Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Ishlab chiqarishning zararli fizik omillari


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

Ishlab chiqarishning zararli fizik omillari: Ishchi zona havosining oshib 
yoki pasayib ketgan harorati; havoning yuqori namligi va tezligi; shovqin, titrash, 
ultratovush va turli nurlanishlar; issiqlik, ionlovchi, elektromagnit, infraqizil va 
boshqalar darajasining ortib ketishi; ish zonasi havosining changliligi va zararli 
gazlari; ish joyi, yurish yo„llari yetarlicha yoritilmaganligi; yorug„likning ortiqcha 
yorqinligi va nur oqimining pulsatsiyalanishi. 
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli kimyoviy omillari: odam organizmiga 
ta‟siriga qarab quyidagi guruhlarga bo„linadi: umum zaharlovchi, qo„zg„atuvchi, 
sensibilli (allergik kasallarni keltirib chiqaruvchi) , kantserogen (shish paydo 
qiluvchi) mutagenli (organizmning irsiyatiga ta‟sir etuvchi) va nasl qoldirish 
qobiliyatiga ta‟sir etuvchi. Bu guruhga agressiv suyuqliklar (kislotalar, ishqorlar ) 
kiradi; ular terini kuydiradi. 
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli biologik omillariga mikroorganizmlar 
(bakteriyalar, viruslar va boshqalar) makroorganizmlar (o„simliklar va hayvonlar) 
kiradi; ular odamga jarohat yetkazish yoki uni kasal qilishi mumkin. 
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli psixo-fiziologik omillariga jismoniy 
zo„riqish (statik va dinamik), asab-psixik zo„riqish (aqliy zo„riqish, eshitish, 
ko„rish a‟zolarining charchashi) kiradi.
Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari o„rtasida ma‟lum bog„lanish 
mavjud. Ko„p holatlarda zararli omillar xavflisini keltirib chiqaradi. Masalan: 
ishlab chiqarish binosidagi havoning o„ta namligi va tok o„tkazuvchi changning 
borligi (bular – zararli omillar) odamni tok urish xavfini (xavfli omil) kuchaytiradi. 
ZIO ning ishlovchilarga ta‟sir darajasi chegaraviy-ruxsat etilgan (joiz) qiymatlar 
bilan me‟yorlangan, ular mehnat muhofazasi standartlarida va sanitariya-gigiena 
qoidalarida ko„rsatilgan. ZIOning chegaraviy joiz qiymati GOST 12.0.002-80da 
ko„rsatilgan bo„lib, u har kuni, ma‟lum muddat ta‟sir etganida, odamning butun 
mehnat staji davomida ish qobiliyatini pasaytirmasligi va kasallik keltirib 
chiqarmasligi kerak; keyingi hayoti davomida ham kasal qilmasligi, naslining 
sog„lig„ida asorat qoldirmasligi kerak. 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling