Humoyun va akbar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
avlodlar dovoni ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi 310 tuyuldi. Lekin o‘g‘lini beklari oldida izza qilmaslik uchun hech narsa demadi-da, Salimga «o‘tira tur!» degan ishorani qildi, so‘ng Abulfazlga yuzlandi: — Mavlono, sizning tilagingiz nedur? — Hazratim, hanuzgacha e’tibordan chetda qolib kelmoqda bo‘lgan bir zarurat bor, — deb Abulfazl aholining soni haqida gapirdi. — Biz pulni hisoblaymiz, molni hisoblaymiz. Biroq odamlarimiz qancha? Aholining qanchasi erkak, qanchasi ayol? Qancha odam qaysi elga, qaysi e’tiqodga mansub? Shuni haligacha aniq bilmaydirmiz. Holbuki, buni bilmasdan turib bexato siyosat yurgizib bo‘lmagay. Shuning uchun faqir butun mamlakatda aholi ro‘yxati o‘tkazilsin, deb tilak bildirgaymen. Akbar bu tilakni ma’qul ko‘rib bosh irg‘adi. Boshqa a’yonlar katta ko‘priklar qurish, ariq qazib, suv chiqarish haqida muhim-muhim istaklarini aytdilar. Akbar davlat va el-yurt manfaatlarini ko‘zlab aytilgan hamma tilaklarni qabul qildi. Bularning qarshisida o‘g‘li Salimning faqat o‘zini o‘ylab bildirgan tilagi yanada mayda va bachkana tuyuldi. Akbar a’yonlariga javob berdi-da. Salimni o‘zining xonayi xosiga boshlab kirdi. Uni qarshisiga tik turg‘izib qo‘yib: — O‘g‘lim, sen bugun meni ham, o‘zingni ham xijolatga qoldirding, — dedi. — Butun mamlakatga e’lon qilingan farmonni men nechun bekor qilmog‘im lozim? Sening tezroq uylanging kelgani uchunmi? Salim bo‘zrayib yerga tikilganicha sukut qildi. Uning uzr so‘ramay jim turgani Akbarga o‘jarlik alomati bo‘lib ko‘rindi. — Senda halitdan nafs g‘olib kelsa, oqibati ne bo‘lishini o‘ylaysenmi? Axir nikohning muqaddas maqsadi — farzand ko‘rish-ku. Faqat ko‘ngilxushligi uchun uylanurlar, deb senga kim o‘rgatdi? So‘nggi paytlarda Alibek Salimga Akbarning haramida qanaqa go‘zal qizlar borligini shivirlab aytib bergan va uni hazratdan ibrat olishga undagan edi. Lekin sir saqlashga o‘rgangan Salim hozir buni otasidan yashirdi. Salimning boshi egik bo‘lsa ham, labining bir cheti tirjayib istehzoli jilmayganday bo‘ldi. U otasining mut’a nikohi bilan uylangan xotinlari ko‘pligini eslatib, «o‘zingiz ham o‘rgatmoqdasiz!» demoqchi edi. Akbarning haramida Salima begim, rani Jodha Bay kabi o‘g‘il tuqqan xotinlaridan tashqari Istambuli begim degan yigirma yoshli husnda tengsiz turk juvoni ham bor. Yana u farangistonlik Mariya degan sutga chayilganday oppoq bir go‘zalni ham nikohiga olganini Salim yaqinda Alibekdan eshitdi. Otasi qirqdan oshgandan buyon shu ikki yosh xotin unga qanchalik suyukli bo‘lib qolganini Alibek butun tafsilotlari bilan aytib berdi. Axir Salimning onasi Jodha Bay ham endi o‘ttiz beshga kirgan ko‘hlik juvon-ku. Onasi haftalar davomida Akbarning yo‘liga ko‘z tikib, kundoshlik alamidan yum-yum yig‘lagan paytlarida, otasi boshqa suyukli xotinining haramida ko‘ngilxushlik qilishini Salim bilmaydimi? Akbar o‘g‘lining tirjayishidan shu ma’noni payqadi-yu, achchiqlanish o‘rniga o‘ng‘aysizlandi. Chunki u o‘z hayotining o‘g‘illariga ibrat bo‘lolmaydigan eng chigal qismi haramda kechishini bilardi. Nafis va jo‘shqin ehtiroslar daryosida chappar urib suzganlari, Jodha Bay qasrida satranj o‘ynaganlari, Salima begim ko‘shkidagi she’rxonliklar, boshqa xotinlari uchun qurdirgan orasta uylarda bo‘ladigan o‘yin-kulgi, ashula, raqs, xursandchiliklar — hammasi uning og‘ir janglarda va hokimiyat talotumlarida tortgan azoblari evaziga taqdir tomonidan yuborilgan mukofot, xolosmi? Yo‘q, ko‘ngilxushliklar o‘tgandan keyin boshlanadigan dilsiyohliklar Akbarga bu mukofotning ichi to‘la jazo ekanini ko‘rsatib turadi. Sevib uylangan jufti haloli Jodha Bayning muhabbatiga yarasha vafo kutib termulgan yoshli ko‘zlarini ko‘rganda Akbar o‘zidan o‘zi nafratlanadi. Boshqa xotinlari ham mudom uning diydoriga zor. Shohona uy- Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 311 joylar-u zeb-u ziynatlar ham ularning ko‘zlariga ko‘rinmaydi. Gulday umrlari har zamonda bir kelib ketadigan erning dastidan xazon bo‘layotgani, ayniqsa, farzand ko‘rmay o‘tayotgan yosh xotinlari uchun dahshatli fojia ekanini Akbar ularning dil yorib yig‘lab gapirgan paytlarida bilib qoladi, ruhiy qiynoqlarga chiday olmay, hatto saroydan bosh olib ketgisi keladi. Bultur yarim tunda otasi haramdan ruhan ezilib chiqib, yolg‘iz o‘zi Panjob tomonga yo‘l olganini o‘g‘li Salim ham eshitgan. Ikkita qo‘riqchi yigiti unga yaqinlashishga jur’at etolmay, ketidan ergashadilar. Qo‘rchibegi, «bunday paytda Akbarga so‘zi o‘tadigan yagona odam — roja Birbal» deb, uni uyg‘otdi. Ikkovlari qorong‘i tunda hamon piyoda ketayotgan Akbarga yaqin borib, otdan tushdilar. Birbal qo‘rqa-pisa yoniga borganda, Akbar uni ham jerkib tashladi: — Meni o‘z holimga qo‘ying! Keting! — Hazrati shahanshoh, axir qorong‘i tunda qayga bormoqchisiz? — Meni taxtga chiqargan joylariga borgaymen. Podshohligini qaytarib berib, bu gunohlardan soqit bo‘lmoqchimen. Keting! Ergashmang! «Xushi joyida emas, Istambuli begim huzurida ko‘proq ichib qo‘yganmi?» deb o‘yladi Birbal. So‘ng tong otguncha Akbar bilan qorama-qora boraverdi. Atrof yorishib ketgandan so‘ng yo‘lda uchragan odamlar uni taniy boshladi. Kun yoyilganda Akbarning atrofida odam ko‘payib ketdi. Akbar Panjobgacha piyoda yetolmasligini endi fahmlaganday bo‘ldi-yu, ot keltirishni buyurdi. Birbal ham otlanib, o‘ttiz milcha yo‘lni birga bosib o‘tdi. U yoqdan bu yoqdan gapirib, har xil hikoyat, rivoyat va latifalar aytib berdi-da, axiri Akbarni jilmayishga majbur qildi. Hovuri sal bosilgandan keyin, Birbal uni saroyga qaytishga ko‘ndirdi. Bu yil bahorda Akbar yana haramdagi ruhiy qiynoqlardan bezib, saroydan sahar palla yolg‘iz chiqdi-da, Sekrining janubidagi o‘rmonlarga kirib ketdi. Ikki kungacha tuz totmadi, hech kimni yaqiniga yo‘latmadi. Bu gal hatto onasi Hamida begim bilan ham gaplashgisi kelmadi. Uning haramga oid nozik va chigal sirlarini faqat roja Birbal bilar edi. Yana shu do‘sti Akbarning oldiga borib, quvsa ham ketmay, axiyri uni dil yorib so‘zlashga majbur qildi: — Farangi xotinim Mariya yig‘lab aytdiki, «hatto qullarni ozod qilibsiz, qul emas, chela deb atashni buyuribsiz, lekin haramda sizni suyadigan xotinlaringizni nechun bunchalik qattiq tutmoqdasiz?» Shunday deb eshikni menga ko‘rsatdi: «Buni faqat tashqaridan qulflaydilar, qulf ichkaridan ochilmaydigan qilib o‘rnatilmishdir!» Ya’ni haramdagi ayol ostona hatlab tashqariga chiqmasin, uning har bir qadami nazorat ostida bo‘lsin, deb shunday qilinmishdir! — Bunday haram tutish rusumini siz o‘ylab chiqaribsizmi, hazratim? Necha asrlardan beri davom etib kelayotgan shohlik udumi shunday bo‘lsa nachora? — Lekin shu shafqatsiz udumni yo‘qotib bo‘lmagaymi? Bechora Mariya... boshqacha hayotga o‘rgangan... Yoki unga javob beraymi? — O‘zi shuni istaydirmi? — Yo‘q, u menga dil bergan. Istaydiki, men ham faqat bitta uni deyin. Rahmatli Salim ota ham, sherga o‘xshab, bitta tanlagan juftim bilan yashashni maslahat bergan edilar. Ne qilay? Boshqa xotinlarni taloq qilib haramdan chiqarsam... Roja Birbal qo‘rqib ketdi: — Bu hech mumkin emas! O‘g‘illaringizning onalarini taloq qilib, haramdan chiqarish... Yo‘q, yo‘q! Aytishga til bormaydir! Akbarning o‘zi ham buning mumkin emasligini sezib turibdi. Boshi berk ko‘cha, yechib bo‘lmaydigan tugun! Birbal ikkovlari o‘rmonda gulxan yoqib kechasi bilan gaplashib chiqishdi. Ko‘pni ko‘rgan Birbal o‘zi bilgan har xil g‘aroyib voqealardan, o‘qigan turli Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 312 kitoblaridan misol keltirdi: — Inson hayotida yechib bo‘lmaydigan tugunlar hamisha bo‘lgan, ular har bir kishining dilida bor, — deb Akbarni ishontirdi... Rang-ro‘yi o‘chgan, o‘rmonda ozib ketgan otasi g‘alati bir ahvolda Birbal bilan birga saroyga qaytganini Salim ham ko‘rgan edi. Akbar bu voqealarning sababini o‘g‘lidan sir tutardi. Hozir ham u Salimga pardali qilib gapirdi: — Men ko‘rgan ruhiy qiynoqlarni ilohim sen ko‘rmagin, o‘g‘lim! Shu niyatda senga Salim otaday insofli pok bir odamning nomini qo‘yganmen. Salim hamon boshini egib jim turibdi. Ammo endi labining ikkinchi cheti ko‘tarilib, yana kinoyali jilmaydi. U Salim otaning o‘ttiz yoshda suyaklari urib sindirilgan nogiron odamga aylanib, hassaga suyanib qolganini mavlono Fariddan eshitgan. Buning nimasiga havas qilib bo‘ladi? Salim yigitlik kuchining bepoyonligi jihatdan otasiga o‘xshashni, balki undan ham o‘zishni istaydi. Akbar o‘g‘lining avzoyidan so‘nggi gapi bekor ketganini sezdi-yu, ota-bobolarining tajribasini guvohlikka chaqirdi: — Axir sen ham o‘zingday yaxshi o‘g‘il ko‘rmog‘ing uchun yoshing yetilmog‘i kerak! Mana, qara: sen tug‘ilganda men yigirma yetti yoshda edim. Bobur bobomiz tug‘ilganda otalari Umarshayx mirzo ham yigirma yetti yoshda ekanlar. Men tug‘ilganda hazrat otam o‘ttiz uch yoshda bo‘lganlar. Salim endi boshini ko‘tarib, otasiga ma’yus bir nazar tashladi. Nahotki otasi uni yigirma- o‘ttiz yoshlargacha bo‘ydoq yurgin demoqchi? — Hech bo‘lmasa, o‘n oltidan oshgin, — dedi Akbar. — Nazarimda, hozirgi muallimlaring seni to‘g‘ri yo‘lga sololmayotganga o‘xshaydir. Endi Abulfazlni senga bosh tarbiyachi qilib tayin etgaymen. Salimga Agrada alohida qasr qurib berilgan. Shahzodalik udumiga binoan yuzlab odam uning itoatida edi. Abulfazl shahzoda Salim ixtiyoridagi qasrga borib, unga tarixdan, falsafadan dars berib yurgan kezlarda Akbar o‘zining yangi maslagini e’lon qildi. Abulfazl birinchilardan bo‘lib uni qabul qildi-yu, Salimni ham otasining yo‘liga yurgizishga intildi. Salim yana kinoyali kulimsiradi: — Biroq men hali yoshmen, yangi maslakni balog‘atga yetganlar qabul qilsin. — Ob-bo, hazratim uylanishga shoshilma deganlaridan haligacha xafa bo‘lib yuribsizmi, a? Ammo hushyor bo‘ling. Tojdor ota bilan voris o‘g‘li orasida kichkina bir joy darz ketsa shunga darhol pona qoqib, yoriqni jarga aylantiruvchilar bor! — O‘shalar kimlar? — o‘smoqchilab so‘radi Salim.— Todar Malmi? Tog‘alarim Man Sinx bilan Bhagvan Dasmi? — Xudo saqlasin! — xitob qildi Abulfazl. — Axir ular ham dini ilohiyni qabul qilmabdirlar-ku?! — Amirzodam, yangi maslakni qabul qilish ixtiyoriy. Agar majburiy bo‘lganda tog‘alaringiz qabul qilardi. Ammo hazratimning yangi e’tiqodlarini «bhaqti» tarafdori bo‘lgan ming-ming dehqon-u kosiblar, navkar-u zahmatkashlar ixtiyoriy qabul qilmoqdalar. Bu borada turli shahar-u qishloqlardan kelgan axborotlarni sizga ham ko‘rsatmog‘im mumkin. Abduqodir Badavniyni bilsangiz kerak. Badqovoq imomlardan bo‘lgan shu odam ham «mamlakatning avom xalqidan yarmisi yangi maslakka o‘tishi mumkin»* deb qo‘rqib yuribdir. — Mavlono, menga avomlarni ibrat qilib ko‘rsatmang. Undan ko‘ra tasvirxonaga boshlab boring. Salimda musavvirlikka qiziqish borligini sezgan Abulfazl uni tasvirxonaga boshlab keldi. Bu yerda Xo‘ja Abdusamad, Basavan, Kesu Gujarati, Farruhbek Qalmoqi, Jagan Nath Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 313 degan turli ellarga mansub rassomlar «Boburnoma» voqealari asosida xilma-xil rasmlar chizmoqda edilar. Akbarning buyrug‘i bilan musavvirlar Alisher Navoiyning «Xamsa»sini ham chiroyli suratlar bilan bezagan edilar. Yangidan ko‘chirilgan «Xamsa» sahifalaridan birida Farhod o‘z suyukli yori Shirinni oti bilan birga ko‘tarib daryodan o‘tkazib qo‘ygani ko‘rsatilgan edi. Akbarning ko‘rsatmasi bilan ishlangan yana bir suratda Navoiyning o‘z «Xamsa»sini tugatib, Husayn Boyqaroga keltirib berayotgan payti ifoda etilgan edi. Ulug‘ xamsanavis shoirlardan Nizomiy va Xisrav Dehlaviylar tepadan ularga zavq bilan qarab turganlari ham suratda ta’kidlab ko‘rsatilgan edi. Salim «Mahabxorat» va «Ramayana»ga ishlanayotgan afsonaviy suratlarni ham qiziqib tomosha qilgandan keyin Xo‘ja Abdusamad unga otasining suratlarini ko‘rsatdi. Qalam bilan chizilgan xomaki bir suratda Akbarning ko‘zlari yarim yumuq, qattiq o‘yga tolgan payti xuddi hayotdagidek aniq ko‘rsatilgan edi. Yana bir suratda Akbar Farangistondan kelgan qora kiyimli ruhoniylarni qabul qilgan payti. Gilam ustida Sinay tog‘idan keltirilgan muqaddas toshlar yotgani nafis bo‘yoqlar bilan tasvir etilgan edi. Shahzoda Salim musavvirlarning ishiga astoydil qiziqayotganini payqagan Abulfazl uning tasvirxona orqali otasiga ruhan yaqinlashtirib, maslakdosh qilish fikriga bordi. — Amirzodam, agar istasangiz, san’atkorlar sizning ham suratingizni chizmoqlari mumkin, — dedi. — Ittifoqo, qiyofalari ham hazrat otalariga o‘xshash, — dedi Xo‘ja Abdusamad. Biroq Salim o‘z suratining otasinikidan butunlay boshqacha tarzda chizilishini istar edi. Akbarning suratlari unga hayotda bor narsalardan nusxa ko‘chirilganday jo‘n ko‘rinardi. Salim esa afsonaviy ko‘tarinkilikni yaxshi ko‘rardi. U «Mahabxorat»ning afsonaviy voqealarini tasvir etgan rassomlarga o‘zining shu haqdagi istagini aytdi: — Tushimda Xo‘jai Xizrga o‘xshagan nuroniy bir mo‘ysafid menga kitob bergan edilar. O‘sha paytda baland bir joyda o‘ltirgan ekanmen. Pastimda qanotli odamchalar uchib yurganini ko‘rdim. Farishtalar bo‘lsa kerak. Ana shu hodisani tasvir etish mumkinmi? Musavvirlardan biri shahzodaning bu istagini darhol bajo keltirishga kirishdi. Yana bir rassom Salimning onasi rajputlardan ekanini, uning tog‘a avlodlarida Sinx, ya’ni sher degan nomlar ko‘pligini nazarda tutib, shahzodani kulcha bo‘lib yotgan yuvosh bir sherning ustida tikka turgan holda yovlariga kamondan o‘q otayotgan afsonaviy botir jangchi qiyofasida tasvirladi. Salimga bu suratlar behad yoqqani uchun ularni chizgan rassomlarga katta in’omlar berdi. Abulfazl esa shahzodaning tashqi qiyofasi otasiga o‘xshasa ham, siyrati boshqacha ekanini bu suratlar orqali sezib lol bo‘lib qoldi. Akbar o‘zi haqidagi suratlarning mumkin qadar haqqoniy bo‘lishini istaydi. U ota- bobolarining suratlarini chizdirganda ham, birortasiga Xo‘jai Xizr yoki farishtalarni qo‘shdirgan emas. Holbuki, «Akbarning jilovida Xizr yurgay», deb ishonadiganlar ko‘p. Biroq o‘zini nazarkarda qilib tasvirlatish Akbar uchun o‘ta nokamtarlik bo‘lib tuyuladi. Salim esa halitdan o‘zini Xizr nazar qilgan farishtalar yorlaqagan, sher yelkasiga mindirgan afsonaviy botir qilib tavirlatsa, keyin nima bo‘ladi? Abdulfazl o‘zining mana shu andishasini Akbarga borib aytdi. — Mashaqqat chekmay o‘sgan bola o‘zini bosib olishi qiyin bo‘lar ekan-da! — deb, Akbar uh tortdi: — Qattiq gapiray desang, dili nozik, darrov ko‘ngli qolgay. Biz shu yoshda qancha azoblarni boshdan kechirgan edik. Bularning zamonasi boshqa. Otasining davlati soyasida faqat rohat-farog‘atda yashashni o‘ylaydir. Nachora? Biz yoshlikda ko‘rmagan rohatlar ham o‘g‘illarimizga nasib qilgan ekan-da. Salimning tomirida rajput qoni ham bor, juda tez ulg‘aymoqda, uylanishga shoshilayotgani ham shundan bo‘lsa kerak. Qaynog‘amiz Bhagvan Dasning chiroyli qizi bor. Ismi Man Bay. Salimning shunga ishqi tushgan emish. Hozircha unashtirib qo‘yaylik. o‘n oltiga to‘lganda nikohlab bergaymiz. Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 314 — Balki uylansalar quyulib ham qolarlar, — deb umid qildi Abulfazl. Lekin Salim uylanib ham bosilmadi, o‘n olti yoshida xotin olib, o‘n yettiga to‘lmasdan o‘g‘il ko‘rdi-da, otasiga: «Hozirgi yoshlar sizlardan tezroq balog‘atga yetishini bilib qo‘ying!» deganday g‘olibona kulimsirab qaradi. O‘n besh yoshli Man Bay baquvvat, sog‘lom bola tuqqanini ko‘rib Akbarning o‘zi ham hayron edi. Bolaga Xisrav deb ot qo‘ydilar. Man Bayning o‘zini Akbar Shoh begim deb ulug‘lay boshladi. Salim esa o‘n sakkiz yoshida Zayniddin ko‘kaning qiz jiyaniga oshiq bo‘lib qoldi. Hamida begim oraga tushib, «nevaram endi musulmon oilasiga ham kuyov bo‘lsin», dedi. Shu sabablarga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshli Salimga ikkinchi qizni ham olib berdilar. Oradan bir yil o‘tmay bu kelin ham o‘g‘il tug‘di-yu, otini Parvez qo‘ydilar. Akbar Abulfazlni chaqirib: — Shahzodaga endi biron viloyatni beraylik, — dedi va kuldi: — Boshqa ishi bo‘lmagandan keyin butun kuchini haramga berib yana uylangisi kelib qolmasin. — Rost, «Xotira yozgaymen», deb uni ham qilmadilar. Menga biron sahifa yozuv ko‘rsatgan emaslar. Akbar Salimni poytaxtga yaqin bo‘lgan Ajmirga hokim qilib jo‘natdi. Oradan ikki yil o‘tmay, Ajmirda u yana bir afsonaviy go‘zalga oshiq bo‘lib qoldi. Rani Balmati ismli bu qiz Bobur bilan jang qilgan mashhur rajput sarkardasi Rana Sangram Sinxning chevara avlodlaridan edi. Qizning bobosi Uday Sinx avvalgi adovatlarni unutib, Gujarat yurishida Akbarga ittifoqdosh bo‘lgan edi. Lekin shu xonadondan chiqqan Pratap Sinx nomli boshqa bir botir yigit haligacha Akbarni tan olmay, tog‘lik o‘rmonlarda uning askarlariga qarshi jang qilib yurar edi. Endi Akbar o‘g‘lini Uday Sinxning chevarasi va Pratap Sinxning qarindoshiga uylantirsa, butun mamlakat taniydigan mashhur oilani o‘ziga el qilishi mumkinligini o‘yladi va Salimga Rani Balmatini ham olib berdi. Oradan bir yil o‘tgach, bu uchinchi kelin Akbarning avvalgi nevaralaridan ham miqtiroq va ko‘hlikroq o‘g‘il tug‘di. Bu o‘g‘ilga Xurram deb ot qo‘ydilar. Akbarning nevaralari ko‘payib, yoshi ellikka yaqinlashgan sari ko‘z taglari salqigan, durustgina qorin ham qo‘ygan, yuzlarida ajinlar ko‘paygan, mo‘yloviga oq tolalar oralagan bobo qiyofasiga kirib borardi. Unga shafqatsiz bo‘lgan vaqt endi butun marhamatini Salimga ko‘rsatmoqda edi. Yigirma ikki yoshida uch o‘g‘ilning otasi bo‘lgan shahzodaning ko‘ngli o‘sib, yigitlik jozibasi yil sayin barq urib ochilib borar, u har qanday qizni o‘ziga mahliyo qila oladigan zabardast ko‘hlik yigit ekanini o‘zi ham sezib mag‘rurlanardi. Salimning xos navkari Alibek Pereyro ham bu orada agralik bir hind qiziga uylanib, undan farzand ko‘rdi. Alibekning umrbod Hindiston fuqarosi bo‘lib qolganiga endi shayx Farid ham ishondi. Avvallari, «bu farangi shahzodani dindan chiqarmasin tag‘in!» deb xavotirda yurgan shayx Farid bora-bora Alibek bilan til topishib, inoqlashib ketdi. Chunki Alibek ham shayx Faridga o‘xshab, Abulfazlni yomon ko‘rar va Akbarning o‘rniga tezroq shahzoda Salimni taxtga chiqarish orzusida yurar edi. Aslida-ku, Albert Pereyro Akbar bilan Salim orasida nifoq chiqarish to‘g‘risida Goadan maxfiy topshiriq olgan. Shu maqsadda Alibek shahzoda Salimning otasiga yoqmaydigan xotinbozliklariga iloji boricha ko‘proq yordam berardi. Salim Alibekni o‘rtaga qo‘yib, Mehriniso nomli go‘zal bir eronlik qiz bilan tanishdi. Bu qizga oshiqi beqaror bo‘lib, avvalgi yosh xotinlariga qaramay qo‘ydi. Erining intihosiz bevafoliklari Akbarning suyukli kelini Shoh begimning o‘limiga sabab bo‘ldi. Endi yigirma yoshga kirgan bu ko‘hlik juvon afyunni ko‘p ichib, o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Ostonaga bosh qo‘yganicha abadiy uyquga ketgan yosh juvonning tepasida olti yashar o‘g‘ilchasi Xisrav yig‘lab turar, hali o‘lim nimaligini bilmaydigan bechora bola nuqul onasini uyg‘otmoqchi bo‘lardi. Akbar buni ko‘rib larzaga keldi. Salimga nafrat va g‘azab Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 315 bilan qichqirib: — Sen shu fojianing sababchisisen! — dedi. — Malakday juvonning uvoli sening bo‘yningda! Tog‘alaringning oldida bizning ham yuzimiz shuvit! Bu og‘ir gunohni faqat fidoyilik bilan yuvmog‘ing mumkin. Shaybonizodalar Badaxshonga bostirib kirmishlar. Haybar dovonida yusufzaylar bizga qarshi isyon ko‘tarmishlar. Endi o‘shalarning ustiga qo‘shin tortgaysen! Janglarda o‘lim bilan olishib poklangaysen! Bor, yo‘l tayyorligini ko‘r! Salim e’tirozga og‘iz ocholmay ta’zim qilganicha chiqib ketdi. Ammo uning yusufzaylar bilan ham, shayboniyzodalar bilan jang qilishga xohishi yo‘q edi. Shayx Farid bilan Alibek ham: — Zinhor Haybar dovoniga bormang! — deb shivirladi. — Roja Birbalning o‘limi ozmi, sizni ham otangiz shunday xatarli joyga yubormoqchi? Roja Birbal Qorakar dovonida halok bo‘lgan, ravshaniylar tog‘-u toshlar orasidan tinimsiz hamlalar qilib, Akbar qo‘shiniga katta talafot yetkazgan edilar. Qorli tog‘lar orasida sarkardasiz qolgan qo‘shin orqaga chekinishga majbur bo‘lgan edi. Buni yaxshi biladigan Salim Haybar dovoniga jo‘nash haqidagi buyruqni bajarmay Agradagi qal’asiga qaytib bordi-da, o‘zini kasalga solib yotib oldi. Undan xabar olishga yuborilgan Abulfazl Salimning Jamna bo‘yidagi Hasht Bihisht bog‘ida yana o‘sha Mehriniso bilan uchrashib, visol zavqini surib yurganini bilib keldi. Akbar endi g‘azabini bosolmadi. Mehrinisoning otasi e’timodxon Akbar qo‘shinida mingboshi edi. Akbar uni chaqirtirdi-da: — Qizingizni kimga uzataylik? — deb so‘radi. — Salimdan boshqa kimni kuyovlikka munosib ko‘rursiz? e’timodxon podshoning avzoyi yomonligini sezib, uning ra’yiga qaradi: — Qizimizga Aliquli Istojli degan ozarbayjon yigitning ko‘ngli bor, — dedi. — Sherni yiqitgani uchun Aliquli Sherafkan degan laqab olgan. O‘zi menda yuzboshi. Akbarning buyrug‘i bilan Mehrinisoni ertasi kuniyoq o‘sha Sherafkanga nikohlab berdilar. Akbar bu yigitni Bixardan nari Bangoladagi viloyat hokimi Qutbiddinning ixtiyoriga mingboshi qilib jo‘natdi, Mehriniso ham bir kechada eri bilan Bangolaga ketib g‘oyib bo‘ldi. Agradan Bangolagacha otda bir oylik yo‘l. Salim Mehrinisodan butunlay ayrildi. Akbar uni Agradan o‘z huzuriga chaqirib oldi-da, past tovush bilan: — Nechun buyruqni bajarmadingiz, amirzoda? — deb sizlab gapirdi. Ammo uning muloyim qilib «siz»lashidan qo‘rqqulik edi. Salimning ovozi titrab: — Bemormen... — dedi. — Shu ahvolda jangga borsam... ko‘nglim sezib turibdir... men ham roja Birbaldek halok bo‘lgaymen!.. Akbar ko‘ngil sirlarini aytib dardlashadigan suyukli musohibi roja Birbalni yusufzaylarga qarshi jangga yuborganidan ming-ming pushaymon edi. Qorakar dovonida isyonchilar bilan jangga kirib qaytib chiqmagan Birbal benom-u nishon yo‘qolgan edi. Qishda Qorakar va Haybar dovonlari bekilib qoldi. Yozda dovonlar ochilgandan keyin Akbar yuborgan olti ming kishilik qo‘shin shayx Jaloliddinni G‘azni tomonlarga qochishga majbur qildi. Akbar afg‘on qabilalarining talabiga binoan Man Sinxni Kobuldan chaqirib olib, o‘zining ko‘kaldoshi, asli afg‘onistonlik tojik Zayniddin ko‘kani Kobulga hokim qilib tayinladi. Yusufzaylar u bilan tez til topishdilar va murosa yo‘liga o‘tdilar. Shundan so‘ng dovonlar ochilib, karvonlar qatnovi tiklandi. Faqat roja Birbalni ikki oy izlab, hech joydan jasadini ham topolmadilar. Bu mash’um hodisadan Akbar uzoq vaqt musibat chekib yurdi. O‘g‘lining so‘nggi gapi undagi o‘sha musibat tuyg‘usini uyg‘otdi-yu, qahrini sal bosdi. — Bemor emish!.. — deb Akbar yumshagan tovush bilan kinoya qildi: — Hasht Bihisht bog‘ida yangi ma’shuqa bilan kayf-u safo qilib yurganingizni biz bilmaymizmi? Sizdagi bemorlik — shahvatparastlikdir! Men ham farishta emasmen, ko‘p xotin olib og‘ir Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling