Birikmali ikki tarkibli terminlar modellari
T.R.
|
Model strukturasi
|
Birikmali terminlar
|
1.
|
Ot+ot modeli
|
bolalar bogʻchasi, biologiya xonasi, taʼlim sistemasi, davlat imtihoni, dars jadvali, dars tahlili, yosh pisixologiyasi, bolalar oʻyinlari, maktab kutubxonasi, kutubxona katalogi, universitet oʻqituvchisi va hokazo
|
2
|
Sifat+ot modeli
|
kasbiy taʼlim, kasbiy tarbiya, kasbiy mahorat, ishbilarmonlik oʻyini, interfaol usul, interaktiv usul, insonparvarlik pedagogikasi, insert usuli, innovatsion texnologiya, innovatsion taʼlim, zamonaviy maktab, global taʼlim va boshqa
|
3.
|
Sifat+feʼl modeli
|
innovatsion oʻqitish, individual oʻqitish, izohli oʻqish, ilmiy ishlanma, ijodiy izlanish, mantiqiy fikrlash, atroflicha fikrlash, ruhiy rivojlanish, tizimli yondashuv, kasbiy yoʻnalish
|
4.
|
Ot+feʼl modeli
|
voyaga yetmaganlar, balogʻatga yetish, kompyuter modellashtirish, taʼlimni baholash
|
5.
|
Feʼl+ot
|
boshqaruv fakulteti, kuzatuv metodi, boshqarish funksiyasi, tarbiyalash usuli va hokazo
|
Oʻzbek tilining barcha terminologik tizimlarida birikma terminlar salmoqli miqdorni tashkil etadi. Qaysi terminologik tizimni kuzatmang, ularda ikki, uch, toʻrt, besh, hatto yetti-sakkiz komponentli birikma terminlarga guvoh boʻlasiz.11 X.Narxodjayevaning maʼlumot berishicha, ayrim terminologik tizimlarda hatto oltitadan oʻn bittagacha komponentli terminlar ham qoʻllanmoqda.12 Biz tadqiqotimizda uch komponentli tarkibli terminlarda soʻz turkumlarining ishtirokiga koʻra pedagogik terminlarning 9 ta modelini, koʻp komponentli terminlarning 6 ta modelini tahlil qildik (2, 3-jadvallar).
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |