Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

tekshirish ob‟ektlari. 
Bu fan 1976 yilgacha “Xavfsizlik texnikasi” deb va 1990 yilgacha “Mehnat 
muhofazasi” deb atalib kelgan. U quyidagi bo„limlardan iborat edi.
Mehnat muhofazasining xuquqiy asoslari
Mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi
Xavfsizlik texnikasi 


Yong„in xavfsizligi. 
1990 yil 9 iyuldagi O„zbekiston Respublikasi Oliy va O„rta maxsus taolim 
Vazirligining 473-buyrug„iga binoan yangi Hayot faoliyati xavfsizligi fani joriy 
qilindi.
Bu fan tarkibi bo„yicha 4 qismdan iborat: 
1-qism. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari; 
2-qism. Hayot faoliyati xavfsizligi mehnat sharoitida (mehnat muhofazasi); 
3-qism.Hayot faoliyati xavfsizligining tabiiy aspektlari (ekologiya); 
4-qism. Hayot faoliyati xavfsizligi favqulodda holat sharoitlarida (fuqaro 
muhofazasi). 
1.1.3. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari va terminlari. 
Hayot faoliyati – bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. 
Faoliyat - insoniyatning mavjud bo„lishi uchun kerakli sharoit bo„lib, 
entsiklopediyada keltirilishicha, faoliyat va mehnat turlari ko„p qirralidir. Ular 
maishiy hayotda, jamiyat hayotida, madaniy, ishlab chiqarish, ilmiy va hayotning 
boshqa jabhalarida kechadigan amaliy, aqliy va ruhiy jarayonlardan iborat. 
Xavfsizlik - ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo„ladigan xavf-xatarlarni 
istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik - bu maqsad. Hayot faoliyati xavfsizligi 
-shu maqsadga erishish uchun qo„llanadigan vosita, yo„l-yo„riq, qo„llanma va 
usullardir. 
Xavf-xatar deganda, odam sog„ligiga bevosita yoki bilvosita zarar 
yetkazadigan ko„ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi 
oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o„z 
ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va 
omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatiga to„g„ri kelmaydigan elementlar tizimi, 
ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir. 
Atrof-muhit – insonni o„rab turgan muhit bo„lib, insonning hayot faoliyatiga, 
uning sog„ligi va nasliga to„g„ridan to„g„ri, birdan urinma yoki masofadan ta‟sir 
etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, 
ijtimoiy) shartli yig„indisidir. 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling