Faoliyat jarayon otlari shaxs, narsalarning faoliyat jarayonini ifodalovchi otlardir: chorvachilik, tanlov, chopiq, loygarchilik, terim, ro`shnolik. Faoliyat – jarayon otlari quyidagi qo`shimchalar bilan yasaladi:
lik sartaroshlik, mehribonlik, to`quvchilik, ro’shnolik, ezmalik
chilik g`allachilik, paxtachilik, ipakchilik, pillachilik, ipakchilik, dehqonchilik, ustachilik, chorvachilik, gulchilik, o’qituvchilik
garchilik loygarchilik, mo`lchilik, ovoragarchilik, serobgarchilik, yog’ingarchilik
(u)v xayrlashuv, yozuv, chizuv, chaquv, saylov, tintuv(6-sinf, 133-bet)
(i)m terim, kirim-chiqim, kechirim, unum
(i)q chopiq, qaytariq, qiliq
ik ko’rik
O`rin-joy otlari: qayer? so`rog`iga javob bo`lib, o`rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlardir: shahar, tuman, guzar, mahalla, ko`cha, maydon, gulzor, oromgoh, g`arb, shimol. O`rin joy otlari o`rin joy oti yasovchi qo`shimchalar bilan yasaladi:
zor gulzor, mevazor, tokzor
loq qumloq, toshloq, o’tloq
iston qabriston, guliston
goh sayrgoh, tomoshagoh
xona qo`riqxona, yotoqxona, oshxona
ma bostirma, tortma
Aniq va mavhum otlar.
Turdosh otlar ifodalanayotgan tushunchaning xarakteriga ko’ra 2ga bo’linadi: aniq ot va mavhum ot.
1) Aniq otlar. Sezgi a’zolarimiz yordamida (ushlab, ko`rib) bilishimiz mumkin bo`lgan narsalarni bildirgan otlar aniq otlar deyiladi: kitob, daftar, stol, stul, parta.Aniq otlar birlik va ko`plik shaklda qo`llaniladi. Birlik va ko`plik ma’nolarini anglata oladi: kitoblar -birdan ortiqlik ma’nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |