Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish reja
Download 481.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .Hayot faoliyati xavfsizligi” faniga kirish..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashash muhiti
Inson va atrof-muhit uzlyuksiz o„zaro ta‟sirda bo„lib, doimiy harakatdagi
«Inson – atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzlyuksiz o„zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o„sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o„zgardi. Atrof-muhit o„zgardi: inson o„zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o„sib borayotgan taosirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sunoiy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab chiqarish muhiti paydo bo„ldi. Odam va uning atrofidagi muhit hayotiy tsiklda, doimo xarakatda bo„ladigan “Odam hayot muhiti” degan tizimini tashkil qiladi. Yashash muhiti-odamni o„rab turgan muhit bo„lib, o„zining fizik, kimyoviy, biologik , ijtimoiy omillari bilan odamning faoliyatiga sog„lig„i va nasl qoldirishiga bevosita yoki bilvosita, zudlik bilan yoki asta-sekin ta‟sir etadi. Yashash muhitining salbiy ta‟sirlari doimo bo„lib kelgan. Ularning manbalari biosferadagi stixiyali hodisalar: iqlim o„zgarishi, momaqaldiroqlar,zilzilalar, suv toshqini va boshqalar hisoblanadi. Yashab qolish uchun muttasil kurashish odamni, muhitning salbiy ta‟sirlaridan himoyalanish vositalarini topishga va ularni tashkomillashtirishga majbur qiladi. Uzoq asrlar mabaynida odamning yashash muhiti o„z qiyofasini asta o„zgartirib keladi. XIX asrning o„rtalarida odam o„zining yashash muhitiga faol ta‟sir o„tkaza boshladi. XX asrga kelib yer yuzida biosferaning juda ifloslangan zonalari yuzaga keldi, natijada qisman, ba‟zi joylarda to„la tanazzul ro„y berdi. Bunday o„zgarishlarga sabab bo„lgan omillar: -Yer yuzida aholining katta sur‟atlar bilan o„sishi va shaharlarda to„planishi demografik portlash; -iste‟molning o„sishi va energetik resurslarning bir joyga to„planishi; -sanoat va qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi; -transport vositalaridan ommaviy foydalanish; -xarbiy maqsadlar va boshqa qator jarayonlar uchun sarflarning o„sishi. Shaharlarda transport vositalaridan ko„plab foydalanish tabiatning ifloslanishiga katta hissa qo„shadi. Havo basseynini ifloslantirishda avtotransport ulushi 40....50% va undan ko„p. Avtomobillashtirish jadal sur‟atlar bilan rivojlanishi tufayli havoga azot oksidi, benzopiren, uglerod oksidi, qurum kabi chiqindilar ko„plab tashlanayapti. Bundan tashqari , shaharlarda avtomobillar shovqini o„ziga yarasha muammo xosil qiladi, aholining bir qismi akustik noqulay sharoitda yashaydi, ishlaydi; amaldagi shovqin joiz darajadan 30...40dB ga ortiq. Dunyodagi avtomobil parki 950 mln. donadan ham oshib ketdi. Hozirgi vaqtda atrof muxitda 50 ming xil atrofida kimyoviy brikmalar (plastmassa chiqindilari, plenka, izolyatsiya materiallari va boshqalar) to„planib qolgan, ularni ekotizimning (o„zini-o„zi tozalash xususiyatlari) destruktorlari ham buzolmaydi. Oxirgi yillarda qishloq xo„jaligi jadal rivojlandi. Tuproqning xosildorligini oshirish va zararkunandalar bilan kurashish maqsadida uzoq yillar davomida sun‟iy o„g„itlar, turli zaxarli moddalar ishlatildi. Bular , tabiiyki, biosferaning komponentlariga ta‟sir qilmay qolmadi. O„simliklarni himoyalash uchun ishlatiladigan pestitsidlar odam sog„lig„i uchun zararli. Aniqlanishicha, har yili daryoda pestitsidlardan bevosita zaharlangan 10 mingdan ortiq odam o„lar ekan, qanchadan-qancha o„rmon, qushlar, hashoratlar nobud bo„ladi. Pestitsidlar oziq- ovqatlarga, ichimlik suvga tushadi. Odamning faol texnogen faoliyati tufayli sayyoramizning (planetamizning) turli hududlarida biosferasi buzilgan va boshqacha (yangi) yashash muhiti- texnosfera yuzaga kelgan. Download 481.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling