Хусанхужаев Обидхон Мамутович Cтруктурно-семантическое и лингвопоэтическое исследование
Boʻstoni maʼrifat va gulshani haqiqat
Download 131.5 Kb.
|
Obitxon Xusanxo\'jayev Автореферат ТАХРИРЛАНГАН 25 03 2023
Boʻstoni maʼrifat va gulshani haqiqat, – dedi Sultonali, – Imomi Aʼzam rahmatullohi allayhi oʻn ikki yoshlarida darsgoʻylik qilib va hokazo kutubi mutabarraka taʼlifotigʻa ham ibtido qilgʻan ekanlarkim, bu karomat janoblaridan poʻshida emasdir. Bas, indalʼuqalo yoshliqning hech bir nuqs va ahamiyati yoʻq, ammo fazlu zakovat lozimdir. Masalan, kaminangiz tahsilda “Aqoid” gacha bordim va qariyib oʻn yildan beri mirzoliq qilurman.Oʻz hunarimda yaxshi tajriba ham ortdirdim, shuning bilan birga nafsilamrni iqror etishka majburmankim shogirdingiz mirzo Anvardan koʻb darajada quyidaman: tahrirda, taqrir, va foizda Anvaringizning yordamigʻa muhtojman. Holbuki yoshim undan barobar katta, men oʻqugʻan darslarni ehtimol Anvar oʻqumagʻan... Anvarning zakovatiga yolgʻiz men emas hatto marhum munshiy mulla Muhammad Rajabning oʻzi tahsin qilar, ajoyib oʻgʻlon deb qoʻyar edi. Menim mirzo Anvarni bu oʻrungʻa saʼi qilishim boʻlsa bir gʻaraz yuzasidan emas, xolisonadir.
Keltirilgan matndagi terminlar lingvopedagogik kulturologik yondashuv asosida tahlil etilsa, A.Qodiriyning oʻzbek milliy pedagogik madaniyatini chuqur anglagan bilimdon ekanligi namoyon boʻladi. Boʻstoni maʼrifat va gulshani haqiqat, Imomi Aʼzam rahmatullohi allayh, ibtido qilgʻan, indalʼuqalo, “Aqoid“gacha, tahrirda, taqrir, saʼi qilishim singari soʻz va soʻz birikmalari orqali oʻzbek milliy pedagogik terminlarining tarixan ham semantik maydoni keng ekanligini eʼtirof etishimiz mumkin. Keltirilgan matndan maʼlum boʻladiki, Sultonali tilidan Abdulla Qodiriy oʻzbek ziyolisining maʼnaviyati yuksak, tarbiyali va oʻzidan ilmi va bilimi, madaniyati yuqori boʻlgan insonlarga hurmat bilan qarash ruhiyatini yuksak badiiy nafislik bilan tasvirlab bergan. Bundan kelib chiqqan, xulosa shundaki, milliy mentalitetga xos boʻlgan mardlik shaxs tarbiyasi bilan bogʻlanadi. Milliy tarbiya esa milliy pedagogikaning ajralmas qismidir. Sultonali tomonidan aytilgan soʻzlar insof va diyonat, maʼnaviyatli bir oʻzbekning xarakterini ochib beradi. Demak, milliy pedagogikamizda maʼnaviy tarbiyaviy muhit oʻzbek psixologiyasida azaldan mavjud va qadrli hisoblangan. Anglashiladiki, Sultonalining soʻzlarida oʻzbekning muloqot madaniyatidagi oʻziga xos bir koʻrinishi tasvirlangan. Demak, nutqiy etiket lingvopedagogik madaniyat bilan uzviy bogʻliq hodisa sanaladi. Chunki taʼlim va tarbiya, odob-axloq masalasi nutqiy etiketda ham oʻz ifodasini topadi. Etiket – axloqiy madaniyatda yaqqol koʻzga tashlanadigan munosabat koʻrinishlaridan biri. Etiket, asosan, insonning tashqi madaniyati, oʻzgalar bilan boʻlgan munosabatlarda oʻzini tutishi, nutqiy etiket esa insonlar orasidagi muloqot jarayonida oʻzini tutish qonun -qoidalarining bajarilishini taʼminlaydi. 28 Koʻrinadiki, matnda ifodalangan jumlalardagi tilshunoslik terminlari oʻz navbatida taʼlim tizimiga oid pedagogik terminlar sifatida oʻzaro umumiylikni ifodalab lingvopedagogik kulturologiyaning bir koʻrinishi sifatida namoyon boʻladi. XULOSA 1. Tilning eng faol sathi – leksikologiya tarkibidagi terminologiya zamon va texnika taraqqiyoti bilan hamnafas taraqqiy etayotgan sohalardan sanaladi. Sohaviy terminologiya orasida pedagogik terminologiya ham globallashuv va integratsiyalashuv natijasida tinimsiz yangilanayotgan, boyib borayotgan tarmoqlardan biri. Ayniqsa, oʻzbek pedagogik terminologiyasining keyingi yillarda boyishi kengayishi bu sohaga oid terminlarni lingvistik jihatdan tahlil qilish zaruratini yuzaga keltirdi. 2. Termin – koʻp aspektli birlik boʻlib, bir paytning oʻzida bir nechta fanning obyekti boʻla oladi va har bir fan termin tushunchasiga oʻziga xos belgi va xususiyatlarni kiritishga urinadi. 3. Pedagogik terminlar ham sintaktik-leksik, derivatsion, sintagmatik usullar natijasida yuzaga keladi. Ilmiy bilimlarning kengayib borishi bilan nazariy jihatdan murakkab atamalar ham isteʼmolga kiritila boshlanadi. Murakkab atamalar nafaqat muayyan tizimdagi tushuncha mazmunini toʻliq ifodalaydi, nazariy jihatdan tushunchaning mazmuniy ifodasini tilda toʻliq voqelantiradi. Bu zamonaviy taʼlim sistemasida terminlarning shakillanishi, aniq nomlanishi, semantik-sintatik strukturasida keng namoyon boʻladi. 4. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida boshqa soha terminlari singari pedagogik terminlar ham leksik, sintaktik, frazeologik kalkalash yoʻllari bilan hosil boʻlishi tadqiqotlardan maʼlum. Kalkalash usulida soʻz assotsiativ maʼnosining tarkibiy qolipi oʻzlashtiriladi. Kalkalashda oʻzlashtirilayotgan soʻz yoki soʻz birikmasining tarkibiy qismlari alohida tarjima qilinadi va birlashtiriladi. 5. Zamonaviy taʼlim tizimida tilga boʻlgan qiziqish, til madaniyatiga ongli munosabatda boʻlish, kommunikativ meʼyor doirasida harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻlishni belgilaydi, shuningdek, yaratilgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni taʼlim tizimiga nazariy va amaliy jihatdan tatbiq etish imkonini beradi. Milliy taʼlim tizimida xorijiy terminlardan foydalanish pedagoglardan xorijiy terminlarning maʼnolarini chuqur bilishni taqozo etadi. 6. Lingvistik tahlillar taʼlim tizimiga oʻzlashgan xorijiy pedagogik terminlarni hamda hozirda faol qoʻllanib kelayotganini, bu esa pedagogik terminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish mumkin degan xulosani beradi. Pedagogika termin oʻz atrofiga taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq terminlarni birlashtiradi va terminologik maydonni yuzaga chiqaradi. 7. Termin-eponim tushunchasi oʻtgan asrning 60-80 yillarida paydo boʻlgan boʻlishiga qaramay, tilshunoslikda toʻliq tadqiqini topmagan. Termin-eponim fizika, kimyo, matematika, biologiya, geografiya, tibbiyot singari tabiiy fanlar qatoriga kiruvchi fanlar sistemasi leksik-semantik strukturasida keng qoʻllanadi. Shuningdek, pedagogik terminlar tizimida ham eronim-terminlar alohida oʻringa ega. Ularning yuzaga kelishi oʻziga xos semantik-stilistik va nomitatsion-motivatsion jihatlarga ega. 8. Termin matn hosil qilishda soʻz kabi jumlaning bir boʻlagigiga aylanadi va matn mazmunini kengaytirishga xizmat qiladi. Badiiy matnda muallif oʻz gʻoyasini ochib berishda turli soha terminlariga murojaat qiladi. Badiiy matnlarda maxsus leksika badiiy asar qaramonlarining nutqida koʻp uchraydi. Bunda asar qahramonlarining qaysi sohaga mansubligi, qiziqishi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqe ochib beriladi. 9. Semantik jihatdan poetik nutqni tashkil etgan leksik birliklarning bir umumiy semantik maydon atrofiga birlashib, nutqning umumiy mazmunini yuzaga chiqarish uchun xizmat qilishi natijasida bir butunlik shakllanadi. Leksemalar oʻzaro sintaktik aloqaga, poetik nutq tarkibida boshqa soʻzlar bilan semantik munosabatga kirishi asosida maʼno tovlanishlari hosil qilinadi, ular poetik nutq uchun funksional xoslanadi va shu yoʻl bilan nutqda dominantlikka ega boʻlgan semantik markaz hosil boʻladi. Poetik nutq semantikasi orqali nutq muallifi va oʻquvchi (tinglovchi) ongida voqelikning poetik tasviri hosil qilinadi, yaʼni poetik olami yaratiladi. Bu jarayonda pedagogik terminlarning qoʻshimcha maʼno boʻyoqlari bilan qoʻllanishi ahamiyatli. 10. Shoir va yozuvchilarimizning asarlari tuzilishidagi semantik-sintaktik butunlik, ilm-fan, texnika va boshqa soha terminlarining qoʻllanilishi asarga badiiy tasvir boʻyoqdorligini olib kiradi. Demak, terminlarning badiiy asarlardagi ishtiroki mullifning muayan maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Muallif proza singari sheʼriy asarlarda ham oʻzining mantiqiy maqsadini emotsional tarzda ochib berishni pragmatik maʼno orqali ifodalaydi. 11. Til tafakkur ifodachisi boʻlish bilan birga maʼnaviy unsurlar orqali miliy xarakterni ochib beruvchi va ijtimoiy munosabatlarni roʻyobga chiqaruvchisidir. Gap shundaki, har qanday milliy xarakter oʻziga xos boʻlgan maʼnaviyatdan tashkil topadi va falsafiy, psixologik xususiyatlarni oʻzida umumlashtirgan holda ligvokulturologik jarayonlarda voqelanadi. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling