Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja
Download 481.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.4. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari. Kalit so„zlar
- 1.1.1.Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash
1.1.HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANIGA KIRISH REJA: 1.1.1.Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash 1.1.2. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari 1.1.3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish obuektlari 1.1.4. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari. Kalit so„zlar: mehnat muhofazasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat yong„in nazorati ,pog„ona, intizomiy jazo , ma‟muriy javobgarlik , jinoiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. 1.1.1.Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e‟tibor qaratib kelinmoqda. Ta‟lim jarayonining barcha sohalarida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ta‟lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta‟lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo„lib, uning maqsadi ta‟lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunning o„ziga xos xususiyatlari ta‟lim sohasiga bir qator yangiliklar kiritilganligida namoyon bo„ladi. Jumladan, unda belgilangan masofaviy ta‟lim haqidagi qoidalar o„quv rejalari va o„quv dasturlariga muvofiq ta‟lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko„nikmalarni axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog„idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda dual ta‟limga oid qoidalar belgilanib, u ta‟lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko„nikmalarni olishga qaratilgan bo„lib, ularning nazariy qismi ta‟lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta‟lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi Hozirda barcha ta‟lim tizimida eng zamonaviy o„qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Bugungi kunda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma‟lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o„z aksini va dolzarbligini yo„qotmaydigan bo„lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta‟lim standartlari qo„ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda. Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o„ringa qo„yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo„lishi shubhasiz. Download 481.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling