I bob bolalarga nafosat tarbiyasiri singdirishning axamiyati


II BOB. BOLALARNING ATROFIMIZDAGI OLAM MASHG’ULOTLARIDA NAFOSAT TARBIYASINI SINGDIRISH TEXNOLOGIYALARI


Download 0.67 Mb.
bet11/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1388954
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
bola shaxsining rivojlanishi kamoloti va tarbiyasi

II BOB. BOLALARNING ATROFIMIZDAGI OLAM MASHG’ULOTLARIDA NAFOSAT TARBIYASINI SINGDIRISH TEXNOLOGIYALARI
2.1. Nafosat tarbiyasini shakllantirishda sinf raxbari faoliyati va nafosat tarbiya vositalari
Respublikada qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun (1997) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) da sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yosh avlod tarbiyasida o’rni maslasida alohida e’tibor qaratilgan. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilashga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarning mashg’ulotdan bo’sh vaqtlaridagi o’quv jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, bolalarning bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini ko’rsatishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etilgan jumladan turli ko’rinishlardagi to’garaklarda fan o’z faniga qiziqqan bolalar bilan mashg’ulot bolalarning qiziqishlarini o’stiradi. Sinfdan tashqari ishlar quyidagi to’garaklarda tashkil etish mumkin: fan to’garaklari “Mohir qo’llar” to’garaklari; “Yosh bilimdonlar” to’garagi; turli sport to’garaklari; “Badiiy xavaskorlik to’garagi” va xokazolar.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Ularda bolalarda shakllanayotgan nafosat tarbiyasi yanada rivojlantiriladi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar va yoshlar saroylari, ish texniklar saroylari, yosh tabiatshunoslar uylari turli sport va musiqa maktab tarbiyasining uzviy davomchisi sifatiga faoliyat ko’rsatmoqdi. O’zbekiston Respublikasining “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” (1999) bu ishlarni va amalga oshirishda asos bo’ladi.
Konsepsiyada ahloqiy va ma’naviy jixatidan ishlarni bolalar orasida kuchaytirish zarurligi, axloqsiz ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmasligi, maktab va maktabdan ta’lim muassasalari tarbiyachilari oldida doimo umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot o’rgatiladi. Bu joylarda ham “Oilaviy madaniyat”sizlikka qarshi ish olib boriladi. Konsepsiya:

  • vatanparvar;

  • baynalminal;

  • komil inson tarbiyasi;

  • Huquqi-iqtisodiy tarbiya;

  • ekalogik tarbiya;

  • estetik tarbiya;

  • jismoniy tarbiya;

  • mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;

  • iste’dodli va zukko bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash;

  • mahallada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mazmuni va ularni amalga oshirish yo’llari xaqida atroflicha fikr yuritiladi.

Ta’lim –tarbiyaning jiddiy muammolarini aniqlash, uzluksiz amaliy tarbiya mazmuni asoslarini yaratish, maktablar, maxsus bilim yurtlari hamda oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarini faoliyatini yaxshilash mezonlarini ishlab chiqish bugungi kun talabidir. Buning uchun quyidagi tadbirlarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi:

  • tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning yo’nalishlari bo’yicha tadbirlar majmuasi va maqsadli dasturlar tuzish;

  • tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etadigan pedagogik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish;

  • tarbiyaviy ishlarni hal qilish uchun respublikaning barcha kuchlari O’zbekiston FA, oliy o’quv yurtlari, fan tarmoqlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda ilmiy pedagogik bo’limlar faoliyatini birlashtirish zarur.

Bolalarda nafosat tarbiyasini shakllantirishda sinf rahbari faoliyati muhim yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Maktab hayotida, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish boshqarishda sinf raxbarlari yoki bolalar o’qituvchisining boshqalar bilan almashtib bo’lmaydigan o’ziga xos o’rni bor. Sinf rahbari (bolalarda sinf o’qituvchisi) faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog’liqdir. Shu jixatdan olganda uni sinfni bosh tarbiyachisi, murabbiychi deyishimiz mumkin. Sinf rahbarlari avvalo, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, O’zbekiston Respublikasining umumta’lim maktabi to’g’risida Nizom O’zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari sinf rahbarlari to’g’risidagi Nizomi va boshqa pedagogik hujjatlarda belgilab berilgan yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalashning umumiy vazifalaridan kelib chiqib, o’z tarbiyaviy ish faoliyatini aniqlay oladilar.
Sinf rahbarlari o’z faoliyati davomida maktab direktori, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari bilan, o’z sinfiga mashg’ulot beruvchi o’qituvchilar maktabdagi bolalar tashkilotlari yetakchilari bilan va maktab kutubxonachisi bilan qator ishlarni olib boradilar.
Ayniqsa, sinf jamoasini tashkil etish va jipslashtirishda rahbarning o’rni muhumdir. U xar bir o’quvchisini, uning xususiyatlari va shaxsni chuqur o’rganib chiqadi, kim bilan qanday muomila qilishni biladi. Turli tarbiyaviy yo’nalishalar bo’yicha tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Bolalar oilasi, ota-onalar jamoatchilik bilan hamkorlikda qator tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Sinf rahbari o’z ishlarini maktab ma’muriyati rahbarlari , bolalar tashkiloti bilan olib boradi. Shuning uchun ham bolalar faoliyatida sinf rahbari yetakchilik qilib, ularni estetik jihatdan to’g’ri tarbiyalab borishda uning rejasi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’l keladi.
Reja – bolalarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning zaruriy shartidir. Rejasiz ish olib borish sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va uslublarini tarqoq, noaniq, holatlarda bo’lishiga va ko’rko’rona xarakat qilishga olib keladi. Reja sinf rahbarlarining tarbiya berish faoliyatini to’g’ri tashkil uchun juda katta imkoniyatlar ochib beradi. Sinf rahbari ishni rejalashtirishning o’ziga xosligi shundaki, unda bolalarning o’zlari faol ishtirok etadilar, biroq unga sinf rahbari boshchilik qiladi.
Sinf rahbari o’tkazilayotgan ishlarni hamda ularning bolalar tarbiyasiga ko’rsatgan ta’sirini har kuni tahlil qilishlari, o’zlari erishgan yutuqlari sabablarini tushuntirishga xarakat qilishlari, sinf jamoasining rivojlanishida ro’y berayotgan o’zgarishlarni qayd qilishlari kerak.
Sinf raxbari kelajakka mo’ljallangan – istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik) rejalar tuzib olishi mumkin. Hukumatimizning farmon va qarorlari, xalq ta’limi rasmiy yo’l-yo’riqlari, hujjatlari, Prezidentimizning qator va o’tgan o’quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinishi rejaning asosiy manbayi bo’ladi. Reja bir qator talablarga javob berishi kerak:

  • rejaga istiqlol g’oyalarining singdirilishi;

  • rejaning shakl va yo’nalishlari rang-barang hamda istqbolli ;

  • reja uzluksiz va izchil bo’lishi;

  • reja aniq tuzilishi.[20]

Sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi – majburiy pedagogik. Uni amalga oshirish uchun sinf rahbari shaxsan ma’suldir. Sinf rahbari umummaktab ish rejalari, bolalar va yoshlar ish rejalari bilan tanishib, direktor o’rinbosarlari, sinf bolalari, sinf faollari, ota-onalar bilan fikrlashib ishning istiqbolli rejasini tuzadi. Sinfning yillik ish rejasini tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tasdiqlaydi.
Rejaning ifodalanish shakli quyidagicha bo’lishi mumkin: ish nomi, bajarish muddati, ma’sul shaxs. Reja qisqa aniq bo’lishi shart. Sinf rahbari ish rejasining asosiy bo’limlari quyilagicha bo’lishi mumkin: 1. Bolalar jamoasi bilan ishlash; 2.bolalar va o’smirlar uyushmasi bilan birgalikda olib boriladigan ishlar; 3. Sinf bolalari bilan ishlash, 4. sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil tashkil etish; 5. Ota-onalar bilan ishlash.
Sinf rahbari vazifasini, asosan fan o’qituvchilar bajarishadi. Shuning uchun xar talaba, xar bir bo’lg’o’si o’qituvchi tarbiyaviy ishlarni sinf rahbari faoliyatini chuqur o’rganib chiqishi zarur bo’ladi.
Sinf rahbari sinfdagi barcha tarbiyviy ishlarni tashkilotchi sinfda tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi, o’tkazadi va uning natijasini tahlil etib boradi. Sinf rahbari bolalarga davlatimiz ichki va tashqi hayotda sodir bo’layotgan voqyeylikklarga qiziqish uyg’otib, uni kasb-korga bog’lab olib borishi lozim. Bolalarni tevarak atrofdagi hayot bilan, kundalik voqyeya-xodisa bilan, kundagik voqyeya-xodisalar bilan og’zaki tanishtiribgina qolmasdan, balki ularni bolalar va o’smirlar uyushmasi yoki “Kamolot” tashkiloti xarakatlarida faol qatnashtirish zarur.
Sinf rahbari bolalar xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni bartaraf qilishda mohir pedagog sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ularda to’g’rilik, halollik, iroda va qat’iylik xislatlarini tarikib toptirishda ta’sir ko’rsatadi.
Sinf rahbarlarining bolalarga ko’rsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi ko’p jixatdan uning ma’naviy kamolotiga bog’liqdir. Sinf rahbari o’z bolalariga singdirishi lozim bo’lgan: ilmlilik, odillik, to’g’rilik, poklik, jamoatchilik, g’amxo’rlik, sezgirlik, ijodkorlik, jo’shqinlik, orastalik kabi yuksak ma’naviy sifatlarni avvalo o’zi egallab olgan bo’lishi lozim. Sinf rahbarining pedagogik maxorati va pedagogik odobi ham tarbiya jarayonida muhim o’rin tutadi.
Sinf rahbari xar bir o’quvchisini xar tomonlama chuqur o’rganib chiqishi, sinf jamoasini tashkil etishi va japslashtirishi jamoaga pedagogik rahbarlik qilishi, oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar tashkil qilishi kerak bo’ladi.
Sinf rahbari sinfdagi barcha ishlarni, jumladan tarbiyaviy ishlarni ham rejalashtiradi. Reja asosida esa bolalarga aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy, iqtisodiy, mehnat, nafosat, ekalogik, jismoniy tarbiya berish, bolalarni shaxsiy ozodalikka o’rgatish orqali ularda nafislikni, go’zallikni, nafosat tarbiyasini amalga oshiradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi, bunda aqliy, axloqiy, vatanparvarlik, huquqiy va boshqa tarbiyalar bo’yicha belgilangan ishlar va tadbirlar, kasbga yo’naltirish ishlari, sinfdan tashqari o’qishni tashkil qilish, o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish, sinfda adabiy ko’rgazma tashkil qilish, sinfda ko’rgazmali tashviqot ishlarini olib borish (sinf burchagi, devoriy gazetalar, plakatlar chiqarish, sinfni mazmunli bezash, ekologik burchak tashkil qilish va boshqalar) ishlarini amalga oshiradi.
Umuman olganda sinf rahbari xar tomonlama yetuk, komil bola tarbiyalash ishida o’zining munosib xissasini qo’shadi.
Bu borada I. A. Karimovning “Tarbiyachi avvalambor o’zi har jixatdan tarbiyalangan bo’lishi keark”, degan fikrlarini unutmasgimiz kerak.
Demak, bolalarda olib boriladigan har bir tarbiyaviy ish zamirida nafislik, go’zallik yotishi kerak. Anashundagina biz o’z bolalarimiz ongi va qalbida nafosat tarbiyasini shakllantirgan bo’lamiz. Bolalarni go’zallik bilan oshno qilish, ularda esteti did, estetik ong, estetik bilimlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Pedagogikada estetik tarbiya vazifalarini belgilashda umumiy tarbiya maqsadlari va bolalarning yosh hususiyatlari alohida hisobga olinadi. Estetik tarbiya vazifalarini yo’nalishiga ko’ra shartli ravishda to’rt guruhga birlashtiriladi:
1 .Bolalarda estetik moyillik: estetik hayajon, estetik munosabat va qiziqishni tarkib toptirish, ularda estetik moyillik atrof-voqyelik va san’at asarlarining estetik obrazlari yig’indisining to’plashni, ularga xissiy hozirjavob bo’lishni rivojlantirish; estetik xis-tuyg’ular, ehtiyoj, did va munosabatlarni rivojlantirish kiradi.
2. Estetik ongni shakllantirish esa estetik ong qirralari(tasavvur va bilimlar hajmi, estetik mulohaza va baholash)ni tarkib toptirishdan iboratdir.
Estetik ong tarkib topishi orqali bolalar voqyelik va san’atdagi go’zallik yoki xunuklik, kulguli yoki fojialilikni to’g’ri aniqlashning xilma-xil mezonlarini aniqlash, ya’ni buyumlarning hususiyati va sifatlarini: shakli, rangi, tovushlari; hissiy aniqlash: shodlik, qayg’u, xafalik, ajablanish, alam; san’atshunoslik mezoni ya’ni ayrim musavvir, bastakorlarning ismlari va hayoti, faoliyatini bilish; - estetik;

  • mezon chiroyli;

  • xunuk;

  • kulguli;

  • qahramonlik kabilarni ajrata bilishni o’rganadilar. Ularda tevarak-atrofga nisbatan to’g’ri munosabat va go’zallikni tushunish shakllanadi.

3.Estetik faoliyatga o’rgatish bu guruh vazifalarini amalga oshirilishi jarayonida pedagog bolalarni faol estetik va badiiy faoliyatga jalb qiladi, ularda estetik va badiiy idrokni rivojlantiradi, badiiy ijrochilik faoliyatining ko’nikma va malakalarini shakllantiradi, go’zallikni turmushga, tabiatga, o’z qiyofasiga kiritish ko’nikma va malakalarini tarbiyalaydi.
4.Estetik va badiiy- ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasini bajarish natijasida o’qituvchi har bir bolada umumiy va maxsus badiiy- ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishini, hissiy hozirjavoblik qobiliyatini hamda ijodiy hayolni rivojlantiradi.
Estetik tarbiya vazifalarini to’la-to’kis bajarilishi bolalar bolalarda qator ijobiy sifatlarni: tashabbuskorlik, ijodkorlik, oldindan ko’ra bilish, intiluvchanlik, orzu qila bilishlik kabilarni shakllantiradi.
Bolalarda estetik tarbiyaning mazmuni, ularda estetik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg’u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish va didlarini tarbiyalashni o’z ichiga oladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling