Hayot faoliyati xavfsizligi fanining vazifasi-bo„lgusi mutaxassislarga
xavflarning turlari va ulardan muhofazalanish usullarini o„rgatishdan iborat.
Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, sanoat hamda davlat
va jamiyat tashkilotlarining qanday sohaga mansubligidan qat‟iy nazar, har bir
mas‟ul shaxsga mehnat muhofazasi bo„yicha umumiy tushunchalar va
qonuniyatlari, mehnat xavfsizligining umummuhandislik asoslari, mehnat gigienasi
va ishlab chiqarish sanitariyasi, avariyalar, yong„in va portlash xavfsizligi
masalalarini ilmiy asoslab, uni amaliy yechimini topish usullarini o„rgatish.
Ishlab chiqarish korxonalarida shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi
kurashishning zamonaviy usullari va muhofaza vositalarini qo„llash natijasida
baxtsiz hodisalardan, zaharli moddalardan samarali himoyalanishni, yong„in va
portlash hodisalarini oldini olishda nazariy bilimlar asosida,amaliy chora-
tadbirlarini ishlab chiqish hamda uni amaliyotda tadbiq etib, bajarilishini
ta‟minlashdan iboratdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi-inson faoliyatining har
qanday sharoitdagi xavfsizligini o„rganishdir va quyidagilarni o„z ichiga oladi:
-ishlab chiqarish sohasida sodir bo„ladigan xavfli va zararli vaziyatlar
tug„ilganda yoki tug„ilishi mumkin bo„lganda, ushbu vaziyatlarni oldini olishda,
o„rgangan bilim va ko„nikmalarini amalda qo„llay oladigan;
-baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong„in va
portlashlarning oldini olish usullarini biladigan, ularning kelib chiqish sabablarini
amalda aniqlay oladigan;
-Hayot faoliyati xavfsizligi va ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkiliy
va texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqara oladigan, yetuk saviyadagi bilimga ega
bo„lgan mutaxassis xodimlarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi.
1.1.2.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |