Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 131.5 Kb.
|
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qoʻllanilgan tadqiqot usullarining asosliligi, qoʻyilgan muammoning aniqligi, ilmiy-nazariy tahlillarning dalillanganligi, terminlar maʼnolari aniq manbalarga tayanib izohlanganligi, chiqarilgan ilmiy xulosalarning tavsifiy, semantik-struktur, qiyosiy, stasistik tahlillar bilan asoslangani, terminlarni tahlil qilishda aniq amaliy manbalardan foydalanilgani, tadqiqot natijalari, xulosa, taklif va tavsiyalarining amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, pedagogik tushuncha va terminlarning shakllanish tarixi, pedagogik terminlarning leksik-semantik maydoni hamda leksik-semantik guruhlari aniqlanganligi, pedagogik terminlarni oʻzbekchalashtirish hamda murakkab terminlarni ixchamlashtirish va standartlashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati olingan natijalardan, terminlarga berilgan izohlardan, konkretlashtirilgan pedagogik tushunchalardan taʼlimning turli boʻgʻinlarida foydalanish mumkinligi, pedagogika boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy taʼlimning barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari tayyorlashda, shuningdek, “Oʻzbek tili taʼlim tizimida pedagogik terminlarning boyish manbalari”, “Oʻzbek tili pedagogik terminologiyasining oʻrganish muammolari”, “Oʻzbek tili terminologiyasi” kabi maxsus kurslarni tashkil qilishda tadqiqot natijalari foydali material boʻlib xizmat qilishi mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oʻzbek tilidagi pedagogik terminlarining lisoniy xususiyatlarini oʻrganish asosida: oʻzbek tilidagi pedagogik terminologiya maydoni uni tashkil etuvchi mikromaydonlarga, mikromaydonlar leksik-semantik guruhlarga boʻlinishi xususidagi xulosalar hamda terminlarga berilgan izohlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan nashrga tayorlangan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da foydalanilgan (OʻzR FAning 2021-yil 10-iyundagi 3/1255-1704-son maʼlumotnomasi). Natijada lugʻat yangi terminlar bilan boyitilgan, mavjud terminlarning leksikografik izohlari mukammallashtirilgan, maʼno ottenkalari konkretlashtirilgan; oʻzbek tili materiallarida pedagogik termin-eponimlarning ikki, uch va undan ortiq komponentli birikmalardan iborat boʻlishi, ikki komponentli termin-eponimlar semantik-sintaktik tuzilishi va maʼno xususiyatlariga koʻra taniqli olim, pedagog, yozuvchi, kashfiyotchi, davlat arboblarining ismi, familiyasiga turli fan maktabi, taʼlim muassasi, diniy maktablarga atab qoʻyilishi bilan bogʻliq xulosalardan OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan “Oʻzbek tilining mustaqillik davri taraqqiyoti” fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (OʻzR FAning 2021-yil 10-iyundagi 3/1255-1704-son maʼlumotnomasi). Natijada loyihaning alohida yoʻnalishi boʻlgan ilmiy uslub qismi yangi qarashlar bilan boyigan. oʻzbek tilidagi “pedagogik” terminologiya maydonida leksik-semantik munosabatning assotsiativ, giponimik, sinonimik, antonimik, omonimik kabi turlari namoyon boʻlishi, ammo assotsiatsiya tildagi eng fundamental munosabat sifatida alohida oʻrin tutishi xususidagi ilmiy xulosalardan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining “Madaniyat va maʼrifat” telekanalida efirga uzatilgan “Til ziynati”, “Zamonaviy taʼlim” koʻrsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining 2021-yil 16-iyundagi 01-15/119-son maʼlumotnomasi). Natijada koʻrsatuvlarning ssenariylar mazmunan boyitilgan, ularning ilmiy asoslanganligi hamda ommabopligi taʼminlangan. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling