-hayotiy faoliyat xavfsizligi bo„yicha talablarning texnik tizimlar operatorlariga
talablarini shakllantirish asoslari.
Texnosferaning salbiy omillari uzoq vaqtlar odamga
faqat ishlab chiqarish
sohasida ta‟sir o„tkazib keldi, xavfsizlik texnikasi tadbirlarini ishlab chiqishga
undadi. Ishlab chiqarish zonalarida odamni to„liqroq
himoya qilish zarurati
“mehnat muhofazasi” tushunchasini tug„dirdi. Hozir esa texnosferaning salbiy
ta‟sirlari doirasi juda kengayib ketdi. Texnosferaning hamma zonalardagi ta‟sir
manbalarining o„xshashligi
mehnat xavfsizligi, hayotiy faoliyat xavfsizligi va
tabiiy muhitni asrash kabi himoya faoliyatlarida
umumiy yondoshishlar va
yechimlarni shakllantirishni talab etdi.
Yuqorida aytilganidek, havf-hayotiy faoliyat
haqidagi fanning asosiy
tushunchasidir. Shundan kelib chiqib, hayotiy faoliyat
xavfsizligiing qator
fundamental aksiomalari ta‟riflangan [6].
Do'stlaringiz bilan baham: