Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование
Download 131.5 Kb.
|
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron universitet ” platformasiga
- “Taʼlim tizimidagi eponim-terminlarning leksik- semantik xususiyatlari”
- “Pedagogik eponim-terminlarning mazmuniy guruhlanishi”
- “Badiiy matnlarda pedagogik terminlarning lingvopoetik va lingvokulturologik tahlili”
- “Poetik nutqda taʼlim tizimiga oid terminlarning lingvopoetik tahlili”
“spin-out” korxonalarini tashkil etish...” 17;
2. Taʼlim sohasidagi darajalar va kasblarning nomlari: “... nafari fan doktori (DSc), 7506 nafari fan nomzodi (PhD)... ”; “Doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish”18; 3. Taʼlim jarayonlari va texnologiyalarning nomlari: ““Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich oʻtish, taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish”19; 4. Masofaviy taʼlim: “... vebinar, onlayn, blended learning, flipped classroom texnologiyalarini... ”; “... onlayn kuzatish va oʻzlashtirish imkonini.. ”; “... Elektron baza (Student Record System) yuritilishini... ”20; 5. Taʼlim sohasidagi xalqaro koʻrsatkichlar va reytingagentliklarining nomlari “... magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega.. ”; “... belgilovchi koʻrsatkich “Xirsh” indeksi (h indeks) Pedagogik terminlar sistema ichida sistemani tashkil etishining bir qator koʻrinishlarini mavjudki, bu koʻrinishlarni quyidagi leksik-semantik guruhlarning assotsiativ munosabatlarida koʻrishimiz mumkin: 1) “tarbiya” terminining leksik-semantik guruhi: estetik tarbiya, etik tarbiya, mehnat tarbiyasi, ekologik tarbiya, aqliy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, siyosiy tarbiya, jismoniy tarbiya, gender tarbiyasi, ota-ona tarbiyasi, maktab tarbiyasi va hokazo. Anglashiladiki, stimul soʻz tarbiyaga aloqador birliklar bilan birlashib, bir umumiy maydonni tashkil etadi. 2) “taʼlim” terminining leksik-semantik guruhi: dastlabki taʼlim, global taʼlim, kognitiv taʼlim, tayanch taʼlim, individual taʼlim, maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim, kasbiy taʼlim, taʼlimning zamonaviy maqsadi, kasbiy-texnik pedagogik taʼlim, taʼlim shakli, xotin-qizlar taʼlimi, fuqarolik taʼlimi, psixologik taʼlim, til taʼlimi, taʼlimning tarbiyaviy vazifasi, avtomatlashtirilgan taʼlim tizimi, inklyuziv taʼlim, internet taʼlim tizimi, tabaqalashtirilgan taʼlim, sirqi taʼlim, taʼlimning yozma usuli va hokazo; 3) “til” terminining leksik-semantik guruhi: taʼlim tili, tekst tili, yozma, ogʻzaki, nutq, bayon, verbal muloqot, semantik-pedagogik negiz, sigmatizm, sinergetika, sinkveyn, orfografiya, pedagogik muloqot va hokazo; 4) “oʻyin” terminining leksik-semantik guruhi: didaktik oʻyin, davom ettirish oʻyini, bilagʻonlar koʻchasi oʻyini, pegagogik oʻyin, rolli oʻyin, soʻzdan gapga oʻyini, sotsiodrama oʻyini, sendan ugina mendan bugina oʻyini va boshq; 5) “metod” termini bilan bogʻliq leksik-semantik guruh: videotopishmoq, bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim, insert, zakovatli zukko, biografik (korreksiyalash), interfaol, klaster (tarmoqlar), kognitiv, keys, aqliy hujum, kuzatish, suhbat, ginboard metodi, pedagogik metod,ogʻzaki bayon qilish metodi, reporoduktiv metod, rasmlarni toʻgʻri joylashtirish metodi va hokazo; 6) “internet taʼlim tizimi” termini bilan bogʻliq leksik-semantik guruh: oʻqituvchining maʼlumotga ehtiyoji, oʻquvchining maʼlumotga ehtiyoji, pedagogik maʼlumotlar banki, masofaviy oʻqish, tele aloqa konfrensiyasi, elektron jurnal, portfolio, platforma, ZOOM, kredit modul tizimi, elektron doska, multimediya, elektron doska va hokazo. Ikkinchi bobning “Taʼlim tizimidagi eponim-terminlarning leksik- semantik xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi paragrafida eponim-terminlarning shakllanishi, maʼnoviy xususiyatlari yoritiladi. D.E.Rozental, M.A.Telennovalarning “Slovar-spravochnik lingvisticheskix terminov” lugʻatida termin-eponimga shunday taʼrif beriladi:” eponim (grek. eponymos – oʻz ismni beruvchi). Shaxs (ismi va familiyasi)ni turli joylar, xalqlar va boshqalarga atab qoʻyilishi. Ameriko Vespuchchi (Amerika, mamlakat), Kolumb (Kolumbiya, mamlakat), Vladimir, Yaroslavl, Kalinin, Kirov, Kuybishev, Gorkiy, Vashington (bular bari shahar nomlari).21 O.S.Axmanova “Shaxs nomini, maʼlum bir hudud, odamlar va boshqalarga nomlanishi”22 deb taʼriflaydi. Akademik A.Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lugʻati” kitobida quyidagi taʼrif beriladi: ”Eponim (<grek.eponymos- oʻz ismini beruvchi). Ismi (familiyasi) xalq, joy va boshqalarga qoʻyilgan, shularning atamasiga aylangan shaxs. Kolumb (Kolumbiya), Kirov, Gorkiy, Jambul va b.”23 Bugungi kunga kelib eponim nafaqat shaxs bilan bogʻliq, balki obyekt yoki jarayon, butun obyektlar yoki jarayonlarga qoʻyilgan nom sifatida ham oʻrganilmoqda. V.D.Starichyonok toʻgʻri taʼkidlaganidek, “eponimiya” lingvistik termin sifatida” nom bilan bogʻliq yangi soʻzlarning shakllanish” maʼnosini anglatmoqda.24 Eponim ham hozirgi tilshunoslikda termin sifatida omonim, sinonim, antonim, paronim, toponimlar qatoridagi tadqiqotlarda oʻrganilmoqda. Oʻtgan asrning 80-yillarida hamkorlik pedagogikasining rivojlanishi va taʼlimga koʻpgina innovatsion jarayonlarning olib kirish maʼlum muvaffaqiyatlarga yoʻl ochdi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va xorijiy pedagoglarning ilmiy xizmatlari, tajribalari yotadi. K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, Ye.Bern, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomilinskiy singari pedagoglar oʻz ilmiy-uslubiy qarashlarini yaratdilar va pedagogik eponim-terminlarini yuzaga keltirdilar. Jumladan, Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi; Shatalov metodi; Selevko pedagogik texnologiyasi; Lisenkova texnologiyasi; Bespalko texnologiyasi. Termin-eponimlar boshqa tillar qatori oʻzbek tili materiallarida ham mavjud boʻlib, turli fan sohalarida qoʻllaniladi. Jumladan, taʼlim sistemasida ham. Masalan, Ulugʻbek maktabi – astronomiya; Ibrat maktabi – pedagogika; Imom Buxoriy oliy madhadi – islomiy ilm beruvchi; Abdulla Qodiriy maktabi-ijodkor yoshlar uchun bunday nomlanuvchanlik oʻzbek tili terminlar sistemasida behisob. Albatta, oʻzbek tili taʼlim sistemasida boshqa tillardan oʻzlashgan termin-eponimlarni faol ishlatilatilishini nazarda tutgan holda tahlil doirasiga tortib, maʼno xususiyatlarini ochib berish ishning mazmunini tashkil etadi. Bobning uchinchi paragrafi “Pedagogik eponim-terminlarning mazmuniy guruhlanishi” deb nomlangan. Mazkur paragrafda termin-eponimlarning ikki, uch va koʻp komponentli koʻrinishlari tahlil qilinadi. Termin-eponimlarning yuzaga kelish omillari quyidagicha koʻrsatiladi: 1. Termin-eponim shaxsning ismi va familiyasi kasbiy faoliyati bilan bogʻliq nomlanishi: Abdulla Avloniy nomidagi oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti, Qori Niyoziy nomidagi respublika pedagogika ilmiy-tekshirish instituti, Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi; Shatalov metodining oʻziga xosligi. 2. Termin-eponimni shaxsning ilm-fandagi kashfiyoti, ijodi, jamoat arbobi sifatida taʼlim tizimiga qoʻshgan hissasi tarkibli terminda aks etadi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika qoʻlyozmalar instituti; Abu Ali ibn Sino nomidagi Toshkent farmatsevtika instituti; Hamid Sulaymonov nomidagi ilmiy tekshirish instuti; Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 3. Termin-eponim shaxsning diniy bilimi,mazkur ilmiy bilimdagi erishgan yutuqlari, islomiy taʼlim-tarbiya bilan bogʻliq xislatlarini tarkibli birikmalarda nomlanishi: Imom Buxoriy nomidagi Toshkent davlat islom akademiyasi; Sayyid Muhiyiddin maxdum madrasasi; Shayx Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq nomidagi jome masjidi; Kamoliddin Orif al-Buxoriy jome masjidi . 4. Termin-eponimda shaxsning tugʻilgan joyi va taʼlim olgan muassasasi nomlanadi: Zahiriddin Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti; Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. Bu eponim-terminning sturukturasi NeNeNNN forumulasidan tashkil topadi. Har ikki shaxs buyuk davlat arbobi: taʼlim-tarbiyaga ulkan hissa qoʻshgan. Biroq nomlanish jarayonida Zahiriddin Muhammad Bobur eponimi tugʻilgan joyiga nisbatan qoʻllanilgan. Tabiiyki, Zahiriddin Muhammad Bobur tarixiy shaxs, davlat arbobi sifatida ilmu maʼrifat tarqatuvchi madrasa va masjidlar qurdirgan taʼlim fidoiysi tasvirni ifodalaydi. 5. Taʼlim muassasalarida ilm-fan sohasi, ijodiy va maʼnaviy ishlarda erishgan yutuqlari asosida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvatlovchi Davlat stipendiyalariga qoʻyilgan ulkan olim va davlat arboblarining nomlari: Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi; Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi; Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi kabi. Ishning “Badiiy matnlarda pedagogik terminlarning lingvopoetik va lingvokulturologik tahlili” deb nomlangan uchinchi bobi birinchi paragrafida “Terminning badiiy matndagi lingvistik tahlili” amalga oshiriladi. Ma’lumki, badiiy asarlarda terminologik lesikaning oʻrganilishi oʻtgan asrning 80 yillarida faollashdi. Fan-texnikaning taraqqiyoti badiiy adabiyotning barcha turlariga terminologik lesikaning ishtirok etishiga ikmkon yaratdi. Shuni taʼkidlash joizki, terminologik leksikani ilmiy uslub hamda badiiy uslub doirasidagi farqlanuvchanligi favqulodda hodisa emas. Maxsus sohaga oid terminlar adabiy tilda umumterminlar tizimida professional nutqiy koʻrinishda qoʻllanadi. Termin badiiy asarlarda poetik element sifatida ishtirok etadi. Shuning uchun ham termin adabiy tilda oʻziga xos xususiyatlari bilan sistema sifatida mazmuniy maydonga ega leksik birlik hisoblanadi. Terminologik leksikaning badiiy asarlarda qoʻllanishi asarga yangi mazmun yoki emotsional bahoni olib kiradi. Asar qahramonlarining qiyofasini ochib berishda soʻz kabi muhim rol oʻynaydi. Shu oʻrinda oʻzbek tilshunosligida H. Shamsiddinov va D. M. Jamoldinovalarning badiiy matnda terminlarning ifodalanishi haqidagi ilmiy izlanishlari tilshunosligimizda oʻziga xos yutuq boʻldi. Baʼzi hollarda ijodkor badiiy asar mazmunini oshirish, jarangdorligini kuchaytirish uchun turli soha terminlarini oʻz asarlarida faol qoʻllaydi. Terminlar badiiy matnlarda ijodkor tomonidan qoʻllanganda uslub jihatidan rang-barang mazmuniy ifodani beradi. Shuni qayd etish lozimki, termin matnda (begona) element sifatida qatnashsa ham badiiy matn mazmuniga ilmiylikni olib kiradi, mazmun doirasini kengaytiradi. Terminologik maydon terminlarning umumiy birlashtiruvchi majmui boʻlib, tushuncha sifatida matn tarkibida ilmiy boʻyoqdorlikka ham ega hisoblanadi. Uchinchi bobning ikkinchi paragrafida “Poetik nutqda taʼlim tizimiga oid terminlarning lingvopoetik tahlili” amalga oshirilgan. Maʼlumki, har qanday matn turli darajada axborot beruvchi sanaladi. Shu jumladan, badiiy matn ham muallifning maqsadi, uning ichki dunyosi, ruhiy holatini emotiv tarzda aks ettirishni pragmatika orqali ifodalaydi. Tilshunos M.M.Yoʻldoshev taʼrificha: “Badiiy nutqda hatto oʻzining toʻgʻri maʼnosi bilan qoʻllanadigan soʻz lugʻatdagi ayni shu soʻz bilan teng emas. U estetik butunlik boʻlgan yaxlit badiiy matni tarkibida boshqa soʻzlar bilan faqat semantik-grammatik jihatdangina emas, balki hissiy-estetik jihatdan ham munosabatda boʻladi”.25 Bu oʻrinda biz Gʻ.Gʻulom, M.Shayxzoda, A.Oripov, M.Yusuf, I.Toʻlakov sheʼrlaridagi taʼlim tizimga oid terminlarga eʼtibor qaratdik. Ularning poetik nutqda taʼlimiy terminlardan turli badiiy tasvir namunalari, goʻzal oʻxshatishlar yaratgani va bu poetik nutqqa emotsional ruh, boʻyoqdorlik olib kirganini sheʼriy misollar bilan tahlil etdik. Jumladan, Abdulla Oripovning bir qator sheʼrlarida boshqa soha terminlari qatori taʼlim tizimiga oid terminlariga ham oʻrin berilgan.Taʼlim tizimiga oid terminlarning shoir sheʼriyatida qoʻllanishi shoir falsafiy dunyoqarashining keng ekanligini bildiradi.Shoir terminlar orqali sheʼrdagi badiiy tasvirning semantik-stilistik boʻyoqdorligini oshirishga eʼtibor qaratadi. Uning “Muallim”, “Muallimlarga”, “Kursdoshlarimga”, “Doilfunun”, “Dorilfununga” singari sheʼlarida taʼlim tizimi bilan bogʻliq terminlar yuqorida qayd etilgandek, poetik nutqning oʻziga xos qiralarini ochib berishga xizmat qiladi. “Muallim” sheʼrida shoir muallim, oʻqidim, tarix, ustoz, taʼlim singari pedagogik terminlarni qoʻllab, sheʼrga emotsionallik beradi. Sheʼrning taʼsir quvvatini oshiradi. Sheʼrda muallim termin-soʻz sheʼrning markazida turadi va badiiy tasvirni yuzaga keltirishda muhim rol oʻynaydi. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling