Grammatika
Aniqlovchi: Hayotning qadriga yeting. To’ldiruvchi
Download 74.29 Kb.
|
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Juft otlar
Aniqlovchi: Hayotning qadriga yeting.
To’ldiruvchi: Bolalarni kitobga qiziqtiring. Hol: Bahorda butun tabiat uyg’onadi. Otlar tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, jut va takroriy otlarga bo`linadi. 1.Sodda otlar faqat bir asosdan tarkib topgan otlardir: ishlarimiz, ko`chadagi, o`roq. Sodda otlar tub va yasama bo`ladi. Tarkibida so`z yasovchi qo`shimchasi bo`lmagan otlar sodda tub otlardir: tilimiz, bolalar, kitob, quyoshni, maktabga Morfologik usul bilan (so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida) yasalgan otlar sodda yasama otlardir: ekin, supurgi, aravakash, gulchi, terim, tilak. 2.Qo`shma otlar ikki yoki undan ortiq asosdan tarkib topgan otlardir: kungaboqar, beshvarmoq, qulqop, boychechak. Qo`shma otlar qo`shib yoki ajratib yoziladi: ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar doim qo’shib yoziladi: laylakqor, olibsotar, tillaqosh,qizilishton, kungaboqar, ko’ksulton, atirgul; ikkinchi qismi turdosh otdan bo`lgan atoqli otlar qo`shib yoziladi: Oltiariq, Yangibozor, Surxondaryo; ikkinchi qismi atoqli otdan bo`lgan qo`shma otlar ajratib yoziladi: O`rta Osiyo, G`arbiy Yevropa, O`rta Chirchiq, Markaziy Osiyo. 3.Juft otlar - bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tarkib topgan otlar bo’lib, ular chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, temir-tersak, ot-ulov,orzu-armon, gap-so`z, dori-darmon, qarindosh-urug’… 4.Takroriy otlar otni aynan yoki tovush o`zgarishi bilan takrorlash orqali hosil qilinadi otlar, ular chiziqcha bila yoziladi: tuz-puz, tovuq-povuq, don-dun, ekin-tekin, osh-posh, irim-sirim, qovun-povun, uy-puy, yor-yor, jag’-jag’(o’simlik).. !!! Es-es, chelak-chelak, qator-qator kabi takror kelgan otlar ravish so’z turkumiga o’tadi. !!! Tun-kun, yildan-yilga ravish so’z turkumi. Download 74.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling