Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Biosfera – yerda hayot tarqalgan zona bo„lib, unga atmosferaning quyi qatlami 
gidrosfera va atmosferaning texnogen ta‟sirlarga uchramagan yuqori qatlami 
kiradi. 
Texnosfera- biosferaning bir hududi bo„lib, ilgari odam, o„zining moddiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari manfaati yo„lida unga texnik vositalar yordamida 
bevosita yoki bilvosita ta‟sir o„tkazib, o„zgartirib yuborgan (texnosfera-shahar yoki 
sanoat zonasining bir hududi, ishlab chiqarish yoki maishiy muxit ). Yangi 
taxrirdagi “Mehnatni muhofazasi qilish “ to„g„risidagi qonunda quyidagi asosiy 
tushunchalar qo„llaniladi (4-modda): 
jamoaviy himoya vositalari – tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish 
binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog„liq bo„lgan, xodimlarga ta‟sirining 
oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan zararli ishlab 
chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili himoya qilish uchun 
mo„ljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar;
zararli ishlab chiqarish omili – ta‟siri xodimning kasb kasalligiga 
chalinishiga olib kelishi mumkin bo„lgan ishlab chiqarish omili;
ish o„rni – mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik 
bo„lish joyi;
ishlab chiqarish faoliyati – mahsulot ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta 
ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar ko„rsatish chog„ida amalga oshiriladigan 
harakatlar yig„indisi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – xodimning ish beruvchining 
hududida ham, uning tashqarisida ham o„z mehnat vazifalarini bajarishi bilan 
bog„liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga 
kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo„lishiga yoki 
sog„lig„ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa 
ishga o„tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg„un 
yo„qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo„lgan hodisa;
kasb kasalligi – xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli 
ishlab chiqarish omili ta‟siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat 
qobiliyatini vaqtincha yoxud turg„un yo„qotishiga sabab bo„lgan o„tkir yoki 
surunkali kasalligi;

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling