Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari


Krebs sikli, uning vazifalari, boshqarilishi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1520391
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
biokimyo javoblar

 
23.Krebs sikli, uning vazifalari, boshqarilishi. 
Limon kislota sikli Bu siklning limon kislotasi sikli deb atalishiga sabab, siklning birinchi 
mahsuloti limon kislotasidir. Bu siklni trikarbon (uch karbon) kislotalari sikli ham deb ataladi, 


13 
chunki siklning birinchi mahsuloti limon kislotasi uchkarbon kislotadir. Ammo ko‘pincha siklda 
reaksiyalarni Gans Krebs tomonidan aniqlanganligi uchun bu siklni muallif nomi bilan aytiladi. 
Limon kislota sikli, elektron tashish zanjiri bilan birgalikda modda almashinuvining oxirgi fazasi 
hisoblanadi va oksidlanuvchi moddadan 60-70% 
energiyani ajratib chiqaradi. 
Krebsning limon kislota sikli uglevodlar, yog‘lar 
va aminokislotalar parchalanishidagi umumiy yo‘l 
hisoblanadi. Uglevodlar bilan yog‘lar bu siklga 
atsetil-KoA shaklida, aminokislotalar esa – a-
ketoglutarat, suksinat va fumarat shaklida 
qo‘shiladi. Bir sutkada oqsillar, uglevodlar va 
lipidlar almashinuvi natijasida odam tanasining 
har bir kg og‘irligiga 10 ga yaqin atsetat hosil 
bo‘ladi. Agarda tana og‘irligi 70 kg ga teng bo‘lsa, 
unda 700 atsetat hosil bo‘ladi. Bu miqdordagi 
atsetil-KoA ning CO2 va H2O gacha parchalanishi 
natijasida hosil bo‘lgan energiya organizm uchun 
asosiy energiya manbai hisoblanadi. Aktivlangan atsetatning koenzim A shakli oksidlanishi Krebs 
siklida boradi. Bu sikl 1937-yilda Krebs tomonidan taklif qilingan. Gans Adolf Krebs (1904yilda 
tug‘ilgan) O. Varburgning shogirdi bo‘lib, u siydikchil hosil bo‘lish nazariyasini va limon 
kislotasi siklini kashf qilganligi uchun 1954-yil fiziologiya va meditsina sohasida Nobel 
mukofotiga sazovor bo‘ldi. Limon kislotasi sikli yopiq metabolitik yo‘l bo‘lib, 8 ta alohida 
reaksiyalardan iborat. Oksaloatsetat bu reaksiyada boshlang‘ich hamda oxirgi mahsulot bo‘lib 
hisoblanadi (55-rasm):
I reaksiya: Atsetil-KoAning oksaloatsetat bilan qondensatsiya reaksiyasi natijasida limon 
kislotasining hosil bo‘lishi. Sitratsintetaza allosterik fermentdir. Uning manfiy effektorlari ATF va 
NAD.H hisoblanadi. 


14 


15 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling