Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Membrana retseptorlari. 12. Membranalar orqali signallarning o’tqazilishi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
11. Membrana retseptorlari. 12. Membranalar orqali signallarning o’tqazilishi.
Hujayra tashqi membranasining asosiy vazifasi hujayra ichki muhitini saqlash, hujayralararo kontaktni ta’minlash. Hujayra sirtining qurilishi va uning boshqa qo‘shni hujayralami topib ular bilan kontakti, hujayra faoliyatiga ta’sir etuvchi turli taassurotlami qabul qilinishi, awalo, tashqi membrana tarkibiga kiradigan glikoproteidlar bilan bogiiq. Ular oqsil va D-glyukoza, D- galaktoza, D-mannoza, L-fruktoza, N-atsetil-D-galaktazamin, N-atsetil-D-glyukozamin, L- arabinoza, Dksiloza, N-atsetil neyramin kislotalardan tarkib topgan. Hujayra membranasiga xos funksiyalami bajaruvchi glikoproteidlar o‘zaro uglevod qismining tarkibi va tuzilishi jihatidan farq qiladi. Membrananing barcha funksiyalari, shuningdek, ABO guruh spetsifikligi, organizmga yot boigan hujayralami tanib oluvchi to‘qima antigenlari, organizmga tushgan turli ksenobiotiklar yoki organizmning o'ziga mansub turli gormonlar va boshqa birikmalami ushlab oluvchi maxsus retseptorlar hammasi uglevod kompanentining tarkibi va tuzilishi jihatidan farq qiluvchi maxsus glikoproteinlar guruhiga mansubdir. Ulaming tarkibiga kiruvchi monosaxarid komponentlari maium tartibda joylashgan va bunday qurilish Goldji apparatidagi glikozil-transferaza faoliyati bilan bogiiq. Shuning uchun glikoziltransferazalar sintezini boshqaruvchi genlaming birontasida sodir boiadigan mutatsiya membrana funksiyasining tug‘ma buzilishi bilan b o g iiq b o ig an turli 7 xastaliklar kuzatiladi. Masalan: tungi gemoglobinuriya kasalligi biologik membranalar tug‘ma patologiyasining birko‘rinishidir. Membrananing orttirilgan kasalliklari ham ko‘p va xilma-xil. Hujayra membranasini jarohatlovchi eng kuchli omillardan biri erkin radikallar boiib, ular organizmda ko‘proq ionlashtiruvchi yoki ultrafiolet nurlar hamda sun’iy polimerlar ta’sirida ko‘p hosil boiadi. Erkin radikallar patogen ta’siri ularning atomi qurilishi bilan bogiiq. Odatda kimyoviy moddalar orbitasida juft elektronlar mavjud, erkin radikallar tashqi orbitasida birgina electron joylashgan. Erkin radikallar bo‘lmish OH%, H% va HOO% nurlanish ta’sirida suvdan hosil boiadilar. Bu radikallaming asosiy manba’laridan biri kislorod bo‘lib, u odatdagi 0 = 0 o‘miga 0*-0* shakliga o‘tadi va membrana patologiyasiga ko‘proq uning suvda eruvchanligi sabab boiadi. Hujayra membranasi qutbsiz muhitni tashkil etadi va bunday muhitda kislorod 7-8 marta qutbli muhitga qaraganda yaxshiroq eriydi. Shuning uchun ham aromatik aminokislotalar, o‘ta to‘yinmagan, yog* kislotalaming oksidlanib jarohatlanishi membranalarda kuzatiladi. Bu birikmalar o‘zidan vodorodni erkin radikalga beradi va o ‘zi deformatsiyalanadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari molekulasidagi qo‘shbog‘ yaqinida joylashgan vodorod uglerod atomi bilan bo‘sh darajada bogiangan boiib, uni «allel» vodorod, u birikkan uglerod esa a-metilenli uglerod, deb nomlanadi. «Alleb> vodorodlar nisbatan faol atomlar boiib, muhitda oz miqdorda boisada, oksidant mavjud boisa bu vodorod osongina uning molekuiasiga o‘tadi, natijada a-metilen uglerodini tutuvchi radikallar markazi hosil b o iad i, u o ‘ta faol b o iib osongina «pergidroksi» radikalga o‘tadi. Shu tarzda «gidroperoksi» guruhlar yog4 kislotalari molekulasidagi a-metilen uglerodlariga birikadi, natijada membranalar strukturasi va funksiyasining buzilishiga sababchi boigan reaksiyalar zanjiri sodir boiadi. Lipidlarning perekis oksidlanishi, deb ana shunga aytiladi. Vitamin E, ubixinon, sulfgidril guruh tutuvchi oqsillar erkin radikallami o'ziga biriktiruvchi va perekis birikmalami zararsizlanishi tufayli ular antioksidantlar deb yuritiladilar. Negaki, ular organizmda erkin radikallar miqdorini kamaytiradi. Masalan: alkogol intoksikatsiyasi natijasida yuzaga keladigan jigar xastaligining antioksidantlar: tokoferol, askorbin kislota, pirozollar yordamida oldini olish mumkin. Chunki bu kasallik gepatotsitlar membranasida alkogol ta’sirida perekis oksidlanishining kuchayishi oqibatida yuzaga keladi. Turli xil stress chaqiruvchi omillar, ksenobiotiklar, infeksion omillar, zaharli moddalar ta’sirida kelib chiqadigan va boshqa turli patologik holatlarda organizmda perekis oksidlanish jarayoni kuchayishi va qonda malondialdegidlaming ko‘payib ketishi kuzatiladi. Ulami klinikalarda davolash jarayonida asosiy davolovchi omillar bilan birga turli xil antioksidantlardan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Ammo uning o‘mi Golji apparatida sintezlangan membrana hisobiga tiklanib turadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling