Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 276 edi, unga birinchi bo‘lib shayx Muborak imzo chekdi. Shayx Abdulla Niyoziy ham darhol qo‘l qo‘yib berdi. Shundan keyin Abulfazl fatvoni shayx Abdunabining oldiga olib bordi. Nasoralar va brahmanlar «nima bo‘larkin?» deb jim qarab turishibdi. Akbar ko‘zini yerga tikkanicha qimir etmaydi. Ammo uning sukuti shayx Abdunabiga ovini poylayotgan yo‘lbarsning sukutini eslatdi. «Yo‘q!» deb ko‘ring-chi! Hozirgina Akbarni «eng adolatli hakam!» deb maqtaganlari riyokorlik, quruq tilyog‘lamalik bo‘lib chiqadi. Shayx Abdunabi og‘ir bir xo‘rsindi-yu, fatvoga imzo chekdi. Navbat Ansoriyga kelganda uning qo‘lidagi qalam dir-dir titray boshladi. Bu qanday ko‘rgilik? O‘z qo‘li bilan o‘ziga go‘r qaziganday ish qilsa-ya... Qaltiragan qo‘li qog‘ozni tirnab, harflarni chalkashtirib yubordi, lekin bari bir qog‘oz yuzida uning imzosi paydo bo‘ldi. Tamom!.. Shayx Ansoriy uyiga kelib bir kun kasal bo‘lib yotdi. Ertasi kuni ichini yondirayotgan alamni qog‘ozga tushirib, ko‘nglini bo‘shatgisi keldi-yu, Patnadagi sirdosh do‘sti mulla Tanvirga maxfiy maktub yozdi. Maktubda «Butun islom tarixi Akbarga qarshi!», «Podsho mujtahid bo‘la olmaydi». «Meni imzo chekishga majbur qildilar!», «Bilasiz, goho qaroqchilar bilan ham vaqtincha, murosa qilingay» degan gaplar yozilgan edi. Mulla Tanvir keyingi paytda Akbarga ixlos qo‘ya boshlaganidan Ansoriy mutlaqo bexabar edi. Isyon hidi kelayotgan maktub mulla Tanvir orqali aylanib kelib, Akbarning qo‘liga tushdi. Kech kuz oqshomida Akbar Ansoriyni devoni xosga chaqirtirib kelib tikka turg‘izib qo‘ydi. Abulfazl mulla Tanvirdan qaytib kelgan maktubni Ansoriyga ovoz chiqarib o‘qib berdi. Ansoriy maktubdan tonib qutula olmasligini sezdi-yu, oyoqda turolmay tiz cho‘kdi: — Meni avf eting! Jahl ustida yozgan edim, aqlsizlik qilganmen!.. Qirq yillik xizmatlarim haqqi, meni bir marta kechiring! Akbar g‘azab bilan dedi: — Qirq yillik xizmatlar emas, riyokorliklar, xoinliklar! Bayramxonning o‘limida ham ishtirokingiz borligini sezganmen! Adhamxon bilan Mohim enaganing boshiga yetgan ham sizsiz! Dehlidagi Po‘lat vasvasni ishga solib, menga o‘q ottirganlarning ilhomchisi ham siz bo‘lgansiz! — Yo‘q, yo‘q, tangri haqqi, men bu suiqasddan bexabarmen! Ahmoq bo‘lib, Tanvirga shu maktubni yozganim rost! — Ibodatxonada meni mahdiy deb maqtab, maktubda «dahriy!» deb qarg‘agan odam har qanday razolatga qodir emasmi? — Riyokorlik qildim, rost. Bu gunohim uchun, mayli hajga boray! Makkatulloga borib, poklanib kelay! Keksa odam Akbarning oyog‘iga yiqilib iltimos qilgandan keyin, Akbar uning hajga ketishiga ruxsat berdi. Ansoriy hajdan keyin Gujaratga qaytdi va o‘sha yerda vafot etdi. U o‘z bobosining maqbarasiga yashirib yurgan ikki sandiq oltin davlat ixtiyoriga olindi va navro‘z bayramida miskin-bechoralarga ulashildi. _______________ * D h o t i — keng ishton. * P a d r e — ota. Ruhoniylar unvoni. * Har tomonlama sulh, tinchlik. * * * Saroyda har chorshanba oqshomi orasta bazmlar va she’riy majlislar bo‘lar edi. Akbar Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 277 mamlakatning eng sohibiste’dod shoir-u san’atkorlarini o‘z atrofiga yig‘ishga intilardi. Mashhur xonanda Tansen, musavvir Xo‘ja Abdusamad, malikushshuaro G‘azaliy, uning tarbiyasi bilan yuksak poyalarga ko‘tarilib borayotgan va hozir «Xamsa» yozayotgan Fayzi Fayoziy, ham forsiy, ham hindiy tillarda go‘zal she’rlar bitgan, ajoyib qo‘shiqlar ham aytadigan xushchaqchaq roja Birbal, she’riy iste’dodi otasi Bayramxonnikidan qo- lishmaydigan Abdurahimxon — bularning hammasini Akbar ma’naviyat gavharlari deb atar edi. Uning saroyida «no‘hratan» — ya’ni «to‘qqiz gavhar» degan ibora mashhur bo‘lgan, fan, adabiyot va san’atning to‘qqizta eng yorug‘ yulduzlari orasidan Abulfazl ham o‘rin olgan edi. Keksa G‘azaliy vafot etganda to‘qqiz gavharning sakkiztasi qoldi, lekin «no‘hratan» iborasi hamon iste’molda edi. Akbar bir kun saroy tashqarisida devorga ohak bilan rasm chizayotgan yalangoyoq hind yigitchasini ko‘rib qoldi. Yigitchaning qo‘lida mo‘jizasi borday, panjasining uch-to‘rt harakati bilan devorda jonli suratlar paydo bo‘lardi. O‘zi ham surat chizishni yaxshi ko‘radigan Akbar yigitchaning yonida to‘xtab: — Oting nedur? — deb so‘radi. — Dasvanta. — Nechun devorga surat chizmoqdasen, Dasvanta? — Qog‘oz-qalamim yo‘q. Akbar surishtirib bilsa, Dasvanta — kambag‘al bir yuk tashuvchi hammolning o‘g‘li ekan, «Ramayana» va «Mahabxorat» dostonlarinnig juda ko‘p joylarini yod bilarkan, chizgan suratlari ham shu dostonlarning qahramonlari haqida ekan. Akbarning o‘zi ham bu dostonlarni yaxshi ko‘rardi. U Dasvantani saroy rassomlarining sardori Xo‘ja Abdusamadning oldiga boshlab keldi: — Zehni o‘tkir. Bir tarbiyalab ko‘ring, mavlono. Dasvanta Akbar kutgandan ham iste’dodliroq bo‘lib chiqdi. Uning «Mahabxorat» voqealariga chizgan suratlari Akbarga eng mashhur rassomlarnikidan ham kuchliroq zavq berdi. Shundan keyingi chorshanba oqshomida bo‘lgan san’atkorlar majlisida yigirma ikki yoshli Dasvanta eng yetuk ma’naviyat gavharlari — no‘hratan qatoriga qo‘shildi. Akbarning bu haqdagi farmonini Abulfazl san’at ahliga e’lon qilar ekan: — Gavharlarimiz yana to‘qqizta bo‘ldi! — deb mamnuniyat bildirdi. Shu kuni kuy va qo‘shiqlar orasida mushoira ham bo‘ldi-yu, yoshi yuzdan oshgan shoir Qosim kohiy o‘zining «Filnoma» degan she’rini o‘qib berdi. Akbar filni yaxshi ko‘rishi, filbonlik ham qilgani ko‘pchilikka ma’lum edi. Kohiy o‘zini uzoq umr ko‘radigan fillarga o‘xshatgan. Akbarni esa shu fillarning suyukli mahavatiga qiyos qilgan edi: Xok bir sar mekunam chun fil har joy merasam, Gar nabinam bar sari xud filboni xiyshro. Didaam to ishqi man afzun shavad on filbon Medavonad bar saram fildomoni hiyshro*. Akbar bu to‘rt satrni eshitganda zavq qilib bir kulib oldi. Filga o‘xshab yoshi yuzdan oshgan bu odamda hali ham bolalarcha bir ma’sumlik bor edi. Uning fil singari o‘z boshiga tuproq sochishining sababi ham behad chiroyli ifoda etilgandi. Fil o‘zi yaxshi ko‘rgan filboniga qanchalik suyanib qolgan bo‘lsa, Kohiy ham dil-dildan Akbarga mehr qo‘yganini she’riy nafosatga yo‘g‘irib aytmoqda edi. Asli Samarqand tomonlarda, Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘idagi Miyonqolda tug‘ilib o‘sgan Qosim Kohiy yigitlik paytida Hirotda yashagan, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylarning suhbatida bo‘lgan shoir edi. Hozir poytaxtda undan keksa odam yo‘q. Yoshi qamariy hisob bilan bir Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 278 yuz-u o‘n sakkizga kirgan bu odam bir umr uylanmasdan bo‘ydoq o‘tmoqda edi. Kohiyning siyrak soqoli paxtaday oppoq, yakkam-dukkam qolgan jag‘ tishlari yeyilib, milkiga tenglashib qolgan, jussasi ham kichkina. Shu yoshdagi odamdan bunday she’r chiqishini kutmagan odamlar uning har bir baytiga qoyil bo‘lib, o‘tirgan joylarida tebranib qo‘yishardi: Hamchu fili mast mexoham bixurusham har zamon Oshkor ato kunam rozinihoni xiyshro. Boz mego‘yam, hadisi ishq xushtarast, Behki, chun fil nigoh doram zaboni xiyshro* Shu yoshdagi odamning mast filday jo‘sh-u xurush qilmoqchi bo‘lgani, lekin yana fillarga xos vazminlik bilan tilini tiyib yurishi Akbarning she’rdan olayotgan zavqini yana bir daraja oshirdi. U o‘zi haqidagi oshkora maqtovlar va madhiyalarni ko‘p eshitgan. Bu yerdagi she’riy iffat, kamtarlik va go‘zal bir tabassum Akbarga nihoyatda yoqqani uchun: — Mavlono, yana bir o‘qisinlar! — deb she’rni ikkinchi marta eshitdi. So‘ng bironta nuqsoni yo‘qligini, har bir so‘zi gavharday xillanganini maqtadi va Abulfazlga yuzlandi: — Bir yuz-u o‘n sakkiz yoshda shunchalik mukammal she’r yozish — kamdan kam uchraydirgan mo‘jizadir. Mavlono Kohiyning poyi qadamlari tabarruk. Saroy darvozasidan to shu yerga kelgunlaricha necha qadam qo‘ygan bo‘lsalar har bir qadamlariga yuz rupiydan in’om berilsin! minba’d saroyga har kelganlarida yana ming rupiydan berib turilsin! Mushoira bo‘lgan joydan saroy darvozasigacha yuz qadamdan ortiq edi. Saroy shoirlaridan hech biri hali bunday qisqa she’r uchun o‘n ming rupiy mukofot olmagan edilar. Qosim Kohiy ta’zim qilib, bu in’om uchun Akbarga minnatdorchilik bildirar ekan, uning allanarsadan ko‘ngli to‘lmagani so‘nik ko‘ringan ko‘zlaridan sezildi. Ertasi kuni xazina ochilganda Qosim Kohiy kelib o‘n ming rupiyni olib ketishi kerak edi. Lekin oradan bir hafta o‘tdi hamki, keksa shoir saroyga qaytib kelmadi. Akbar uni kasal bo‘lib qolmadimikin, deb Abulfazlni xabar olgani yubordi. Qosim Kohiy kichkina bog‘ hovlida turar, uy yumushlarini qiladigan mosh-guruch soqolli bitta xizmatkoridan boshqa hech kimi yo‘q. Abulfazl uning tokchalarida kitoblar turgan xonasiga kirib, hol-ahvol so‘radi-yu: — Nechun hanuzgacha xazinadan mukofotni olmadingiz? — dedi. — Muncha pul menga ne kerak, janob vazir? Merosxo‘rim bo‘lmasa!.. Men u she’rni mukofot uchun yozgan emas edim. — Ehtimol, boshqa tilagingiz bordir? Ayting, men a’lo hazratga yetkazay. Qosim Kohiyning old tishlari allaqachon to‘kilib, lablari ichkariga botib ketgan, uchi xiyol qayrilgan uzun burni egilib tushib, lablariga tegay deb qolgan. — Men yoshimni yashab bo‘lganmen, menga mol-dunyodan ko‘ra imon-u e’tiqod azizroq. Navoiydek, Jomiydek ulug‘ siymolarni ko‘rganmen. Ular diniy adovatlarni qanday yo‘qotishning yo‘lini izlab, topolmay ketgan edilar. Akbar hazratlari turli e’tiqodlarni teng ko‘rib sulhi kull e’lon qilish bilan hanuzgacha topilmagan yangi bir yo‘lni kashf qildilar. Men umrimning oxirida ana shu yo‘ldan yurib o‘tmoqchimen. Agar hazratim meni o‘zlariga sodiq maslakdosh deb bilsalar, faqir uchun eng oliy mukofot ana shu bo‘lg‘ay! Abulfazldan bu gaplarni eshitgan Akbar: — Mavlono Kohiyning bu javobidan boshimiz ko‘kka yetganini borib ayting, — dedi. — Agar istasalar, payshanba kuni yaqin maslakdoshlarimiz davrasiga marhamat qilsinlar! Bog‘i Fathning tillakori mehmonxonasiga xufton kech yig‘iladigan shayx Muborak, roja Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 279 Birbal, Abulfazl, uning shoir akasi Fayzi, Aziz ko‘ka, Abdurahim xoni xononlar qatoriga navbatdagi payshanba kuni Qosim Kohiy ham kelib qo‘shildi. — Mavlono, — deb Akbar eng avval unga murojaat qildi, — siz ajoyib she’riy muammolar yozmishsiz. Bizning o‘trumizda* mushkul hayotiy muammolar turibdir. Biz sulhi kull e’lon qilib birlashtirmoqchi bo‘lgan turli imon-u e’tiqodlar bamisoli mustaqil qa- yiqlardek har biri alohida suzib o‘rganmishdir. Maqol borki, ikki qayiqning boshini tutgan odam g‘arq bo‘lur. Muxoliflarimiz bizni ham g‘arq qilmoqchilar. Ularning nazarida biz na muslim, na ma’jusiy, na otashparast — bu dinlarning hech biriga to‘liq dil bermagan, ora yo‘lda qolgan dinsizlar emishmiz. Shayx Muborak bu ta’na-dashnomlarni Akbarga aytishga tili bormay istihola qilib yurgan edi. Endi ularni Akbarning o‘zi aytganidan dadillandi-yu, so‘zlashga ijozat oldi: — Hazratim, sizdek imoni mustahkam siymoga nisbatan aytilgan bu so‘zlar o‘taketgan tuhmatdir! Bu tuhmatdan qutulishning yagona yo‘li — siz kashf etgan oliy e’tiqodni yangi ta’limot shakliga solib e’lon etmoqdir. Ibodatxonada aytgan edingizki, turli imon-u e’tiqodlar tog‘ yonbag‘irlari kabi baland bir cho‘qqiga yetganda birlashurlar. Ana shu ma’naviy yuksaklikni siz asos solgan yangi maslak deb atasak arzir! Akbar o‘zini yangi bir maslakning asoschisi qiyofasida tasavvur etdi-yu, eti jimirlab, o‘zidan o‘zi seskanib ketdi. Kecha onasini ko‘rgani borganda Hamida begim yana xavotirga tushib aytgan gaplar qulog‘iga qayta eshitilganday bo‘ldi: «Shayx Muborak sizni «mahdiy» deb ishontirib, Bhirada ne ko‘ylarga solgani yodingizdan chiqdimi, shoh o‘g‘lim?». — Xotirjam bo‘ling, onajon, o‘g‘lingiz u ko‘chalarga qaytib kirmagay. Men o‘zimning mahdiy ham, payg‘ambar ham emasligimga allaqachon imon keltirganmen. Shuning uchun faqat bosh faqihlik — mujtahidlik unvonini qabul qilganmen, xolos. — Akbarjon, Siz podsholig‘-u sarkardalik yukini qiynalib ko‘tarib yurganingiz ozmiki, shayx Muborak yangi maslakning og‘irini ham sizning yelkangizga ortmoqchi? Onasining kuyunib bergan bu savoliga Akbar hali javob topa olgani yo‘q. U yangi maslakning og‘ir yukini yelkasiga olishga yuragi betlamay Qosim Kohiyga yuzlandi: — Mavlono, siz ko‘pni ko‘rgan siymosiz, bizga maslahat bering. — Faqirdan maslahat so‘raganingiz uchun tashakkur, hazratim! Salkam yetmish yil Turon-u, Xuroson-u, Kobulda yashadim, ellik yildan beri Sind-u Hindda istiqomat qilmoqdamen. Aqlimni taniganimdan buyon men jahonni kezib, goh adashib, goh turtinib, ruhim yayraydigan ma’naviy bir manzil izladim. Nihoyat, yoshim yuzdan oshganda yetib kelgan eng oliy ma’naviy manzilim — siz hozir rahbari bo‘lgan mana shu tabarruk davra bo‘ldi. Umr bo‘yi meni ruhoniylar istibdodi qiynab kelar edi. Siz shu istibdodni yo‘qotganingizdan beri ruhim yayramoqda. Ammo bu istibdodnnig ketidan kun ko‘rgan, boy bo‘lgan, martaba orttirgan ulkan bir guruh ulamo-yu mulla imomlar bor, ular alamzada bo‘lib, qasd olishni o‘ylab yuribdir. Ular uchun bid’at-u xurofot — bamisoli borut solingan ombor. Shunday bir tayyorlik ko‘rmoq kerakki, yangi ta’limotingiz e’lon qilinganda g‘animlaringiz uning uchqunlari bilan borut omborini portlata olmaydigan bo‘lsinlar. — Rahmat sizga, mavlono, mening dilimdagi gapni aytdingiz! — deb Akbar Kohiyning fikrini davom ettira boshladi: — Faqat ichkarida emas, qo‘shni mamlakatlarda ham muxoliflarimiz bizning xudodan qaytganligimiz haqida dod-voy ko‘tarmoqdalar. Erondan safaviylar, Turondan shayboniyzodalar bizga elchilar yuborib: «Islomdan voz kechganingiz rostmi?» degan ma’noda savollar bermoqdalar. Biz ham ularga elchilar yuborib, «alhamdulillo muslimmiz» degan mazmunda javoblar yozdik. Bizga qarshi ko‘tarilgan xurujlar hali-beri bosilmagay. Viloyatlardan kelayotgan maxfiy axbrotlar vaziyat nihoyatda murakkabligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun yangi ta’limotni Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 280 kattaroq tayyorlik bilan qulay bir vaziyat kelganda joriy etaylik. Hozircha uni mana shu davradagilar o‘z dilimizga jo qilaylik. Axir chin ixlos-u e’tiqod avvalo dilda yashamog‘i kerak-ku. — Haq gap! — dedi Abulfazl. Endi shayx Muborak ham Akbarning so‘nggi fikriga qo‘shilishga majbur bo‘ldi. ____________ * Tepamda filbonim o‘ltirmasa, men ham shu filga o‘xshab borgan joyimda boshimga tuproq sochib izdan chiqaman. Filbonim boshim ustida etagini hilpiratib, meni choptirsa, unga ishqim ortadi. * Tarjimasi: Mast filga o‘xshab har zamon jo‘shu xurush qilgim kelur Yashirin rozlarimni oshkor qilgim kelur. Lekin yana aytaman: ishqning pinhon hadisi xushroqdir, Fillar kabi tilimni tiyibroq yurganim yaxshiroqdir. * O‘ t r u m i z — qarshimiz, ro‘paramiz. * * * Akbar o‘z maslakdoshlariga mukofotlar bergan o‘sha kezlarda shayx Abdunabi uning qahriga uchradi. Besh qo‘lini og‘ziga tiqqan bu badnafs shayx vaqflardan tushgan va haj qiluvchilar uchun ajratilgan pullarning katta bir qismini o‘z sandig‘iga solib olgani aniqlandi. Jinoyatlari bo‘yniga qo‘yilgach, Akbar uni hibs qildirdi. Hibsxonada ham shayx Abdunabining dushmanlari bor ekan. Sadri jahon qatl ettirgan begunoh odamlardan birining o‘g‘li shu yerda qorovul ekan. Boshqa qasoskorlar shayxning qayerda yotganini shu qorovul orqali biladilar. Bu qasoskorlar orasida masjid oldidagi taxtalarni butxona qurilishiga ishlatgani uchun qatl ettirilgan va uchta yosh xotini «sati» odati bo‘yicha o‘zlarini yondirib o‘ldirgan brahmanning qarindoshlari ham bor edi. Qasoskor olomon haligi qorovul yordamida kechasi hibsxonaga bostirib kirdi-da, shayx Abdunabini toshbo‘ron qilib o‘ldirib ketdi. Ansoriy va shayx Abdunabi boshqarib turgan ulamo-yu, qozi-yu muxtasiblar ipi uzilgan tasbeh donalari kabi turli tomonga tirqirab, sarosima va g‘ulg‘ula ichida qoldilar. Jizya solig‘i olib boyishga, majusiylarni qul qilib sotishga imkon beradigan diniy istibdod binolari xuddi zilzilaga uchragan eski uylarday birma-bir qulab tusha boshladi. Zilzila paytida hamma o‘zini noxush sezgani kabi, shu istibdod orqasidan kun ko‘rib kelgan katta guruhning yiqilib-surunib talvasa qilishlari ko‘pchilik saroy ahlida, hatto Akbarning norasida o‘g‘illarida ham og‘ir va murakkab tuyg‘ular uyg‘otdi. Endi o‘n bir yoshga kirgan shahzoda Salim haddan ortiq o‘ychan va kamgap bo‘lib qoldi. Uning muallimi Farid Buxoriy Akbar huzuriga kirib arz qildi: — Hazratim, shahzodaning ruhiy holatlaridan xavotirdamiz. Soatlar davomida yolg‘iz o‘ltirib o‘y suradilar. Ilgari ko‘p kitob o‘qir edilar. Hozir kitob ham o‘qimay qo‘ydilar. Ehtimol, shahzodani ovga olib bormoq zarurdir? — Mavlono, biz ovni taqiq etganimiz yodingizda bormi? — Yodimda, hazratim! Ammo ota-bobolaringiz o‘smirlikdan ot chopib, ov qilib o‘rganganlar. Qon bilan o‘tgan bu odatni o‘g‘lingiz ham tark etmaganlari ma’qulmikin? — Men ovni tark etdim-ku. Endi biz chiqargan farmonni o‘g‘limiz buzsa odamlar ne degay! Salim yolg‘iz o‘ltirib o‘y sursa, xalaqit bermang. Demak, unda fikr-mulohaza uyg‘ongan. O‘zi bilan o‘zi musohaba-yu murokaba qilsin. — Xo‘p, hazratim, xo‘p! — deb, Farid Buxoriy ta’zim qilganicha chiqib ketdi. Ammo ichida: «Oqibatiga o‘zingiz javobgarsiz!» deb qo‘ydi. Atrofida bo‘layotgan ma’naviy zilzilani va murakkab ziddiyatlarni Salimning yosh idroki hazm qilolmas, otasi esa o‘g‘li bilan dildan suhbatlashishga va nima bo‘layotganini unga yaxshilab tushuntirishga vaqt topolmasdi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 281 — Hazratimga mujtahidlikning ne keragi bor? — deb mavlono Farid og‘ir uf tortdi. Bir vaqtlar u ham Akbarga bag‘ishlab she’rlar yozgan edi. Yaxshi g‘azal va ruboiylari bo‘lgani uchun mavlono Farid sohibqalam shoir hisoblanardi. Gujarat yurishida qirq kunlik yo‘lni Akbar bilan to‘qqiz kunda bosib o‘tgan va Muzaffar Husayn mirzoga qarshi urushda bir o‘zi to‘rtta yov navkarini qilich bilan urib yiqitgan dovyurak odam ham shu Farid Buxoriy edi. Akbar uni «sohibi sayf va qalam» deb maqtab, Farid Buxoriyga mavlonolik unvonini bergan va Salimga tarbiyachi muallim qilib qo‘ygan edi. Biroq mavlono Faridning shayx Muborak bilan sozi kelishmas, Salimga sirdoshlarcha shivirlab: — Hazratimni shu shayx ikki o‘g‘li bilan butunlay o‘zlariniki qilib olmoqdalar! — dedi. — «Dohiy», «mahdiy», «mujtahid» — hammasini shular o‘ylab chiqarmishdir. Katta o‘g‘li Fayzi Fayoziy hazratim haqida doston yozib ulkan mukofotlar oldi. Kichik o‘g‘li Abulfazl eng birinchi vazir. Shayx Muborakning o‘zi ashaddiy dushmanlari bo‘lgan ansoriylarni hazratimning yordamida yo‘q qilib qasd oldilar. Bo‘ldi-da endi! Bu gaplar ta’sirida Salim otasini Shayx Muborak va Abulfazldan qizg‘anadigan bo‘lib borar edi. Salim otasining diydoriga to‘ymay o‘sayotgan bo‘lsa, mavlono Farid farzandga zor edi. U uch marta uylangan, lekin farzand ko‘rmagan, yoshi qirqdan oshgandan so‘ng taqdirga tan bergan. Endi Salimni o‘ziga farzandday yaqin olib, dilida qatlanib yotgan otalik mehrini butunicha unga sarf qilar edi. O‘smirlarda bo‘ladigan ishonuvchanlik va ota mehriga tashnalik tufayli Salim ham mavlono Faridning mehriga dilini ochib berar va uni o‘zining eng yaqin sirdoshi deb bilardi. — Amirzodam, endi siz Abulfazldan ehtiyot bo‘ling, — derdi. — Hazrat otangiz shu vazirning maslahatiga kirib, kofir farangilarni saroyga ishga olmoqchi emishlar. Padrelar siz bilan shahzoda Murodga muallim bo‘lib, farangi tilini o‘rgatarmish! Shayx Farid bu gap bilan Salimni cho‘chitmoqchi edi. Salim boshqa bir olamdan kelgan, kiyimlari ham, yurish-turishlari-yu gapirishlari ham o‘zgacha bo‘lgan farangilarga o‘smirlarcha bir qiziqish bilan qarar edi. Shayx Farid o‘nta gapirganda bitta ham javob aytmay, o‘ychan va xomush yurgan Salim ustozining so‘nggi gapidan allanechuk tetiklandi: — Qachon... saboq berarmish? — deb so‘radi. — Sarmunshi Naqibxon aytdi. Ehtimol, erta-indin hazratim sizni chaqirib qolarlar... Kofirdan til o‘rganishga rozi bo‘lurmisiz, amirzodam? — Farangilar forsiy tilda so‘zlarmishlar-ku. Gaplarini eshitib ko‘ray. G‘aroyib sarguzashtlarni bilarmishlar. — Ammo sarguzasht aytish bahonasi bilan, sizni o‘z dinlariga... o‘tkazib olsalar-chi? Salim endi xiyol kulimsiradi: — Siz menga bergan ta’limlarni dilda mahkam tutgaymen, mavlono. Bobolar e’tiqodiga sodiqmen! Farid Buxoriy Salimga turkiy tildan dars bergan, Navoiy, Bobur she’rlaridan yuzlab satr yod oldirgan, shular ta’sirida Salimda ulug‘ bobolariga kuchli bir ehtirom paydo bo‘lgan edi. Ayni vaqtda, Farid Buxoriy Salimni hind onasi-yu tog‘alari ta’siridan ham uzib olishga intilardi. Salimning tog‘alari Man Sinx va Bhagvan Das botir jangchilar bo‘lsa ham, Ulug‘bek, Bobur kabi noyob kitoblar yozgan emaslar. Shuning uchun Salim ulardan ko‘ra ota ajdodlariga o‘zini yaqinroq oladi va ularning ma’naviy merosiga qalbini kengroq ochadi. Agar Salimni «tog‘alariga tortibdi» deyishsa, izzat-nafsiga tegadi, chunki bu uni yarim hind, yarim muslim qilib ikkiga bo‘lib maydalashtiradigan va yarimta-yurimta qilib ko‘rsatadigandek tuyuladi. U Farid Buxoriy ta’sirida temuriy bobolarining udumini otasidan ham mahkamroq tutishga intiladi. Ustozi ham shu boisdan uni o‘z farzandiday Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 282 astoydil yaxshi ko‘radi. — Amirzodam, men aytgan gaplar oramizda qolsin, farangi muallim haqidagi sirni mendan eshitganingizni hazrat otangiz zinhor bilmasinlar. — Nechun? — Axir bu hali maxfiy gap. Sirni oshkor qilganim uchun jazo bermoqlari mumkin. Mening ham dushmanlarim ko‘p. Ayniqsa, hamshahrim Ahmad Buxoriy payt topsa, meni ham marhum Ansoriyga o‘xshatib yo‘q qilgay. Salim otaning sodiq shogirdi bo‘lgan Ahmad Buxoriy hozir shayx Muborak va Abulfazlning eng yaqin maslakdoshiga aylangan, Farid Buxoriy va ularning yashirin dushmani edi. Ikkita buxorolikning o‘t bilan suvday kelisholmasligi Salimni ham hayratga solardi. Ertasi kuni Akbar Salimni o‘zining xonayi xosiga chaqirtirib, farangi tilini o‘rganish haqida gap ochganda, shahzoda o‘z ustozining sirini yashirish uchun hech narsadan xabari yo‘qday jim quloq soldi. — O‘g‘lim, sen nuqul kitob mutolaasiga berilib, xomush yurgan emishsan. Uzoq yurtlarga borging kelgaymi? Hind ummonida kemalarda suzib sayohat qilishni istaysenmi? Salim birdan jonlanib: — Istaymen! — dedi. — Men Goa oroliga kemada suzib borganim hech esimdan chiqmaydir. Farangilarning zo‘r kemalari bor ekan. Bizda hali bunday quvvayi bahriya yo‘q. Shuning uchun biz bosqinchi farangilarni Hindiston qirg‘og‘idan uloqtirib tashlashga hamon ojizmiz. Yog‘iydan kuchliroq bo‘lish uchun uning ichki sirlarini bilmoq kerak, tajribasini o‘rganmoq zarur. Farangi padrelarni men ana shu maqsadda saroyimga chaqirdim. Kaltabin odamlar bizni «Nasora diniga o‘tmoqchi emish!» deb bemaza mish-mishlar tarqatib yurganidan qo‘rqma. Farangilarnnig kema qurishdagi tajribalarini, butun ilm-u ma’rifatini bilmoq uchun ularning tillarini o‘rganmog‘imiz kerak. Shu maqsadda ining Murodni ham chaqirganmen! Akbar qarsak chalib sarmunshiga buyurdi: — Murod kirsin! Ikki o‘g‘li yonma-yon turganda Akbar ularning farqlariga xiyol taajjublanib ko‘z tashladi. Salim onasidek qorachadan kelgan, o‘n ikki yoshida bo‘yi cho‘zilib otasiga tenglashib qolgan, yelkalari tog‘alarinikidek keng, mo‘ylabi erta sabza urgan. o‘n bir yashar Murodning soch va qosh mo‘ylari qizg‘ish oltinrang, yuzi ra’no guliday oq-sarg‘ish, ko‘zlari esa tiniq zangori rangda. Murod ona tomonidan ham boburiy bo‘lgani uchun barloslarda ko‘p uchraydigan qizg‘ish soch va zangori ko‘z unga meros o‘tgan edi. Fe’li ham Salimnikidan boshqacha — o‘y surib o‘tirishni suymaydi, simobday serharakat, sho‘x. Goh chavandozlikni, goh qilichbozlikni mashq qiladi, merganligi ham bor, suvda suzishga ham ishqiboz, Jamnaning u qirg‘og‘idan bunisiga suzib o‘tganini Akbar o‘zi ko‘rgan. Akbar o‘g‘illarini ikki yoniga o‘tkazdi-yu, Murod bilan avval turkiy tilda, so‘ng forscha va hindcha gaplashib ko‘rdi. O‘g‘li hindchani hali uncha erkin gaplasholmasligini payqadi- da: — O‘rganmog‘ing kerak! — dedi. — Hindiston bizning vatanimiz. Hind ulusining tilini bilmog‘ing — ham qarz, ham farz. Har bir o‘rgangan tiling — sening qalb boyligingdir. Mana, bizga kelgan farangilar forscha, hindcha bemalol so‘zlashurlar. Biz esa ularning tilini bilmaydirmiz. Holbuki, ularda ham kitob ko‘p, ma’rifat ulkan. Lekin ba’zilar: «Nasoralar — kofirdir, ularning tillarini o‘rganish gunoh», deydir. Sen qanday fikrdasen, Murod? Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling