Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование
Uch komponentli birikmali terminlar modellari
Download 131.5 Kb.
|
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻp komponentli terminlar modellari
- “Xorijiy tillardan oʻzlashgan pedagogik terminlarning lingvistik tahlili”
- “Oʻzbek tili pedagogik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari”
- “xab”ga
Uch komponentli birikmali terminlar modellari
3-jadval Koʻp komponentli terminlar modellari
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, pedagogik terminlarning tarkibli hosil boʻlishida soʻz turkumlarining ishtirokiga koʻra sifat va ot soʻz turkumlarining ishtiroki faoldir. Ayniqsa, sifat soʻz turkumining ishtiroki boshqa soʻz turkumlariga nisbatan ancha faol boʻlib aniqlovchi+ aniqlanmish vazifasida kelishi kuzatiladi. Hozirgi oʻbek tilida boshqa soha terminlari singari pedagogik terminlar ham leksik, sintaktik, frazeologik kalkalash yoʻllari bilan hosil boʻlishi tadqiqotlardan maʼlum. Kalkalash usulida soʻz assotsiativ maʼnosining tarkibiy qolipi oʻzlashtiriladi. Kalkalashda oʻzlashtirilayotgan soʻz yoki soʻz birikmasining tarkibiy qisimlari alohida tarjima qilinadi va birlashtiriladi.13 Biz bu oʻrinda dissertatsiyada sintaktik kalkalashga toxʻtalib oʻtganmiz. Bobning toʻrtinchi paragrafida “Xorijiy tillardan oʻzlashgan pedagogik terminlarning lingvistik tahlili” amalga oshirilgan. Pedagogik terminlarning xorijiy tillardan oʻzlashib, milliy pedagogikada ham faollashib borayotgani, bu terminlar orqali taʼlim va tarbiyani jahon andozalariga bogʻlab olib borilayotgani milliy pedagogikamizning yutugʻi hisoblanadi. Zamonaviy taʼlim sistemasida tilga boʻlgan qiziqish, til madaniyatiga ongli munosabatta boʻlish, kommunikativ meʼyor doirasida harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻlishni belgilaydi, shuningdek, yaratilgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni taʼlim tizimiga nazariy va amaliy jihatdan tatbiq etish imkonini beradi. Milliy taʼlim tizimida xorijiy terminlardan foydalanish pedagoglardan xorijiy terminlarning maʼnolarini chuqur bilishni taqozo etadi. Bu oʻrinda zukko tilshunos N.Mahmudovning xorijiy tilshunos olimlarning olgan ilmiy natijalari asosidagi fikrlari va oʻzining ilmiy qarashlari mazkur masalaga oydinlik kiritishda eʼtiborli hisoblanadi. U rus tilshunosi B.A.Serebrennikov qarashlariga eʼtibor qaratadi va shunday yozadi: “Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ingliz tilidagi tilshunoslik terminologiyasida koʻpincha mazkur ikki tipdagi oʻzlashtirish farqli terminlar bilan nomlanadi, yaʼni: tushuncha va uni ifodalaydigan soʻzni birgalikda oʻzlashtirish – “borrowing”, mavjud boʻlgan “oʻz” tushunchani ifodalash uchun boshqa tildan soʻz oʻzlashtirish – “loaning”.14 Anglashilib turganiday, birinchi tipning real va pirovard maqsadi yangi tushunchani oʻzlashtirishdan iborat boʻlsa, ikkinchi tipning real va pirovard maqsadi faqat xorijiy soʻznigina oʻzlashtirishdan iborat. Buning ustiga, birinchi tip soʻz oʻzlashtirish obyektiv asoslarga egaligini, ikkinchi tip esa koʻproq muayyan subyektiv sabablar bilan bogʻliq ekanligini sezmaslik mumkin emas”.15 Olimning kuzatishicha, mustaqillik davrida oʻzbek tili leksikasi va terminologiyasida soʻz oʻzlashtirishning birinchi tipi benihoya keng tarqalgan. Ular ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy, iqtisodiy, ilgʻor texnika va texnologiyalarga oid quyidagi kabi soʻz va terminlar aynan xorijiy soʻz oʻzlashtirishning birinchi tipiga oiddir: brifing, broker, barter, lizing, biznes, birja, grant, dividend, defitsit, profitsit, investitsiya, investor, marketing, internet, onlayn, kompyuter, printer, server, fayl, sayt, veb-sayt, vinchester, reyting, fleshka, imij, litsey, kollej, gimnaziya, bakalavr, magistr, test, grant, multimedia, modernizatsiya, diversifikatsiya, diagnostika va h.k. Bunday xorijiy oʻzlashmalar nafaqat tegishli sohalar doriasida, balki, umuman, keng omma nutqida ham bemalol va erkin qoʻllanmoqda.16 Albatta, N.Mahmudovning fikrlariga qoʻshilgan holda xorijiy oʻzlashmalar umuman keng jamoatchilik orasida tushunarli va aniq maʼlumotga egaligini taʼkidlagan holda masalaning boshqa tomoniga ham eʼtibor qaratamiz. Oʻzlashgan terminlarning keng jamoatchilik orasida maʼlum boʻlganlarigina ular uchun tushunarli boʻlishi, ularning kuzatuvi va muloqoti jarayonidagi hodisa sifatida qaraladi. Biroq ularning muloqoti jarayonida faol boʻlmaganlari faqat mutaxassislarning kasbiy faoliyatida qoʻllanishining guvohi boʻlamiz. Chunki termin har qanday sohaning oʻziga xos boʻlgan kasbiy tushunchasini ifodalaydi. Masalan, keyst stadi, inklyuziv taʼlim, pegagogik menejment, pedagogik sistemologiya, pedagogik konstruktologiya, pedagogik konseptologiya, pedagogik faktologiya, elektron jurnal, tyutor va hokazolar. Dissertatsiyada tilimizda mavjud va xorijiy tillardan oʻzlashgan terminlarning taʼlim sohasidagi maʼnolari soʻzning semantik maydoni orqali ochib beriladi. Dissertatsiyaning “Oʻzbek tili pedagogik terminlarining leksik-semantik xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobining birinchi paragrafi “Pedagogik terminlarning mazmuniy maydon tamoyiliga asosan assotsiatlari”ni aniqlashga qaratilgan. Maʼlumki, keyingi davrlarda pedagogik terminlar lugʻat tarkibi kengayib, zamonaviy internet tarmoqlari bilan boyib, internet taʼlim tizimi yuzaga keldi va unda: “oʻqituvchining maʼlumotga ehtiyoji“, “oʻquvchining maʼlumotga ehtiyoji”, “pedagogik maʼlumotlar banki”, “masofaviy oʻqish”, “telealoqa konferensiyasi”, “electron jurnal”, “portfolio”, “platforma”, “ZOOM”, ‘Hemis”, “kredit modul tizimi”, “elektron kitob”, “onlayn dars” singari taʼlim bilan bogʻliq terminlar isteʼmolga kirdi. Kishilarning lisoniy xotirasida internet taʼlim tizimi tushunchasi bilan bogʻliq yuqoridagi keltirilgan terminlar gavdalandi. Demak, inson ilmiy tafakkuri doirasida internet taʼlimi tizimi bilan bogʻliq boʻlgan assotsiativ munosabat oʻz ifodasini topdi. Biz dissertatsiyamizda taʼlimga oid yaqin davr ichida paydo bo‘lgan birliklarni quyidagi leksik-semantik guruhlarga ajratdik: 1. Taʼlim muassasalari, markazlarning nomlari: “... xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish”; “Ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shugʻullanuvchi “spin-off” va Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling