H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Sogʻliqni saqlash sohasi va “Sogʻlom avlod” dasturi
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Psixiatriya yordami ko ʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to ʻg ʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Jumladan r
7.4. Sogʻliqni saqlash sohasi va “Sogʻlom avlod” dasturi. Respublikada mustaqillikning birinchi yillarida Sogʻliqni saqlash tizimini yangi ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlarga javob beradigan hamda zamon talablariga mos holatga keltirish uchun tibbiy muassasalar tizimini qayta oʻzgartirish, birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish, aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish, nodavlat xususiy tibbiy tizimni kengaytirish va chet davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirib, tibbiyot fanini rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat berildi.
1992-yilning mart oyida Sogʻliqni saqlash vazirligining hay’at yigʻilishida respublikada Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. 1996-1998-yillarga moʻljallangan majmuaviy dastur, 1999-yil 14-yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi Mamlakatimizda 2007-yilning “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng koʻlamli davlat siyosatining amaliy ifodasi boʻldi. Shu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rioya etishi lozim boʻlgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi. Respublikada onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. “Bolalikdan nogironlar tugʻilishining oldini olish uchun yangi tugʻilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tugʻma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash boʻyicha “Ona va bola skrininggi” Davlat tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil iyulda “2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga koʻra sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat oʻzgarishlarini amalga oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi. Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbob uskunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2021-yilgacha respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2021-yil 1-yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti deb qayta nomlandi. Oʻtgan yillar mobaynida yurtimizda aholining oʻrtacha umr koʻrish darajasi ham sezilarli ravishda ortib borishida sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarning ham hissasi bor. Oʻrtacha umr koʻrish darajasi boʻyicha umumiy koʻrsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan boʻlsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi. Buni odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash oʻrinli boʻladi. 2015-yilga kelib jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga koʻra Oʻzbekistonda tugʻilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sogʻlom. “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida Oʻzbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgan eng ilgʻor yetakchi oʻnta mamlakat qatoriga kirdi. Mamlakatimizda jismoniy sogʻlom, ma’naviy etuk, har tomonlama uygʻun va barkamol rivojlangan shaxsni tarbiyalash mustaqillikning dastlabki yillaridayoq maqsad qilib olingan. Bunda mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish vazifasi alohida ahamiyatga ega. Bu ishlarni izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng koʻlamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yoʻlda safarbar etish maqsadida 2000-yil “Sogʻlom avlod yili“ deb e’lon qilindi va davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, bu dasturni mantiqiy davomi sifatida, ona va bolani sogʻligʻini himoya qilish maqsadida 2001-yil “Ona va bola yili”, 2008-yil “Yoshlar yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”, 2014-yil “Sogʻlom bola yili”, 2016-yil “Sogʻlom ona va bola yili” deb e’lon qilindi va mana shu yillar nomi bilan nomlanuvchi davlat dasturlari qabul qilindi. Bu davlat dasturlari “Sogʻlom avlod” dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan barcha loyihalar va tadbirlarning bundan buyon amalga oshirilishi, toʻliq tugallanishiga erishilishi bilan mustahkam oʻzaro aloqasini ta’minlashdan iboratdir. Yuqoridagi davlat dasturlari asosida respublikamizda oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sogʻlom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlar olib borildi. Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, yangi sport obyektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan taminlashga alohida e’tibor qaratildi. 2014-2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek Tibbiyot sohasi rivoji va aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining 1992-yilda Urganch filiali, 1998-yilda Fargʻona filiali, 2018-yil Termiz filiali, 2014-yilda Toshkent davlat stomatologiya instituti tashkil etildi. 2009-2013-yillarda respublikada homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi 227 ta muassasa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida zamonaviy perinatal markazlari tashkil etildi, qishloq joylardagi 1,5 mln dan ortiq homilador ayollar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan polivitamin komplekslari bilan ta’minlandi. Natijada, keyingi 5 yil mobaynida nonormal rivojlangan bolalar tugʻilishi 1,3 barobarga kamaydi. 6-15 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida oʻtkir respirator virus infektsiyalari bilan kasallanish — 9,7 %ga, pnevmoniya bilan — 49,1 %ga, bronxit bilan — 32,8%ga, skolioz bilan kasallanish —32,7 %ga pasaydi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qoʻllab quvatlash maqsadida 2000-yil 31-avgust Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida” Qonuni qabul qilindi. “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Jumladan ruhiy holatlar buzilishining oldini olish va davolash boʻyicha ishni yanada takomillashtirish, hamda, Oʻzbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirish, xususiy tibbiyotni rivojlantirish, malakali vrach-psixiatrlar tayyorlashni tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Shuningdek, “2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” qaror qabul qilindi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling