Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 131.5 Kb.
|
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- “Pedagogik terminologiyaning tizimli lingvistik tadqiqi”
- “Termin va soʻz birikmasi”
- “Pedagogik terminlarning hosil boʻlish usullari va modellari”
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyada maʼruza koʻrinishida bayon etilgan va muhokamadan oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 11 ta ilmiy ish nashr etilgan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shundan 3 tasi respublika, 1 tasi xorijiy jurnallarda eʼlon qilingan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 125 sahifani tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning oʻrganilganlik darajasi, maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, uning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishiga mosligi koʻrsatilgan, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “Pedagogik terminologiyaning tizimli lingvistik tadqiqi” deb nomlangan birinchi bobi toʻrt paragrafdan iborat boʻlib, uning birinchi paragrafida “Tilshunoslikda pedagogik terminlar tadqiqi” masalasi tahlil qilinadi. Jahon, rus va oʻzbek tilshunosligida pedagogik terminologiyaga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar umumlashtiriladi va ularga munosabat bildiriladi. Jumladan, rus tilshunoslaridan V. M. Leychik, I. V. Kichayeva, G. I. Saransev, ozarbayjon tilshunosi A. S. Orudjaliyeva, tojik tilshunosi Z. K. Samiyev, oʻzbek pedagogik terminologiyasi boʻyicha izlanish olib borgan R.X.Djurayev, J.Hasanboyev, G.Ibragimova kabilar tomonidan tuzilgan lugʻatlar, N.Oʻ.Usmonov, E.M.Yusufaliyev va boshqa olimlar tmonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar koʻrib chiqiladi. Oʻzbek tili pedagogik terminologiyasi leksikografik va ilmiy-monografik jihatdan ancha vaqtdan beri oʻrganilib kelinayotgan boʻlsa-da, taʼlim sohasining bir necha marta isloh etilishi, ayniqsa, Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi natijasida taʼlim, pedagogika sohasida, pedagogik sistemada tub oʻzgarishlar roʻy berdi; pedagogika, psixologiya va boshqa yondosh fanlarda, taʼlimning turli bosqichlarida koʻplab yangi tushunchalar va ularni ifodalovchi yangi-yangi terminlar paydo boʻldi. Mustaqiligimizning dastlabki davrlarida N. Oʻ. Usmonov ”Oʻzbek tilining pedagogik terminologiyasi” mavzusidagi dissertatsion ishini himoya qilgan boʻlsa-da,3 shu kunga qadar qayta pedagogik terminlarning yangilanishi va uning lingvistik nuqtayi nazardan tahliliga eʼtibor qaratilmadi. Toʻgʻri, baʼzi holatlarda pedagogik terminlarning lingvistik jihatdan tahlilga tortildi. E. M. Yusufaliyevning “Taʼlim va tarbiyaga oid pedagogik terminlarning lingvistik tadqiqi (nemis va oʻzbek tillari materiallari asosida) ilmiy ishida nemis va oʻzbek tilidagi pedagogik terminlarni muqoyasa qiladi.4 Biroq bu oʻrganilayotgan masalaning monografik planda ochib berilishini taʼminlay olmaydi. Bobning ikkinchi paragrafida “Termin va soʻz birikmasi”ning lisoniy xususiyatlari muqoyasa qilinadi. Maʼlumki, termin – koʻp aspektli birlik boʻlib, bir paytning oʻzida bir nechta fanning obyekti boʻla oladi va har bir fan termin tushunchasiga oʻziga xos belgi va xususiyatlarni kiritishga urinadi. Termin gapdan tashqarida olinganda ham maʼlum bir aniq maʼno ifodalaydigan soʻz yoki turgʻun holatdagi soʻz birikmasidir.5 Termin ham boshqa leksik birliklar singari atash funksiyasiga ega. Soʻz ham, soʻz birikmalari ham tilda juda katta ahamiyatga ega boʻlgan birliklardir. Soʻz va soʻz birikmasi oʻrtasida koʻp jihatdan oʻxshashliklar mavjud. Til – soʻz tili, tilning asosini soʻzlar tashkil etadi. Lekin har bir soʻz konkret bir maʼno ifodalagani bilan, hali u til emas. Soʻzlar bir-birlari bilan munosabatga kirishib gap boʻlgandagina tugal maʼno ifodalaydilar va til – til shakliga kiradi. Lekin soʻzlar gap tarkibida xuddi munchoqni ipga tergan kabi birikmaydilar, ular gruppalashadi, soʻz birikmalari deb ataluvchi maʼlum qurilish xarakteriga ega boʻlgan soʻz gruppalari oʻzaro birikadi.6 Bu jihatdan soʻz birikmalari ham soʻzlarga juda yaqin turadi. Ular ham nutqda, gapda yashaydi.7 Soʻzlar tilda nominativ vosita boʻlib, odatda, biror, predmet, voqea-hodisa, turli protsesslar, belgi va hokazolarni ifodalash uchun xizmat qiladilar. Soʻz birikmalari ham tilda shunday vazifalarni bajaruvchi nominativ vositalardir.8 Pedagogik terminlarning katta qismi birikmali tarkibga ega bo‘lgani uchun ham bu o‘rinda so‘z birikmasiga qiyoslandi. Maʼlumki, termin yasalishi soʻz yasalishiga qiyosan oʻrganiladi. Hozirgi oʻzbek tili soʻz yasalishida sintaktik-leksik va kompozitsion usullar yordamida qoʻshma soʻzlar hosil qilinadi va bu faqat qoʻshma terminlar tabiatiga mos keladi. Lekin terminologiyada birikma terminlar ham mavjud. Termin soʻz sanaladi, lekin uning oddiy soʻzdan farqli tomonlari bor va buning bir qirrasini “soʻz va soʻz birikmasi” hamda “termin va birikma termin” tushunchalari oʻrtasidagi munosabatda koʻrishimiz mumkin.9 Tilshunos N. Oʻ. Usmonov terminga keltirilgan taʼriflardan xulosa tarzida umumlashtirib: ”Termin – strukturasi jihatidan turgʻun soʻz yoki soʻz birikmasi boʻlib, semantikasi jihatidan aniq va barqaror, maʼlum bir tushunchani qatʼiy ifodalovchi leksik-semantik birlikdir,”10 -deydi. Shuni qayd etish joizki, pedagogik terminlarni oʻrganish jarayonida turkiy tillarda affiksatsiya usuli bilan terminlar hosil boʻlishi haqidagi fikrlar ilmiy tadqiqotlarda keng tarqalgan. Ammo, shuni taʼkidlash kerakki, pedagogik terminlarning yuzaga kelishida soʻzlarni semantik va grammatik jihatdan bogʻlash usulining ahamiyati katta. Bu toʻgʻridan toʻgʻri koʻp komponentli terminlar munosabatini tashkil etadi. Bobning uchinchi paragrafida “Pedagogik terminlarning hosil boʻlish usullari va modellari” tahlil qilinadi. Til materiallari shuni koʻrsatadiki, oʻzbek tiliga xorijiy tildan oʻzlashgan va tarixan hozirgi kunda ham isteʼmolda boʻlib kelayotgan pedagogik terminlar yasovchilik va kompozitsiya jihatdan faol terminlarni tashkil etadi. Ana shu jihatdan, tillardagi soʻz turkumlarining terminlar sistemasidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratilgan holda quyidagicha belgilashimiz mumkin: Soʻz turkumlarining ishtirokiga koʻra bir soʻz terminlar: termin-ot: maktab, mashgʻulot, slayd, keys-stadi, taʼlim, aspirantura, kollej va hokazo. Termin-adyekvat (sifat): sirtqi, kasbiy, individual, muammoli, donishmand, isteʼdodli, akademik. Termin-feʼl: oʻqish, bilish, modellashtirish (моделирование), kuzatish, birlashtirish, akseleratsiya va hokazo. Termin-soʻz birikmalari: 1) ajratilgan: a) erkin: kasbiy texnika kolleji (professionalno-texnicheskiy kollej); tibbiyot maktabi (медицинская школа); b)erkin boʻlmagan: kitob javoni (книжная полка); daftar hoshiyasi (линия тедрада); oq sheʼr (белый стих) va boshq. 2) birikmali (ajratilmagan) – terminlar: soʻnggi qoʻngʻiroq (последный звонок); Pedagogik terminlarning ikki, uch va koʻp komponentli tarkibli birikmalarining sintaktik usulda hosil boʻlishi natijasida turli semantik-sintaktik guruhlarning tashkil topishi кузатилади. Bu guruhlanishning ikki tarkibli modelini quyidagicha belgilashimiz mumkin: 1-jadval
Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling