Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi


Download 131.5 Kb.
bet3/26
Sana28.03.2023
Hajmi131.5 Kb.
#1304714
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy rivojlantirishda innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Jahon, rus va oʻzbek tilshunosliklarida terminologiya va uning nazariy asoslari, terminga qoʻyilgan talablar, terminologik tizimlarni tartibga solish kabi masalalar Ye.Benvenist, A.A.Potebnya, M.M.Pokrovskiy, V.N.Solnsev, Yu.D.Aperesyan, G.O.Vinokur, D.S.Lotte, A.A.Reformatskiy, O.S.Axmanova, V.P.Danilenko, A.V.Superanskaya, Yu.N.Karaulov, Y.S.Stepanov, A.A.Ufimseva, S.Akobirov, S.Usmonov, N.Mamatov, A.Hojiyev, R.Doniyorov, A.Madvaliyev, H.Shamsuddinov, N.Mahkamov, N.Usmonov, A.Sobirov, D.Lutfullayeva, Z.K.Samiyev, B.R.Djorakulov, Z.N.Urunova. D.M.Jamoldinova, F.X.Qosimova, E.M.Yusufaliyev va boshqa olimlarning tadqiqotlarida maxsus oʻrganilgan2.
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya Namangan davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “Oʻzbek tilining sistemaviy tadqiqi” mavzusidagi loyiha doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi pedagogik terminologiyaning til sistemasida tutgan oʻrni, oʻzbek tili “pedagogik terminlari” terminologik maydonining leksik-semantik xususiyatlari, oʻzbek tilidagi pedagogik terminosistemasining boyish manbalari, semantik va struktur xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
oʻzbek tilidagi pedagogik tasavvurlarni ifodalovchi soʻzlar, yaʼni prototerminlarni yozma manbalar asosida qiyosiy-tarixiy tahlil qilish;
oʻzbek tilidagi pedagogik terminlarning tizimli shakllanish yoʻllarini semantik-sintaktik yondashuv asosida oʻrganish;
oʻzbek tilidagi pedagogik terminlar shakllanishining struktur-semantik xususiyatlarini aniqlash;
taʼlimdagi ekstralingvistik omillarning taʼsir darajasini aniqlash va pedagogik terminlarning leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish;
oʻzbek tiliga mustaqillik davrida oʻzlashgan pedagogik terminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish;
oʻzbek tili “pedagogik” terminologik maydonining mikromaydonlarini, semantik-tarkibiy tuzilishini ochib berish.

Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling