Oltinchi aksioma: “ob‟ektni xavflardan himoya qilish texnik nuqtai nazardan
mumkin; buning uchun manbadan chiqayotgan oqimni pasaytirish, manba va
ob‟ektning o„zaro ta‟sir vaqtini kamaytirish, ular orasidagi masofani uzaytirish,
himoya tadbirlarini qo„llash kerak”. Odamlarda Hayot faoliyati xavfsizligi
bo„yicha bilimlar va ko„nikmalar bo„lmasa, har qanday faoliyatda xavflar bilan
to„g„ri munosabat qilish va himoya vositalarini muvaffaqiyatli qo„llashning iloji
bo„lmaydi. Aholini va ishlovchilarni Hayot faoliyati xavfsizligimasalalari bo„yicha
maxsus o„qitish, o„rgatish-zamonaviy jamiyatning eng muhim ilmiy-amaliy
masalalaridan biridir. Bu keyingi aksiomaga borib taqaladi.
Ettinchi aksioma: “Odamlarning xavflar dunyosida va himoya usullarida
vakolatliligi –hayotiy faoliyat xavfsiz bo„lishining zaruriy shartidir”.
Hayot faoliyati xavfsizliginazariyasining aksiomalariga suyanib,
Hayot faoliyati xavfsizligining talablariga javob beradigan hayotiy makonni
barpo qilish bo„yicha ilmiy-amaliy faoliyatning asosiy bosqichlarini aniqlash
mumkin:
I - bosqich. Xavf manbalarini identifikatsiyalash
Bunda o„rganilayotgan hayotiy fazodagi manbalar ko„zda tutiladi. Avvalo har
bir manbadan chiqayotgan modda, energiya va axborot oqimlari aniqlanadi va
bayon etiladi, keyin o„sha fazoda hamma manbalarning jamlanma oqimlari
aniqlanadi. Fazo-texnosferaning fazosi bo„lib, ish o„rni, shahar hududi, hayotiy
muhit, transport vositasining ekspluatatsiya zonasi yoki saloni kabilar tushuniladi.
Ish zonasi-ish o„rni joylashgan, pol yoki maydoncha yuzasidan 2 metrgacha
balandlikni qamrab olgan fazo.
Ish o„rni-ishlovchining doimiy yoki vaqtinchalik faoliyat (50% dan ortiq
yoki uzlyuksiz 2 soatdan ko„p ishlaydigan) zonasi.
Identifikatsiyalashda hamma turdagi xavf manbalari (tabiiy,texnogen va
antropogen)ni alohida-alohida va boshqalari bilan bog„liqlikda hisobga olish kerak.
Bunda “hamma narsa hamma narsaga ta‟sir etadi” degan printsipdan kelib chiqishi
kerak. Boshqacha aytganda, himoya ob‟ekti bilan o„zaro ta‟sirga kirishuvchi va
joiz qiymatidan ortib ketuvchi har qanday oqim xavf manbai bo„lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |