9. Mavzu: She’rning poetik obrazliligi
Reja:
She’rda poetik obraz.
She’rda poetik timsol.
She’rda poetik tafsil.
Uslubiy tavsiyalar: Ogahiyning «Ustina» g’azalidagi poetik tafsil, poetik timsol va poetik obrazlar topilib, tafsil timsolni, timsol poetik obrazni shakllantirilishi aniqlanadi.
Adabiyotlar: 2 (353-354), 11 (191-209).
10. Mavzu: Lirik tarh (kompozitsiya)ni uyushtiruvchi unsurlar
Reja:
Lirik tarhda bayt va ritmning o’rni.
Lirik tarhda qofiya va radif.
Lirik tarhda anafora va epifora.
Uslubiy tavsiyalar: Cho’lpon «Go’zal» she’rining ritmi, bandi, qofiya, radifi aniqlanib, ularning she’r kompozitsiyasini uyushtirishdagi roli izohlanadi. Ular she’r kompozitsiyasining unsurlari ekani isbotlanadi.
Adabiyotlar: 2 (145-155), 8 (188-190), 11 (138-141).
11. Mavzu: Ruboiy poetikasi
Reja:
Ruboiyning mavzu doirasi.
Ruboiyning kompozitsiyasi.
Ruboiyning band tuzilmasi va qofiya tizimi.
Uslubiy tavsiyalar: Ruboiyning oddiy to’rtliklardan farqi belgilanadi. So’ng ruboiyning lirik kompozitsiyasi va qofiya tartibi aniqlanadi. So’ng Navoiy va Bobur ruboiylarining poetikasi tahlil qilinadi.
Adabiyotlar: 2 (428-489), 8 (256-257).
12. Mavzu: Yakpora g’azal poetikasi
Reja:
Tarhga ko’ra g’azal tasnifi.
Yakpora g’azal poetikasi.
Yakpora g’azalning poetik mukammalligi.
Uslubiy tavsiyalar: Yakpora g’azalning poetikasi nazariy o’rganiladi. Uning tarhi mukammalligi aniqlanadi. Hotam Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (-T., 2002, 191-196-betlar) kitobidagi H.Olimjonning «Xol bo’lsam» g’azali tahlili andozasidan foydalanish yaxshi natija beradi.
Adabiyotlar: 2 (480-483), 11 (191-196).
Do'stlaringiz bilan baham: |