Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan


Download 312.5 Kb.
bet15/16
Sana09.01.2022
Hajmi312.5 Kb.
#255350
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
70 19 To'xtayev Bunyod Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasidan (2)

6. Kredit nazariyalari tanqidi.
Turli davrlardagi yashab ijod qilgan iqtisodchilar kreditni iqtisodiyotda hamda takror ishlab chiqarish jarayonidagi oʻrniga turlicha baho berib kelganlar, ularning ayrimlari kreditga yuksak baho berganlar, ikkinchi guruh iqtisodchilari uni oʻrnini keyingi darajaga qo'yib kelganlar.

Kredit toʻgʻrisidagi nazariyalar ikki guruhga boʻlinadi. Ularning birinchisi kreditning naturalistik nazariyasi deb nomlanadi. Bu nazariyaning asoschilari bo'lib A. Smit va D. Rikardolar hisoblanadilar.Bu nazariyaga asosan kreditning ahamiyati pasaytiriludi, ya'ni kredit faqat jamiyatda taqsimlangan kapitalni alohida ishlab chiqaruvchilar o'rtasida qayta taqsimlash shakli boʻladi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish omili boʻla olmaydi.

Bu nazariyaning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

— kredit moddiy qiymatliklarni bir qoʻldan ikkinchisiga oʻtkazishda texnik vosita (qurol) boʻlib hisoblanadi.

— kredit obyekti boʻlib natural (ishonchsiz) ashyoviy boyliklar hisoblanadi;

— ssuda kapital haqiqiy kapitalga tenglashtiriladi va uni harakatinishlab chiqarish kapital harakatiga mos keladi;

— banklar moddiy qiymatliklarni bir mulk egasidan ikkinchi mulkdorga oʻtkazib beruvchi vositachi sifatida

33

ishtirok etadi.



Yuqorida koʻrib oʻtilgan kredit nazariyasi yoʻnalish namoyondalari tomonidan kredit toʻgʻrisida va uni takror ishlab chiqarish jarayonida noto'gʻri xulosaga kelganliklarini bildiradi. Chunki ular kreditning (ssuda kapitalini) harakatini, ishlab chiqarish kapitali, tovar kapitalining harakatini notoʻgʻri koʻrsatib beradilar. Hattoki kreditni qayta taqsimlash funksiyasini ham oxirigacha olib bera olmaydilar. Bu nazariya tarafdorlarining kamchiligi shuki, ular kreditni ishlab chiqarishga bevosita bogʻliq, lekm ishlab chiqarish u hech qanday ijobiy ta'sirini ko'rsatib bera olmaganlar. Haqiqatda esa kredit ssuda kapitalining harakatini natijasi boʻlib, ikki xususiyatga ega, ya'ni kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga ta'sir koʻrsatishi, yoki unda qarama- qarshiliklarni ham vujudga keltirishi mumkin.

Ammo naturalistik nazariyotchilarning kamchiliklariga qaramayularning qarashlarida ham pozitiv fikrlar (mulohazalar) bor. Masalan, bu nazariya tarafdorlari fikriga koʻra kredit haqiqiy kapitalni yaratmasligi, balki faqat ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir koʻrsatishi, ya'ni kreditni bevosita ishlab chiqarish bilan bogʻliq ekanligini bilib beraolganlar.

Kreditning rolini (oʻrnini) bo`rttirib koʻrsatadigan nazariya bu — kreditning kapitalini yaratish nazariyasidir. Bu nazariya asoschilari — ingliz iqtisodchilari J. Lo va G. Makleod lar hisoblanishadi. Bu nazariyaning negizi shuki,

34

kredit hech qanday ishlab chiqarishjarayoniga bog`liq



emas va u iqtisodiyotda hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Ular

kreditni pul va boyliklar bilan bir qatorga qo'yadilar. Kapitalni yaratish nazariyasining asl ma'nosi bo'yicha banklar kreditni berish orqali kapital yaratadilar, kredit

hajmi banklarning oʻzlari ishlab chiqaradigan kredit siyosatiga bog'liq. Shuning uchun banklar qanchalik chegaralanmagan miqdorda kreditni kengaytirishlari va bu yoʻl bilan ishlab chiqarishni kengaytirishga asos yaratishlari mumkindir.

Banklar «kredit fabrikasi» degan tushuncha shu nazariya tarafdorlari tomonidan vujudga keltirilgandir.

Kreditning kapitalini varatish nazariyasi tarafdorlari banklar tomonidan berilayotgan kredit hajmi bank xohishiga emas balki, takror ishlab chiqarish jarayonining obyektiv zaruriyatidan (xohishidan) kelib chiqishi hamda kreditni haqiqiy kapital bilan almashtirib yuboradilar.

Kreditning bu nazariyasining davomchilari bo'lib, avstraliya professori I. Shumeter, nemis bankiri A. Tan va ingliz iqtisodchilari J. M.Keyns va R. Xoutri hisoblanadilar.

Shumoeter va Tanlar banklarning kuch-qudratini oshirib yuboradilar va hech qanday chegarasiz beriladigan kreditlar takror ishlab chiqarish jarayonini hamda iqtisodiy o'sishning asosiy kapitali bo`lib hisoblanadilar deb qaraydilar. Shunga ko'ra bu qarashlar kreditning «ekspazitsion kredit nazariyasi» nomi bilan olamga mashhurdir. Ushbu nazariya orqali iqtisodchilar

35

mamlakatdagi inflatsiyani oqlamoqchi bo`ladilar.



Biroq kreditning bu nazariya boʻyicha davomchisi

bo`lgan 1. Keyis o'zida kerakli bo'lgan qarashlardan yaxshi (ijobiy) tomonlarini olgan holda kredit iqtisodiyotni tartibga solish vositasi deb qaraydi va isbotlab beradi. Chunk: banklar tomonidan kreditlash iqtisodiyot talabiga asosan berilishi, talab oshsa taklif ham oshishi

mumkinligini e'tirof etadi. Bunga tarixiy misollar yetarli. Masalan, iqtisodiy mamlakatda kuchaysa kreditga bo`lgan talab ham oshadi va aksinchadir. Kreditning ortiqcha berib yuborilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida qo'shimcha kreditlarning inflatsiyaning vujudga kelishiga sababchi boʻlib kelishi mumkindir.

36


Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling