Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja
Jarohat (jarohat yetkazuvchi ) omil
Download 481.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogen xavflar
Jarohat (jarohat yetkazuvchi ) omil- odamga jarohat yetkazadigan yoki
o„limiga sabab bo„ladigan salbiy ta‟sir. Yashirinib yotgan xavflarni nazarda tutib, “Odamning hayotiy faoliyati umuman xavfli” deyish mumkin. Bu-isbot talab etmaydigan aksioma. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, odamning barcha xatti-harakatlari, yashash muhitining barcha unsurlari, avvalo texnika vositalari, texnologiyalar, ularning ijobiy xususiyatlari va natijalarini istisno qilganda, jarohat yetkazadigan va zararli omillarni yuzaga keltiradi. Aytilgan aksiomaning haqligini “odam hayot muhiti” tizimining hamma rivojlanish bosqichida ko„rish mumkin. Masalan, ibtidoiy odam ham, hech qanaqa texnika vositasi bo„lmagan davrlarda, tabiiy salbiy omillarning ta‟siriga duch kelgan; bular-havo haroratining keskin pasayib va ortib ketishi, atmosfera hodisalari, yovvoyi hayvonlar bilan to„qnashish, tabiiy hodisalar va boshqalar. TSivilizatsiyalashgan dunyoda tabiiy omillarga texnikaviy omillar qo„shildi: havoda, suv havzalari va tuproqda zaxarli moddalar paydo bo„lishi, elektromagnit maydonlar,ionlovchi nurlanishlar, shovqin , vibratsiya va boshqalar. Antropogen xavflar odamning har qanday faoliyati davomida yuzaga keladigan chiqindilar bilan bog„liq. Har qanday xo„jalik ishida chiqindilar va yordamchi samaralar yuzaga keladi, ularni yo„qotib bo„lmaydi, faqat bir fizik va kimyoviy shakldan boshqasiga o„tadi yoki fazoda o„rnini o„zgartiradi. Sanoat va qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida, transportda, energiya hosil qilish uchun yoqilg„ilardan foydalanishda, odamlar va boshqa jonivorlar hayotida, hammasida chiqindilar hosil bo„ladi. Ular atrof muhitga chiqindi sifatida, suv havzalariga tashlandiqlar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar sifatida, mexanik, issiqlik va elektromagnit energiya sifatida ishlab chiqarish qishloq xo„jaligi ishlarida paydo bo„lib boradi.. Chiqindilarning miqdoriy va sifat ko„rsatgichlari, ularga munosabatlarining cheklovlari xavflarning zonalari va darajasini belgilaydi. Odam texnik tizimlar: transport magistrallari, radio va teleko„rsatuv tizimlari, sanoat zonalariga tushib qolganda jiddiy texnikaviy xavflarga duchor bo„ladi. Bunday xollarda xavflarning darajasi texnik tizimlarning tavsifi va odam bu xavfli zonadan qanchalik uzoq turishiga bog„liq. Odam sanoatda va ro„zg„orda texnik qurilmalar: elektr tarmog„i va asboblari, stanoklar, qo„l asboblari, gaz ballonlari, qurol kabilardan foydalanganda ham xavflar yuzaga kelishi ehtimol. Ular texnika vositalarining nosozligi bilan ham, odamlar ulardan noto„g„ri foydalanishi bilan ham bog„liq holda ro„y beradi. Hozirgi paytda amalda uchraydigan salbiy omillarning soni 100dan ortadi. Ishlab chiqarishning eng ko„p tarqalgan va ancha katta kontsentratsiyaga yoki energetik darajaga ega zararli omillari quyidagilar: havoning changiganligi va gaz bilan to„yinganligi, shovqin, titrashlar, elektromagnit maydonlar. Ionlovchi nurlanish, atmosfera havosining ortib yoki pasayib ketgan parametrlari (harorat, namlik, bosim, havo harakati), noto„g„ri va kam yoritilganlik, faoliyatning bir xilligi, og„ir jismoniy mehnat va boshqalar . Hatto ro„zg„orda odamlar ko„p salbiy omillar bilan yonma-yon yashaydilar. Bular : tabiiy gazning yonishidan hosil bo„lgan mahsulotlar bilan ifloslangan havo, sanoat korxonalari, avtotransport va axlat yoqishidan hosil bo„ladigan chiqindilar , zararli aralashmali ichimlik suv, sifatsiz oziq-ovqatlar, shovqin , infratovush, titrashlar, ro„zg„or asboblari, televizor, displey, elektr tarmoqlari simlari, radoreleli qurilmalarning elektromagnit maydoni, ionlovchi nurlanish (tabiiy fon, meditsina tadqiqotlari, qurilish materiallari foni, asboblar, ro„zg„or predmetlarining nurlanishi), ortiqcha va noto„g„ri iste‟mol qilinadigan dori-darmonlar, alkogol, tamaki tutuni. Bakteriyalar, allergiya keltirib chiqaruvchilar va h.k. Odam hayotiga xavf soladigan omillar dunyosi juda keng va u uzlyuksiz o„sib boradi. Shahar , ishlab chiqarish va ro„zg„or sharoitlarida odamga ta‟sir qiladigan salbiy omillarni bir nechta kompleksga ajratish qulay. Har bir ondagi omillar “odam-yashash muhiti” tizimining joriy holatiga bog„liq. 2-rasmda sanoat korxonasida ishlaydigan shaharlikning “odam-texnosfera” tizimida sutkalik ko„chib yurishi tasvirlangan; ko„chish radiusi shartli ravishda antropogen salbiy omillarning nisbiy ulushiga to„g„ri keladi (yashash muhiti turli variantlarda). Download 481.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling