Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Katabolizmning ahamiyati. (6- Savolga qaralsin)
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- PDG kompleksi
- ). I bosqich
- III bosqich
20. Katabolizmning ahamiyati. (6- Savolga qaralsin) 21. Pirouzum kislotasining oksidlanib dekarboksillanishi. 22. Piruvatdegidrogenaza multiferment sistemasi. Piruvatdegidrogenaza (PDG) kompleksining tuzilishi. Pirouzum kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga konsentratsiya gradiyenti har xilligi tufayli osongina o’tadi. Pirouzum kislota atsetil-KoAga aylanishini piruvatdegidrogenaza ferment kompleksini tezlashtiradi. U poliferment bo’lib, uchta har xil ferment va beshta kofermentdan tashkil topgan. Bu ferment kompleksi pirouzum kislotani dekarboksillanish yo’li bilan oksidlanish reaksiyasini tezlashtiradi. Birinchi ferment dekarboksillovchi piruvatdegidrogenaza (E 1 -TPF) (yoki piruvatlipoatoksidoreduktaza) tetramer bo’lib, ikkita TPF tutuvchi massasi - 36 000 daltonga teng b-zanjirdan va C, - birliklarini lipoat kislota qoldig'iga tashuvchi ikkita a-zanjirdan iborat. Ikkinchi ferment digidrolipoiltransatsetilaza yoki lipoatatsetiltransferaza (E2), massasi 52 000 ga teng boigan bitta zanjirdan iborat bu ferment lipoat kislota qoldig'i bilan bogiangan.Qaytarilgan digidrolipoiltransatsetilaza uchinchi ferment digidrolipoatdegidrogenazaning (E3) ichki disulfidi bilan bogianib oksidlanadi. Digidrolipoatdegidrogenaza fermentining molekulyar massasi - 100 000 ga teng. Bu fermentning disulfid (HSSH) gruppasi oqsil bilan birikkan FAD molekulasini qaytaradi, u esa o'z navbatida NAD ta’sirida oksidlanadi. PDG kompleksining tarkibiga quyidagi kofermentlar kiradi: TPF, lipoat kislota, koferment A, FAD*, NAD*. Kompleksning molekulyar massasi 9.10 6 ga teng. piruvatdegidrogenaza kompleksi 72 subbirlikdan iborat. Reaksiyalar ning ketma-ketligi. Pirouzum kislota glyukoza, glitserin va ayrim aminokislotalaming o'ziga xos katabolizmi jarayonida hosil bo'ladi. Hujayralarda pirouzum kislotasi oksidlanish yo'li bilan dekarboksillanib atsetil-KoA, C 0 2, H ,0 ga parchalanadi. Bu reaksiyalaming ketma-ketligi quyidagicha (54-rasm). I bosqich. Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib, uning faol shakliga aylanadi. II bosqich. Aktivlangan pirouzum kislota koferment lipoat kislota ishtirokida dekarboksillanadi. Bu reaksiyani piruvat- lipoatoksidoreduktaza (yoki PDG) fermenti katalizlaydi. III bosqich. Atsetil-KoAning hosil bo'lishi. IV bosqich. Digidrolipoat kislotaning elektron va protonlarai ajratish bilan oksidlanishi. Bu reaksiyani digidrolipoatdegidrogeoaza fermenti tezlashtiradi. Shunday qilib lipoat kislota vodoiod tashish vazifasini bajaradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling