quyidagi so’zlar turkumi kiradi: ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so’zalar
Ismlarning munosabat shakllari:

      1. egalik;

      2. kelishik;

      3. bog’lamalar.

Ismlarning lug’aviy shakllari:

  1. ko’plik (-lar);

  2. kichraytirish (-cha, -choq, -chak)

  3. erkalash (-jon, -xon, -oy)

  4. qiyoslash (-roq)

  5. daraja (-ish, -(i)mtir)


Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling