I- bob. Tеkislikda analitik gеomеtriya
Download 323.2 Kb.
|
oliy matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6- masala
5-Masala. М0(–3,–1) nuqtadan umumiy tenglamasi 4x+3у–1=0 bo‘lgan to‘g‘ri chiziqqacha bo‘lgan D masofani toping va ular o‘zaro qanday joylashganini aniqlang.
Yechish: (9) formulaga asosan Bunda Ax0+ By0+C=4·(–3)+3·(–1) –4=–19<0 bo‘lgani uchun М0(–3,–1) nuqta L to‘g‘ri chiziqdan pastda joylashganligini ko‘ramiz. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu masala L to‘g‘ri chiziq normal tenglamasi bilan berilganda juda oddiy yechiladi, chunki bu holda (9) formulani (V bob,§1, (6) formulaga qarang) (10) ko‘rinishda yozish mumkin. Demak, М0(х0,у0) nuqtadan normal tenglamasi bilan berilgan to‘g‘ri chiziqqacha masofani topish uchun bu nuqta koordinatalarini normal tenglamaga qo‘yish va hosil bo‘lgan sonni absolut qiymatini olish kifoyadir. 6-masala: Berilgan L1 va L2 to‘g‘ri chiziqlarning М0(х0,у0) kesishish nuqtasini toping. Yechish: Bu to‘g‘ri chiziqlarning A1х+B1y+C1=0 (L1), A2х+B2y+C2=0 (L2) umumiy tenglamalarini qaraymiz. М0(х0,у0) kesishish nuqtasi ham L1 va ham L2 to‘g‘ri chiziqlarga tegishli bo‘lgani uchun uning koordinatalari yuqoridagi ikkala umumiy tenglamalarni qanoatlantiradi. Demak, М0(х0,у0) kesishish nuqtasining koordinatalari ushbu chiziqli tenglamalar sistemasidan topiladi: . (11) Agar (11) sistemada shart bajarilsa, u yagona (х0,у0) yechimga ega bo‘ladi va L1 , L2 to‘g‘ri chiziqlar faqat bitta М0(х0,у0) nuqtada kesishadi. Agar (11) sistemada shart bajarilsa, u cheksiz ko‘p yechimga ega bo‘ladi va L1, L2 to‘g‘ri chiziqlar ham cheksiz ko‘p nuqtalarda kesishadi, ya’ni ular ustma-ust tushadi. Agar (11) sistemada shart bajarilsa, u yechimga ega bo‘lmaydi va L1 , L2 to‘g‘ri chiziqlar birorta ham nuqtada kesishmaydi, ya’ni ular parallel joylashgan bo‘ladi. Misol sifatida umumiy tenglamalari 2х+у–1=0 vа х+2у+1=0 bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlarning М0(х0,у0)kesishish nuqtasini topamiz. Bu holda (11) sistema va uning yechimi quyidagicha bo‘ladi: . Demak, bu to‘g‘ri chiziqlar М0(1,–1) nuqtada kesishadi. 0> Download 323.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling