I bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ma’naviy tarbiya berishning pedagogik asoslari


Download 0.68 Mb.
bet67/120
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1609294
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
2 5220116763525519013

2. Mavzuni e’lon qilish bosqichi: “Ma’naviyatli odam kim?” degan mavzu oldindan katta qog’ozga yozib qo’yilgan edi. Uni hammaga ko’rinadigan joyga, tarbiyachi yaqinroq joyga osib qo’ydi va uni tarbiyachi bolalarga hamma eshitadigan ovozda o’qib berdi. Bunga sabab hamma o’quvchilar ham hali o’qishni bilmaydi.
3. Maqsad va vazifalarni bayon qilish bosqichi:
Maqsad: Bolalar ongiga “Ma’naviyatli odam kim?” va “Ma’naviy qashshoq odam kim”, ekanligini singdirish.
Vazifalar: Ezgulikka xos odamlar qanday odamlar va yovuzlikka xos, ya’ni turli illatlarga ega bo’lgan odamlar qanday odamlar bo’lishligi bolalar ongiga singdirish.
4. O’quv jarayonining mazmuni: Bu holatda tarbiyachi oldindan tayyorlab olgan rejasi bo’yicha ezgulikni ifoda etadigan ma’lumotlarni bolalarga yetkazadi. Ular tartibi alfavitga asosan olib borilsa yaxshi bo’ladi. Keyin yovuzlikka oid ma’lumotlar, ya’ni illatlarning mazmun – mohiyati bayon qilinib, ular ezgulikka oid mos ma’lumotlar bilan taqqoslanib o’rgatilsa bolalar ongida chuqur saqlanib qoladi. Endi ma’lumotlar bayoniga o’tamiz.
Vatankishilarning yashab turgan uyi, ularning ajdod va avlodlari, tug’ilib o’sgan joyi, hududi, mamlakati, shahri, mahallasi.
Vatanparvarlik – bu insonning uyiga, o’z mahallasiga, o’z Ona zaminiga, yurtiga bo’lgan muhabbati, uni sevish, e’zozlash, Vatan ravnaqiga o’z hissasini qo’shishiga erishishi borasidagi faoliyati.
Intizomli kishi – bunday odamlar turmush qoidasiga ongli ravishda munosabatda bo’ladi. Ular xoh bog’chada bo’lsin, xoh maktabda bo’lsin, xoh boshqa jamoat tashkilotlari yoki muassasalarida bo’lsin o’z faoliyatida aniq va intizomli bo’lib, o’z burch va vazifalariga, jamoat topshiriqlariga mas’uliyat bilan qaraydi.
Madaniyat – shaxs xulq – atvori, muammosi va hatti – harakatlarining ma’lum ketma – ketlik asosidagi shakllangan tizimdir.
Ma’naviyat –insonning ongi, aqliy qobiliyatini, ruhiy kechinmalarini yaxshiliklarga, ezgu niyatlarga to’la qalbini ifodalovchi ko’p qirrali faoliyati natijalari majmuasining ifodasidir.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling