III - bosqich. Xavf manbalarini texnosferaning hayotiy fazosi holatini
ekspertiza qilish talablari bo„yicha takomillashtirish
Ilmiy-amaliy faoliyatning bu bosqichi xavf manbaidan chiqadigan oqimlarning
joiz darajasi bo„yicha me‟yoriy talablarni
amalga oshirishdan iborat, ya‟ni
ob‟ektning odamlarga va atrof muhitga zararli ta‟sirini baholashdagi ekspert
talablar bajo keltiriladi. Xuddi shunday ish texnikaviy
xatarni tahlil qilishda
bajariladi. Texnik tizimlar va ob‟ektlarni ekspluatatsiya qilishdagi texnikaviy xavf
joiz qiymatlardan oshmaydigan vaziyatda avariyalar bilan bog„liq texnikaviy xavf
bo„lmaydi, deb hisoblanadi.
Bu uchinchi bosqich davlat organlari (Davsanoatkomtexnazorat, Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo„mitasi) xavf ob‟ektining
xavfsizligi va ekologikligi
haqida ijobiy xulosa qilishi bilan yakunlanadi.
IV - bosqich. Himoya vositalari va tadbirlarini qo„llash
Hayot faoliyati xavfsizligining me‟yoriy talablarini bajarish imkoni
bo„lmaganda,
shuningdek, bir nechta manbaning birgalikdagi ta‟siri joiz
chegaradan oshib ketganda odam turgan zonada himoya tadbirlari va vositalarini
qo„llash kerak.
Texnika vositalari va texnologiyalarni barpo
qilishda va qayta qurishda
xavflardan himoyalashning quyidagi choralarini qo„llash mumkin: xavf manbai
bilan odamni masofadan turib boshqarish hisobiga ajratib qo„yish,
manbani
ekspluatatsiya qilish vaqti bilan odam faoliyati vaqtini boshqa –boshqa tayinlash
(ta‟mirlash-sozlash ishlarida), manbani va himoya ob‟ektini to„sib qo„yish,
himoyalash tadbirlarini o„z vaqtida ishga tushirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: