Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja
Yerning ba‟zi kontinentlaridagi maydonlar tarkibi
Download 481.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ruxsat etilgan (joiz);
- -o„ta xavfli;
- Xavflarning kelib chiqishi
- Zararli omil
Yerning ba‟zi kontinentlaridagi maydonlar tarkibi
2 jadval Kontinent Buzilmagan hudud % Qisman buzilgan hudud % Buzilgan hudud % Evropa Osiyo Shimoliy Amerika 15,6 43,6 56,3 19,6 27,0 18,8 64,8 29,4 24,9 Bu jadvaldan ko„rinadiki, planetada ekotizimi buzilmagan juda oz hududlar qolgan. Ekotizim yuqori darajada buzilgan mamlakatlar yevropada, Shimoliy Amerika va Yaponiyada. -qulay (optimal); bunda oqimlar optimal o„zaro ta‟sirda bo„ladi, ya‟ni faoliyat va dam olishning optimal sharoitini ta‟minlaydi, eng yuqori ishchanlikni namoyon qilishga zamin tayyorlaydi va buning natijasida umumiy faoliyatni ta‟minlaydi, odamlar sog„lig„ini saqlashni va yashash muhiti komponentasining yaxlitligini kafolatlaydi; -ruxsat etilgan (joiz); bunda oqimlar odamga va muhitga ta‟sir etadiyu, lekin odam sog„lig„iga ziyon yetkazmaydi, faqat noqulaylik tug„dirib, faoliyati samarasini pasaytiradi; -xavfli; bunda oqimlar joiz darajadan ortib ketadi va odam sog„lig„iga salbiy ta‟sir qiladi, uzoq vaqt ta‟sir etsa, kasallik keltirib chiqaradi, tabiiy muhitni buzadi; -o„ta xavfli; bunda yuqori darajadagi oqimlar qisqa vaqt ichida odamga shikast yetkazishi, hatto halok qilishi, tabiiy muhitni yemirishi mumkin. Keyingi ikki holatning salbiy natijalari xavflarni belgilaydi. Xavf-jonli va jonsiz materiyaning salbiy xususiyati bo„lib, materiyaning o„ziga, odamlarga, tabiiy muhitga, moddiy boyliklarga zarar yetkazish qobiliyatiga ega. Xavflar kimga va nimaga ta‟sir etishni tanlab o„tirmaydi. Xavf (manbaasi) jarayonlar, hodisalar, texnogen muhit va odamlarning faoliyati bo„lishi mumkin. Xavflarning kelib chiqishi tabiiy, texnikaviy (texnogen) va odamzodga oid (antropogen) bo„ladi. Tabiiy xavflarga tabiiy hodisalar, iqlim sharoitlari, joy relefi va boshqalar kiradi. Bunday xavflar har yili 25 mln.dan ortiq odamning hayotiy xavf soladi. Masalan, 1990 yilda dunyo bo„ylab, zilzilalar natijasida 52 mingdan ortiq odam hayotdan ko„z yumdi. Odamning yashash muhitiga salbiy ta‟siri, afsuski, tabiiy xavflar bilan cheklanmaydi. Odamzod o„zining moddiy ta‟minlanganligi va qulayliklari sababli, o„zining yashash muhitiga o„z faoliyati va faoliyati maxsulotlari (texnika vositalari, turli chiqindilar va h.k.) bilan uzlyuksiz ta‟sir etib turadi va muhitda texnikaviy va odamzodga oid xavflarni hosil qiladi. Texnikaviy xavflar-mashinalar, inshootlar, moddalar va boshqa narsalardan, odamzodga oidlari esa odam yoki odamlar guruhining xato yoki ruxsat etilmagan xatti-harakatlaridan odamning o„zgartiruvchilik faoliyati qancha yuqori bo„lsa, antropogen xavflarning darajasi va soni, odam va atrof muhitga salbiy ta‟siri shuncha katta bo„ladi. Zararli omil-odam o„zini yomon his qilishiga yoki betob bo„lib qolishiga sabab bo„ladigan salbiy ta‟sir . Hayot faoliyati xavfsizligi - bu tegishli qonun va boshqa me‟yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taominlashga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash - profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat. Download 481.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling