Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 262 qilayotgan maydonga tushib bordi. Uning ishorasi bilan otashdorlar yonib turgan olovni ikki fil orasiga ko‘tarib kirib, olishuvni to‘xtatdilar. Favjdor mahavati bilan Akbar turgan joyga chaqirtirildi. Har ikki filga mast qiladigan shirin ichimlik berildi. Shundan keyin Favjdorga Akbarning o‘zi mindi. Kayfi oshgan fillar endi o‘lar-qolariga qramay jang qila boshladi. Ikki oradagi tuproq ko‘tarma birpasda payhon bo‘lib yerga qorishib ketdi. Akbar Favjdorni ankush bilan xillalab, raqib filning yonboshiga o‘tkazdirdi. Biqinidan berilgan zarba qarshi tomonni qattiq silkitib, mahavatni yerga yiqitishi kerak edi. Lekin raqib fil Akbar o‘ylaganidan zo‘rroq ekanmi, zarbaga bardosh berdi, mahavati ham filning quloqlari ostiga tizzasini tiqib yiqilmay qoldi. Akbar fillarning ikki yuz yil umr ko‘rishini bilar, ulardagi yigitlik qudrati yetmish-sakson yoshgacha saqlanib qoladi deb o‘ylardi. Bayramxonning fili Zo‘ravor bilan Favjdor olishganiga o‘n sakkiz yil bo‘ldi. Nahotki shu yillar ichida Favjdor kuchdan qolgan bo‘lsa? Akbar uning zarbasi avvalgiday emasligini endi sezdi. Damudor deb ataladigan qarshidagi filning ayni kuchga to‘lgan davri ekan, orqadan shunday qattiq zarba berdiki, Favjdorning old oyoqlari bukilib, cho‘kkalab qoldi. Akbar uning boshi osha yerga qulab tushadiganday bo‘ldi. Odamlar: «Vah!» deb yubordilar. Ayollar qatorida jangni tomosha qilayotgan Hamida begim dod solib yubormaslik uchun og‘zini kafti bilan bekitdi, lekin o‘rnidan turib ketganini o‘zi bilmadi. Bu orada Akbar o‘zini xiyol o‘nglab, Favjdorni bir amallab tikka turg‘azdi. Damudorni boshqarayotgan mahavat podsho oilasidan baloga qolmaslik uchun ikkinchi zarbadan filini tutib qoldi. Akbar Favjdorni orqaga burib yana hamlaga o‘tdi. Lekin shu orada jang vaqti tugadi-yu, olishuv durang deb e’lon qilindi. Rangi xiyol o‘chgan Akbar hansirab elchilar oldiga qaytib keldi. Jang manzarasidan hayajonga tushgan elchilar Akbarning oldida ta’zim qilishib: — Dovyurakligingizga tan berdik, hazratim! — deyishdi. Kechqurun Akbar onasidan xabar olishga borganda Hamida begim ko‘ziga yosh olib dardini aytdi: — Shoh o‘g‘lim, nahotki elchilarning ikki og‘iz tahsini uchun o‘z joningizni shunchalik xatarga qo‘ysangiz? Tavakkalchilik ham evi bilan-da, axir. Shu qadar o‘ylamay ish qilish to‘g‘rimi, aylanay bolam?! — Men bu ishni o‘ylab qildim, onajon. Abdullaxon biz bilan bellashmoqchi emish, Kobul-u Badaxshonni tortib olmoqchi emish. Elchilari o‘z ko‘z bilan ko‘rgan olishuvni borib xonga aytib bersinlar. Men bilan olishuv qanaqa bo‘lishini xon ko‘z oldiga keltirsin. Ehtimol, bugungi fil jangi Abdullaxon bilan bo‘ladigan qonli urushning oldini olishga yordam bersa! Men ana shu maqsadda maydonga tushdim. — Lekin siz maydondan omon chiqquningizgacha men o‘lib bo‘ldim! Bizni ham o‘ylang- da, jon bolam! — Xo‘p, onajon! — deb Akbar minba’d jonini xatarga qo‘ymaslikka so‘z beradi. Lekin boshqa kutilmagan joydan yana onani bezovta qiladigan biron xatar chiqadi. Akbarning dovyurakligi Abulfazl bilan Birbalga juda yoqadi. Ularning fikricha, Akbarning shuhrati va obro‘si davlat manfaatlariga xizmat qiladi. Agar uning shunday zo‘r obro‘si bo‘lmasa, qo‘l ostidagi odamlari Sekridagi yangi poytaxtni qisqa vaqt ichida bunyod qilishga yoki ikki yuzta daryo kemasini qurishga bu qadar jon-jahdlari bilan kirisharmidi? Abulfazl bilan Birbal Akbarning shu ulkan obro‘sidan foydalanib, endi shayx Ansoriyning diniy istibdodini yo‘qotmoqchi bo‘ladi. Gujarat yurishidan oldin rejasi chizilgan e’tiqod uyi Bihardagi g‘alabadan keyin qurib bitirildi. Akbar ruhoniylarni munozaralarga jalb qilish uchun binoni «Ibodatxona» deb atadi. Hamida begim bu ibodatxonani kirib ko‘rgan emas, ammo uni marhum Salim otaning maslakdoshi bo‘lgan Abdulla Niyoziyning hujrasi Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 263 o‘rniga qurganlaridan mamnun. Abdulla Niyoziyning hujrasi evaziga Sekri o‘rmoni chetidan Akbar unga uy qurdirib, dehqonchilik uchun yer ham ajratgani onasiga juda ma’qul bo‘ldi. Chunki Abdulla Niyoziy ham Salim ota kabi adolatparvar odam ekanligini begim yaxshi biladi. Ibodatxonada Akbar imon-u e’tiqod munozaralari o‘tkazganda Ansoriyga o‘xshagan tamagir din peshvolari shayx Muborak bilan Abdulla Niyoziyga bas kelolmasliklari aniq. Bianadagi xalq harakatiga qatnashgan mahdiylar din-u millat ayirmas edilar. Akbar ularning shu bag‘ri kengligini ma’qul ko‘rib, ibdatxonadagi munozaralarga hind brahmanlarini ham, otashparastlar vakilini ham taklif qila boshladi. Abdulla Ansoriy va uning tarafdorlari chekka-chekkada pichirlashib: «Ibodatxona Bianadagi isyonchilar ilkiga o‘tdi, mahdiylar Akbarshohni ham dindan chiqarishmoqda!» degan vahimali gaplar tarqatdilar. Mahdiylar esa Akbarni «ming yilda bir keldaigan ulug‘ rahbar!» deb ko‘tar-ko‘tar qilishadi. Selday yopirilib kelayotgan bu qarama-qarshi fikrlar ta’sirida Akbarning o‘zi ham g‘alati bo‘lib yuribdi. Keyingi paytda chog‘ir ichmaydi, go‘shtlik ovqat yemaydi, hech kim bilan ochilib gaplashmaydi. Hozir uzoq Bhira o‘rmonlariga ketgan. Yana fil minib, yo‘lbars oviga chiqmasa edi... Hamida begim Bhiradan xabar kutib yurgan paytda Abulfazl kelib qoldi. Uning ma’yus qarashlari onani yana bezovta qildi: — Akbarjon salomatmilar? — Shukur... Lekin ozib ketdilar. Uyqulari yomon. — Tabiblari bor edi-ku. Bhim Nadh o‘sha yerdami? — Tabiblarni qabul qilmay qo‘yganlar. Kuni bilan o‘rmonda yolg‘iz yuradilar, tog‘ tepasida soatlab o‘y surib o‘ltiradilar. Yonlariga chaqirmaganlaridan so‘ng, biz borishga jur’at etolmagaymiz. — Roja Birbal o‘sha yerdamilar? — Ha, roja Birbal bilan ham ochilib so‘zlashmay qo‘ydilar. Poytaxtga qaytaylik, desak istamadilar. — Ov bilan ko‘ngillari yozilar edi-ku. — Biz ham shuni o‘ylib, ovga tayyorlik ko‘rdik. Shergir fillari taxt qilindi. Maxsus odamlar o‘rmon ichidagi yo‘lbarslarning atrofini o‘rab, ochiq joyga haydab chiqdi. Kiyik ovlaydigan chitalar ham qafasda buyruq kutib turgan edi. Birdan hazratim «jonivorlarga jabr qilib ne topdik!» dedilar-u yo‘lbarslarni o‘rmonga qayta kiritib yuborishni buyurdilar. Qafasdagi chitalarni ham uzoqroqqa olib borib, qo‘yib yuborishga amr berdilar. Ovni man qilib maxsus farmon chiqardilar. — Yo‘lbars ovi man etilsa mening dilimdagi ish bo‘libdir, — dedi Hamida begim. — Lekin boshqa bir xavotirlik paydo bo‘ldi, begim. Odamdan begonasiraydilar. Mudom, o‘zlari yolg‘iz. Musohaba-yu murokaba*. Hushlari joyida emasmi? Hech kimni qabul qilmay qo‘ydilar. Davlat ishlarini eslatsak, urishib beradilar. Podsho odamga bir narsa deb bo‘lmasa!... O‘ylab-o‘ylab, axiyri sizga maslahatga keldim. Hazratiimga faqat sizning haddingiz sig‘ib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmog‘ingiz mumkin... — Akbar meni chorladimi? — Yo‘q, bildirmay keldim. Bilsalar, ruxsat bermas edilar. — Mavlono, siz bilan otangiz shayx Muborak ham Akbarni haddan ortiq ulug‘layverib shu ko‘yga soldilaringiz. Mana, oqibati! — Osiy bandamiz, hazrat begim. Bizni afvu eting. — Ammo kelganingiz yaxshi bo‘libdir. Men tezroq Bhiraga boray. Dilim sezgan edi-ya!.. Hamida begim o‘zining tungi betobliklarini ham unutdi, Fathpurdan otda o‘n kunlik yo‘l bo‘lgan uzoq Bhiraga shoshilinch jo‘nab ketdi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 264 Haruda degan hind lochini tog‘ tepasida turgan Akbarning yonginasidan uchib o‘tdi. Lochinning yelkasi to‘q qizg‘ish, qorni va bo‘yni oq. Sariq rangli panjasi bilan qora bir ilonni changallab olgan. Ilon yeydigan bu lochin o‘z ovini dumidan changallab osmonda chirpirak qilib uchiradi. Zaharli ilon tez uchishdan ko‘zi tinib, boshini ko‘tarib ololmaydi, lochinni chaqishga iloj topolmay qoladi. Haruda esa ilonni osmonning yuksak bir joyidan yerga tashlab yuborib o‘ldiradi. Mana shu odati uchun hindlar Harudani muqaddas qush deb e’zozlashadi. Rivoyatlarga binoan, go‘zallik va zafar ma’budasi Lakshmi Harudaning qanotlari ustida o‘ltiradi. Ilgari Akbarning xayolida afsonani voqelikdan ajratib turadigan aniq chegara bor edi. Endi shu chegara yo‘qolgan, uni go‘yo sel olib ketgan. Shu sababli hozir yonidan uchib o‘tgan Harudaning qizg‘ish qanotlari ustida havo to‘lqiniga o‘xshash harir bir narsani ko‘rganday bo‘ldi-yu, «Lakshmi shu ekanmi?» deb o‘yladi. Kechalari uning tushiga to‘rt qo‘li, beshta yuzi bor Shiva kirib chiqadi. G‘azab bobida hech kim Shivaga bas kelolmaydi. Ikki ko‘zidan tashqari peshonasida uchinchi yashirin nigohi ham bor. Astoydil g‘azabi kelganda shu uchinchi ko‘zi birdan ochiladi-yu, olov sochadi. Shiva tikilib qaraganda odam yoki boshqa jonzot shu ko‘zning olovidan kuyib kul bo‘ladi. Shivaning yoqasi o‘rnida o‘ram-o‘ram ilonlar. Odamlarning bosh suyaklarini ipga tizib, bo‘yniga marjon qilib taqib yuradi. Po‘lat gurzisining uchiga ham odamning bosh suyagi qoplangan. Chunki u gunohkorlarga jazo beruvchidir. Akbarning tasavvuridagi voqelik bilan g‘ayritabiiy va ilohiy narsalarning chegarasini buzib o‘tgan sel uni yerdan uzib olib osmonga chiqarib yuborgan ulug‘lashlarning oqibati ekanini hozir o‘zi ham sezmaydi. Faqat uni «dohiy!» «mahdiy!» deganlari sari o‘zini alanechuk yolg‘iz, hammadan uzilgan bekas odamday sezadi. Uning ruhi bezovta, sababini go‘yo Jaloliddin Rumiy aytib ketgan: «Tanang — ot, ruhing — uning suvorisi. Shuni bilki, ot yemishi suvoriga oziq bo‘lmagay!» Ilgari Akbar ko‘proq tanasini parvarishlar edi, endi bilsa nuqul otni boqib, suvorini och qoldirgan ekan. Hozir aksini qilib, yeyish-ichishdan o‘zini chekladi-yu, ma’naviy oziq beradigan ilm-u asrorga, so‘fiylar va hind donishmandlari ta’limotiga qayta-qayta sho‘n- g‘ib, o‘ziga kerakli ma’naviy gavharni izlashga tushdi. Ruh, aql, qalb, ko‘ngil — bular tabiatdagi chor unsurga o‘xshaydi, insondagi butun ma’naviy dunyo shu to‘rtovidan tarkib topishini Akbar endi bilyapti. Arab, fors, hind, yunon — turfa tilli faylasuflar hammasi ruh bilan tananing, ko‘ngil bilan aqlning orasidagi ziddiyatlardan dod deb o‘tganlar. Akbarning o‘zi ham hozir shu ichki ziddiyatlardan qutulolmay azob tortib yuribdi. Orqaga o‘girilib qarasa, qancha zafarlarga erishgani, qancha katta davlat-u obro‘ga ega bo‘lgani uni qanoatga va mamnunlikka undaydi. Ammo diliga razm solsa, o‘zidan ham, atrofidagi hayotdan ham ko‘ngli to‘lmaydi. Hali amalga oshmagan istak-orzulari behad ko‘p. Ularga qachon yetishadi? Shunda go‘yo Abdulhamid G‘azzoliy degan faylasuf uni ogohlantiradi: «Ikki biqining orasidagi ko‘ngling — sening ashaddiy dushmaningdir». Hind faylasuflari ham ko‘ngilni uning tashqi manbalaridan uzish kerakligini, hech kim yo‘q bir o‘rmonda o‘z qalbiga quloq solib, dildagi muqaddas tuyg‘ularga berilib yashashni maslahat beradilar. Akbar shu maqsadda Himolay tog‘i etaklaridagi o‘rmonzor Bhiraga kelib yashamoqda. Bu yerga u bilan birga kelgan besh yuzdan ortiq beg-u mulozimlar, qo‘riqchi va xizmatkorlar Bhiraning Bog‘i Safosidagi ko‘l atroflariga chodir tikib olishgan. Bir vaqtlar Komron mirzo ko‘r qilingan Bog‘i Safoga Akbar o‘n yasharligida birinchi marta otasi bilan kelgan edi. Shundan beri o‘tgan o‘n yilliklar uni ne ko‘ylarga solmadi! Mana, hozir yoshi o‘ttiz sakkizga bordi, lekin hali ham o‘zini juda nokomil sezadi, xayolini yaxlit bir muqaddas Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 265 tuyg‘u atrofiga yig‘a olmaydi. Uning istagi shuki, tanasi ruhiga so‘zsiz itoat etsa, yuragi nafsdan poklansa, u o‘zidan ham, olamdan ham mamnun va rizo bo‘lsa. So‘fiylar buni «oriflik» deydi, hind faqirlari «samadhi» deb ataydi, lekin ikkovining mohiyatida ham komil insonlikka intilish bor. Akbar tabiatdagi poklikni, go‘zallik va muvozanatni ko‘rib havasi keladi. Nega uning dilida tabiatdagi uyg‘unlik yo‘q? Bu savolga javoban yana Rumiyning xitobi eshitiladi: «Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin diling!» Akbar ko‘zi oldida turgan tabiatdan ham ulug‘roq, undan ham abadiyroq mutlaq haqiqatni qalb ko‘zi bilan ko‘rishga va ruhini unga qo‘shib yuborishga intiladi. Lekin bunga hech muvaffaq bo‘lolmaydi. Taqdir unga shuncha kuch-quvvatni, iste’dodni, qudratli davlatni nima uchun bergan? Bu savolga Ajmirdan Akbar bir vaqtlar ziyoratga borgan Mu’yiniddin Cheshti maqbarasidan Bhiraga kelgan mo‘ysafid Murtazo Ahmadxon o‘zicha javob berdi. U she’rni kuyga o‘xshatib aytadigan xushovoz qavvollar bilan birga Akbarni ulug‘lab ashula aytdi, so‘ng Akbarning qarshisida tiz cho‘kib, unga sajda qila boshladi: — Siz ming yilda bir keladigan dohiy! Dunyoda adolat o‘rnatish uchun Xudo tomonidan yuborilgan mahdiysiz! Zo‘r e’tiqod va ishonch bilan aytilgan bu so‘zlar Akbarga shunday ta’sir qildiki, uning ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. U ko‘z yoshini artmasdan o‘rnidan turib ketdi-da, o‘rmonda ancha vaqt yolg‘iz aylanib yurdi. Balki murtazo Ahmadxon haqdir? Unga ayon bo‘lmasa kamoli ishonch va e’tiqod bilan shunday dermidi? Lekin Akbarning amaliy ishda aniq dalillarga tayanib o‘rgangan aqli bu gapga bovar qilmaydi. Osmondan ham biron ishora bo‘lsa edi, Akbar o‘zining o‘jar aql-u idrokini so‘zsiz ishontirgan bo‘lardi. U yolg‘iz o‘zi tog‘ tepalariga chiqadi, uyqusiz tunlarda sham yorug‘ida o‘y surib o‘ltiradi. Tepadan biron gumburlash yoki hayqirish eshitilsa, «tangridan vahiy keldimikin?» deb, vujudini titroq bosadi, ruhida zilzila qo‘zg‘aladi. Lekin yaxshiroq quloq solsa, uzoqda yo momaqaldiroq gumburlagan yoki o‘rmonda yirtqichlar bo‘kirgan bo‘lib chiqadi. Murtazo Ahmadxondan tashqari shayx Muborak ham Akbarning mahdiyligini isbot etishga harakat qilmoqda. Axir hijriy minginchi yil yaqinlashyapti. Shayx Muborak musulmon olamida Akbardan qudratliroq podsho yo‘q deb hisoblaydi. Uningcha, mahdiylikka munosib boshqa odam yo‘q. Shuning uchun shayx Muborak Akbarning tezroq mahdiy deb e’lon qilinishini, shu tarzda abdulla Ansoriy boshliq ruhoniylar hokimiyati yo‘qotilishini istaydi. Akbar mahdiy bo‘lganda kiyishi kerak bo‘lgan ulug‘vor samoviy kiyimlarga shayx Muborak buyurtmalar bergan. Buni eshitgan Akbarning ruhi osmonga talpinadi, ammo tanasi hamon yerdan ko‘tarila olmaydi. Xayolida voqelik bilan ilohiyot bir-biriga qorishib ketgan paytlarda uch ko‘zli tangri Shiva Nandi nomli ho‘kiziga minib, qarshisidan o‘tganday bo‘ladi. Birdan xushyor tortib qarasa, Bog‘i Safoda yolg‘iz o‘ltirganini ko‘radi. Na Shiva bor, na Nandi. Shunda «aqldan ozmayapmanmikin?» degan o‘y etini junjiktirib o‘tadi. _____________ * Q u v v a i b a h r i ya — harbiy flot. * M u s o h a b a — xudtahlil, o‘z-o‘zini kuzatib analiz qilish. Murokaba — o‘z-o‘zini cheklash, qanoatga o‘rganish. * * * Kech kirib, o‘rmon daraxtlari Bog‘i Safodagi ko‘lga uzun-uzun soya tashlab turgan Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 266 paytda Akbar xayol surib buloq bo‘yida o‘ltirgan edi. Sakkiz yigit Bog‘i Safoga ko‘tarib kirgan zarrin taxtiravon buloqdan pastroqda to‘xtadi. Kutilmaganda undan Hamida begim chiqib keldi. Akbar: «Bu ham ro‘yo bo‘lsa kerak!» deb cho‘chib o‘rnidan turdi: — Siz?.. Hazrat onam? — Ha, bu men, mungliq onangiz!.. — A... E... Sizni kim chorladi? — Dilim chorladi! Akbar onasidan ham begonasiragandek ancha berida to‘xtab turibdi. Hamida begim oradagi masofani dadil bosib o‘tdi-da, Akbarni bag‘riga bosib, yig‘lab yubordi: — Akbarjon, onangiz sizga kerak bo‘lmaganda ko‘zingizga ko‘rinmay yo‘q bo‘lib ketgay! Ammo boshingizga mushkulot tushganda yerning tagidan bo‘lsa ham yetib kelgaymen! Ona bag‘rida Akbar bir lahza beg‘ubor bolalik davriga qaytganday bo‘ldi. Ko‘ngli yumshab: — Xush kelibsiz! — dedi va onasini ikki oshiyonli ko‘shkka boshlab kirdi. Begim yo‘lda chanqagan edi. Akbar gulob chaqirdi. — Suv kichikdan, avval o‘zingiz iching, bolam! Akbar limu sharbatining lazzatini ancha kundan beri endi qaytadan sezdi. Bovurchilar Hamida begim uchun dasturxon yozib, eng sarxil shirinliklar va sabzavotdan qilingan taomlar keltira boshladilar. Begim to‘rt yildan beri go‘sht yemas, buni bovurchilar bilar edi. Akbar ham Bhiraga kelgandan beri go‘sht yemay qo‘ygani ona-bolani ma’naviy maslakdosh qilganday tuyuldi. Xushta’m sabzavotlardan pishirilgan anvoyi ovqatlarni esa Hamida begim ataylab ishtaha bilan yer, uning ta’sirida Akbar ham laganga tez-tez qo‘l cho‘zayotganini o‘zi sezmasdi. Kindik qoni orqali o‘tgan go‘daklik tuyg‘ulari akbarni asliga qaytarayotganday, voqelik bilan xayoliy ro‘yoning orasidagi chegara tuman orasidan sekin chiqib kelayotganday bo‘lardi. Lekin oylar davomida unga singdirilgan mahdiylik afsuni hali osonlikcha tarqaydiganga o‘xshamasdi. Ona-bola suhbatlashib o‘ltirganlarida Akbar bir necha marta jim qolib osmonga quloq soldi. U tangridan ilohiy nido kelishiga astoydil ishonib yurganini Hamida begim endi sezdi. Kechasi Akbar soma degan giyohning suvidan tayyorlangan sharbat ichdi. — Soma hindlarda muqaddas giyoh hisoblangay,— deb onasiga tushuntirdi. — Kechasi oydinda tog‘dan terib tusharlar. Oltin uzuk taqilgan barmoqlar bilan ezib, sharbatini elakdan suzib poklagaylar. Bir-ikki kun turgandan keyin yetilib, yengil kayf bergay. Ammo bu ilohiy kayf sanalur. Hamida begim somadan bir piyola ichib yotgan edi, kechasi bilan uxlay olmadi. Brahmanlar somaning kayfi bilan tuni bo‘yi hindcha duolar o‘qib, uxlamay chiqishlari esiga tushdi-yu, Akbarni qiynab yurgan uyqusizliklarga soma ham sabab bo‘layotganini payqadi. Ertasi kuni Akbarga turkiy ichimlik bo‘lgan qimizni eslatdi: — Kobulda o‘smir paytingizda qimiz ichganlaringiz yodingizdami? Ajdodlarimiz orqali qonimizga singgan odat... — Hind issiqlarida qimiz og‘irlik qilgay. — Ammo Bhira salqin ekan. Bir tomoni tog‘, bir tomoni daryo. Onasining qimizga ko‘ngli ketayotganini sezgan Akbar bovurchini chaqirdi: — Chig‘atoyxon Toshkandiy qimizxo‘r edi. Borib ayting, biz uchun topdirsin. Qip-qizil kadi to‘la qimiz o‘sha kuni topib kelindi. Hamida bonu saryog‘da pishirilgan baquvvat ovqatlar buyurdi-yu, avval o‘zi bir kosa qimiz ichdi, keyin qo‘yarda-qo‘ymay Akbarga ham ichirdi. Muzday buloq suviga kadisi bilan qo‘yib sovutilgan qimiz chanqoqni shunday yaxshi bosdiki, Akbarning tanasi yayrab, birdan ishtahasi ochilganini sezdi. Ona-bola go‘sht yemasliklarini biladigan bovurchi ularga turkiycha qaymoq torpiq pishirib keldi. Akbar sharbatchiga ishora qilib, o‘ziga va onasiga yana bir kosadan qimiz Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 267 quydirdi. Uni ichgandan keyin vujudiga mayin bir mudroq tarqab, dunyo g‘amlari xayolidan uzoqlasha boshladi. Har kuni yotar mahalda ichadigan soma ichimligini bugun onasi iltimos qilib ichirmadi. Uning o‘rniga ham yana bir kosa qimiz berdi. Akbar xufton kech bir uyquga ketgancha, ertasi kuni oftob chiqqanga qadar qotib uxladi. So‘nggi kunlarda u hech kimni qabul qilmay qo‘ygani uchun davlat ishlari to‘xtab qolgan, podshoning qabuliga kirolmay xit bo‘lib yurgan odamlar ko‘p edi. Akbarning o‘y-xayolini buzmaslik uchun mulozimlar ham oyoq uchida yurardilar. Butun qarorgoh mudroq bosganday bo‘shashgan edi. Akbar ertalab uxlab yotgan paytda Abulfazl bilan roja Birbal Hamida begimning huzuriga keldilar. — Yaxshi uxlayotgan bo‘lsalar, bu — sog‘ayish alomati! — suyunib dedi Abulfazl. — Shoyad bugun bizni ham qabul qilsalar. Navbat kutib turgan shoshilinch ishlar ko‘p. Hamida begim bosh chayqadi: — Mavlono, hali sabr qiling. Gujaratdagi mastliklari bir kunda tarqagan ekan. «Mahdiy», «dohiy» deb, oylar davomida afsun qildilaringiz. Buning kayfi tarqalishi uchun ancha vaqt kerakka o‘xshaydir. — Shukurki, hazratim siz bilan inoqlar. — Menga xos hakimni chaqirib beringizlar, — dedi Hamida begim. — Bamaslahat davo qilaylik. Xos hakim Bhim Nadh Akbarga quvvat beradigan taomlarni ko‘proq yedirishni maslahat berdi. Shu maslahat bo‘yicha Hamida begim ertalabki shirchoyga quvvat beradigan qaymoq va saryog‘ni ko‘proq soldirdi. Tushga borib Akbar chanqay boshlaganda ona- bola yana qimiz ichdilar, tabibning buyrug‘i bilan sabzavot sho‘rvaga kaklik go‘shtidan qo‘shib pishirdilar va suvini suzib berdilar. Akbarning kayfiyati yaxshilanib borayotganini ko‘rgan Hamida begim unga ruh va tananing birligi haqida Salim ota aytgan so‘zlarni eslatdi: — Inson ham daraxt kabi moddiy ildizlardan oziqlanarkan, shoh o‘g‘lim! Qon bilan taraluvchi oziq ruhga quvvat berarkan. — Lekin nafs bilan ko‘ngil — ruhning dushmanidir, — dedi Akbar. — Ko‘ngil ham pok bo‘lsa, ruhga zid kelmagay. Hindlarning ko‘ngil haqidagi fikrlari esingizdami? Karma — bizdagi ko‘ngilga o‘xshab tabiiy ehtiyojlar, mayllarni keltirib chiqararkan. Busiz yashab bo‘lmas ekan. — Ammo jaynlar ko‘ngilni yopishqoq matoga o‘xshaturlar. Hayotning butun kir-chirlari shu matoga yopishavergay. Hamida begim ham jaynlar ta’limotidan xabardor edi. Jaynlar tirik jonivorning go‘shtini yeyishga shuning uchun qarshiki, inson o‘lganda uning joni boshqa biron jondorga, goho echkiga, qo‘yga, goho ilonga ko‘chib o‘tadi. Jaynlarning jonivorlarga rahmdilligidan tashqari bittadan ortiq xotin olmasliklari, imon-u e’tiqodlari bunga ruxsat bermasligi ham Hamida begimga yoqadi. — Jaynlar karmani kir oladigan matoga o‘xshatganlari rost, — dedi begim. — Lekin uni tez-tez tozalab turish kerak, deydilar. Axir karmasiz hayot bo‘lurmi? Ichish, yeyish, uylanish, farzand ko‘rish — hammasida ko‘ngil ishtirok etmay iloji yo‘q. — Lekin ko‘ngilni imon-u insof ko‘chasidan yurgizish mushkul. — Nechun? Komil insonlarda ruh hamisha ko‘ngilga yetakchilik qilgay, aql bilan dil juft qanotlardek birga parvoz etgay. — Demak, men hali kamolotdan juda uzoqdamen,— dedi Akbar. — Ruhim mudom osmonga talpinur. Ammo tanamni ruhim ko‘tarilgan yuksaklikka olib chiqolmay, aro yo‘lda muallaq qolurmen. Akbar o‘zining ruhiy holatiga to‘g‘ri baho bera boshlaganida Hamida begim ichida «xayriyat!» deb qo‘ydi-yu, uni muallaq holatdan tezroq yerga qaytarib tushirgisi keldi. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 268 — Men o‘tgan hafta tushimda Humoy qushni ko‘ribmen, — dedi begim. — Qanotlari burgutnikidan ham bahaybat. Boshi-yu bo‘yni shertaxlit. Odamnikiday ikki ilki bor. Tog‘ etagida odamlar to‘plangan ekan. Humoy qush ilkida kattakon bir kitobni ko‘tarib o‘tib, tog‘ tepasiga borib qo‘ndi. Odamlar unga qarab yugurdilar. Humoy kitobni tashlab uchib ketdi. Toqqa oldinroq yetib borgan to‘rt-besh odam haligi kitobni «men olay, men olay!» deb talashib qoldilar. Bir-biriga bermagandan keyin uni to‘rt-besh bo‘lak qilib bo‘lib, turli tomonga olib keta boshladilar. Shunda siz paydo bo‘ldingiz. «To‘xtanglar, axir, yaxlit kitobni parchalab olib ketish gunoh-ku», deb ularni qaytarishga tushdingiz. Lekin ularning birini qaytarsangiz, boshqasi tutqich bermaydir. Azbaroyi achinganimdan «oh!» tortib, uyg‘onib ketibmen. Akbar o‘ylanib turdi-yu: — Yaxshi tush ko‘ribsiz, — dedi. — Kitob — haqiqat ramzi. Odamlar haqiqatni parcha- parcha qilib turli tomonga olib ketganlari rost. ma’naviyat ham parchalangan. Har kim ilkidagi bir parcha haqiqat-u ma’naviyatni mahkam tutib olgan. Boshqalarning ilkida ham haqiqat-u ma’naviyat parchalari borligini tan olmaydilar. «Faqat men haqmen!» deb, boshqa xalqlarni kamsitadilar. O‘zaro urushlar, din-u millat ayirishlar mudom shundan kelib chiqg‘ay... Siz tushingizda ko‘rgan kitobning parchalarini odamzod bir joyga yig‘ib, yaxlit holiga keltirmaguncha, dunyoda adolat o‘rnatib bo‘lmagay. Mening orzuyim sochilib ketgan o‘lkalarni bir davlat qilib birlashtirishgina emas, balki parchalanib ketgan haqiqatni bir ulug‘ mahzarga* yig‘ishdir. — Ilohim, bu orzuingizga yeting, shoh o‘g‘lim. Turkiy ulusdan chiqib, Hindistonga farzand bo‘ldingiz. Endi bilsam, bir ulusning qobig‘ini yorib chiqqan odam faqat ikkinchi bir xalqning farzandi bo‘lish bilan cheklanib qololmas ekan. Ummonga quyilgan daryo butun dunyo kengliklariga chiqarkan. Shunga o‘xshab, siz ham o‘z ulusingiz, o‘z mamlakatingiz tashvishlaridan kuch orttirib, umumbashariy muammolarni yechishga bel bog‘lamoqdasiz. ma’naviyat bobida ajdodlaringizning hech biri bunday mushkul, bunday murakkab maqsadlarni o‘z oldilariga qo‘ymagan edilar. Sizda ulkan iste’dod-u g‘ayrat bor. Ammo men tushimda «oh» tortib uyg‘onganimga sabab — «yolg‘izlik qildingiz, bolam!». Kitobni parchalab, turli tomonga qochganlarning hammasini odam bir o‘zi nechuk tutgay? — Yonimda hech kim yo‘qmidi? — Yo‘q edi! Axir, sodiq amirlaringiz nechun ko‘rinmaydilar? Aziz ko‘ka, Man Sinx, roja Birbal, Abulfazl... Har biri siz uchun jonini berishga tayyor-ku! Akbar so‘nggi paytda uzlatga chekingisi va yolg‘iz yurgisi kelib, eng yaqin kishilaridan uzilib qolgani noto‘g‘ri bo‘lganini endi seza boshladi. Onasi uni yanada hushyor torttirish uchun Agrada bo‘lgan bir fojiani aytib berdi: — Siz yo‘g‘ingizda Agradagi sadrlar suduri Abdunabi yana diniy nizolarni alanga oldirdi. Siz-ku, masjidlar qatori hind butxonalari qurishga ham ruxsat bergan edingiz. Lekin shayx Abdunabi bor taxtani masjid yoniga keltirib taxlatibdir. Butxona uchun taxta berdirmabdir. Butxona qurilishi to‘xtab qolgandan keyin, kelinimiz Jodha Bayga qadrdon bo‘lgan brahman o‘z qavmlari bilan boribdir-da, o‘sha taxtalarning bir qismini sadrlar suduridan beruxsat olib ketib, butxona qurilishiga ishlatibdur. Muxtasib buni bilib qolib, brahmanni hibsga olibdir. — Men buni eshitgan edim, — dedi Akbar. — Safardan qaytgunimcha brahman hibsda saqlansin degan edim. — Ammo brahman qochmoqchi bo‘lgan emish. Rostmi, yolg‘onmi, bilmadik. «So‘roq paytida brahman muslimlarni haqorat qildi, kechasi qochmoqchi bo‘ldi», degan bahona bilan sadrlar suduri uni qatl ettiribdir. — Ob-bo, jallodlar-ey! Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling