Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja


Download 481.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana23.09.2023
Hajmi481.31 Kb.
#1685836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Hudud
mehnat sharoitlari – mehnatni amalga oshirish chog„idagi ijtimoiy va 
ishlab chiqarish omillari yig„indisi;


mehnatni muhofaza qilish – mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, 
hayoti va sog„lig„i, ish qobiliyati saqlanishini ta‟minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena, davolash-profilaktika, 
reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
mehnatda mayib bo„lish – ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida 
xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg„un yo„qotishi;
noqulay ishlab chiqarish omillari – zararli ishlab chiqarish omilining va 
(yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi;
xavfli ishlab chiqarish omili – ta‟siri xodimning shikastlanishiga olib 
kelishi mumkin bo„lgan ishlab chiqarish omili;
shaxsiy himoya vositalari – xodimga zararli ishlab chiqarish omili va xavfli 
ishlab chiqarish omili ta‟sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek 
ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa 
vositalar.
Zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) ishlayotgan odamga ta‟sir etib, uning 
ishlash qobiliyatini pasaytiradi, surunkali kasb kasalligini keltirib chiqarishi 
mumkin; ishlab chiqarishning xavfli omillari (XIO) esa odamni jarohatlaydi yoki 
sog„lig„iga keskin ta‟sir etadi (o„tkir kasallanish ro„y beradi). 
GOST 12.0.003-91- “Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari”ga ko„ra, bu 
xavflar to„rt guruhga bo„linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik. 
Hudud- biosfera yoki texnosfera holatining umumiy tavsiflariga ega bo„lgan 
maydon. 
Ishlab chiqarish muhiti- odamning mehnat faoliyati kechadigan makon.
Texnosferani hosil qilar ekan, odam yashash sharoitining qulayligini 
oshirishga, ko„chib yurishlarini osonlashtirishga, tabiiy salbiy ta‟sirlardan 
himoyani kuchaytirishga intilib keldi. Bularning bari hayot sharoitiga yaxshi ta‟sir 
etib, boshqa omillar bilan birgalikda odamlar hayotini uzaytirishga (tibbiy 
xizmatning yaxshilanishi va boshqalar) olib keldi (1 jadval): 
1 jadval 
Asrlar 
Hayotning davomiyligi 
Mis, bronza, temir 
XIX asr oxiri 
XX asr oxiri 
30 
35-40 
60-63 
Inson o„z qo„li bilan hosil qilgan texnosfera ko„p jihatdan odamlarning 
ishonchini oqlamadi. Ishlab chiqarish va shahar muhitlari xavfsizlik va ekologiya 
jihatidan ruxsat etilgan talablardan uzoq bo„lib chiqdi. Planetaning ko„plab 
hududlaridagi biosfera texnosfera bilan aralashib ketdi (2 jadval): 

Download 481.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling