5. Mavzu: Nazmiy nutqda so’zning betaraf (o’z ma’nosi) va ko’chma ma’nolari
Reja:
So’zning dinotativ ma’nosi.
So’zning semantik ma’nosi.
So’zning konnotativ ma’nosi.
Uslubiy tavsiyalar: H.Olimjonning «O’rik gullaganda» she’ridagi ko’chma – konnotativ ma’nodagi so’zlar ajratilib, ularning avvalo, o’z ma’nosi – dinotativ, so’ng ma’no qirralari – semantik, so’ng ko’chma – konnotativ ma’nolari aniqlanadi.
Adabiyotlar: 2 (159-165), 8 (207-212), 11 (150-151).
6. Mavzu: Sodda ko’chimlar
Reja:
Ko’chimning tavsifi va tasnifi.
O’xshtishning tavsifi va turlari.
Sifatlashning tavsifi va turlari.
Uslubiy tavsiyalar: H.Olimjonning «O’zbekiston» she’ridagi o’xshatish va sifatlashlar aniqlanib, ularni tasniflash orqali sodda ko’chimlarning turlari aniqlanadi.
Adabiyotlar: 2 (325-333), 8 (217-218).
7. Mavzu: Poetik sintaksisning turlari
Reja:
She’rda gap qurilishi va uning jozibadorligi.
Poetik sintaksisda tazod, tardi aksning o’rni.
Poetik sintaksisda inversiya, iltifot, istifhom va takrorlarning roli.
Uslubiy tavsiyalar: Erkin Vohidovning «O’zbegim» qasidasidagi poetik sintaksisga oid san’atlar aniqlanib, daftarga ko’chiriladi. Ularning har birining she’rdagi gap qurilishi va ifodani jozibador qilish xususiyati sharhlanadi.
Adabiyotlar: 2 (422-446), 6 (41-49).
8. Mavzu: She’rning ta’limiy tahlil turi
Reja:
She’r tahlili tasnifi.
She’r tahlilining ta’limiy turi.
Ta’limiy tahlilning dasturlashganligi.
Uslubiy tavsiyalar: Hotam Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (-T.; 2002, 196-200-betlar) kitobidagi H.Olimjonning «O’rik gullaganda» she’rining tahlili berilgan. Ta’limiy she’r tahlilini ham ana shu tahlil andozasida amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |