Grammatika


Download 74.29 Kb.
bet4/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

OT SO`Z TURKUMI
Shaxs , narsa ma’nolarini shuningdek joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar ot deyiladi. Kim? so`rog`i shaxsni bildiruvchi so`zlarga, nima? so`rog`i narsa-buyumni bildiruvchi so`zlarga, qayer? so`rog`i joy nomini bildiruvchi so`zlarga beriladi. Shunga ko`ra otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari, o`rin-joy otlariga bo`linadi. Masalan: olma, bulut, do`ppi; qiz, chol, Qo`zivoy; qishloq, guzar, Toshkent.
Otning morfologik xususiyatlari:

    1. Son (birlik va ko’plik) ma’nosini bidiradi: kitob – kitoblar

    2. Kelishik ma’nosini bildiradi: kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan;

    3. Egalik ma’nosini bildiradi: kitobim, kitobing;

    4. lug’aviy shakllarga ega: uycha, onajon, qizaloq;

    5. Yasalish tizimiga ega: paxtakor, kitobxon;

    6. Sifat o’rnida qo’llana oladi: shisha idish, temir sandiq, oltin bilaguzuk.

!!! Otning kelishik va son shakli doimiy shakli hisoblanadi.
!!! Ost, ust, yon, old, orqa, ro’para, qosh ko’makchi vazifasida qo’llana oladigan otlardir: Gap futbol o’yini ustida ketardi (ko’makchi) – Qoziq ustida qor turmas (ot)


Otning sintaktik xususiyatlari:

      1. barcha mustaqil so’zlar bilan sintaktik munosabatga kirisha oladi:

ot+ot: atlas ko’ylak, onamga sovg’a;
sifat+ ot: shiairn taom, qizil gul, baland bino:
son+ot: uchta kitob, o’ntacha bola:
olmosh+ot: barcha bola, shu kitob:
ravish+ot: ko’p uylar, bir talay qushlar, ancha yillar:

      1. barcha sintaktik vazifani bajara oladi:

Ega: Kitob aql chirog’i.
Ot kesim: Mening eng yaqin do’stim kitobdir.
Undalma: Kitob, sen mening eng yaqin do’stimsa.

Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling