I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet15/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Mustaqil ish – bu ta’lim muassasalarida fanlardan shunday bilim olish turi bo‘lib, bunda talabalarning o‘z oldilariga interfaol ta’lim metodlari asosida u yoki bu vazifalarni, maqsadlarni ongli ravishda qo‘yishi, o‘z faoliyatini rejalashtirishi va uni amalga oshirishi hamda o‘zini baholay olish qobiliyatlari bilan aniqlanishidir.
Mustaqil ish jarayoni – talabalarning o‘quv-tarbiya jarayonida mustaqil faoliyatini auditoriyada, auditoriyadan tashqari va mustaqil ravishda tashkil etishga yo‘naltirilgan jarayondir.
Mustaqil fikr yuritishga, aqliy va ijodiy faollikka erishishga qaratilgan mashg‘ulot turi mustaqil ta’lim bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil ta’limning asosiy masalasi ham aynan bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining dars va darsdan so‘nggi faoliyati faolligini ta’min etishga yo‘naltirilgan shart-sharoit, erkin fikr va kasbiy mas’uliyatni his qilishni ta’min etishga qaratilgan ijodiy jarayondan iborat.
Demak, fikr-shaxsning faoliyat jarayonidagi bilimi, tajribasi, qobiliyati va kuch-qudratini nomoyon etadigan ma’naviy-kasbiy sifatidir. Fikr tarbiyasiga qaratilgan ilmiy-amaliy manbalar eng qadimgi yozma yodgorliklardan bo‘lmish “Avesto”da ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal ko‘rinishida o‘z ifodasini topgan.
Ammo mustaqil ta’limga bo‘lgan innovatsion yondashuvlar bugungi islohotlar talabi darajasida to‘laqonli o‘z echimini topgan emas. Talabalarning mustaqil ta’limini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ta’lim prinsiplari, qonuniyatlar hamda uni amalga oshiruvchi interfaol metodlar metodikasi to‘liq modernizatsiya qilinmagan. Bu borada ilgari surilgan pedagogik g‘oyalarni generatsiyalash hamda uni yaxlit tizim holiga keltirish muammosi hal etilmagan. G‘oyalar integratsiyasi jarayonida mustaqil ta’lim texnologiyasining o‘rni hozircha pedagogik jihatdan alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagan.
SHunga ko‘ra biz tomondan olib borilayotgan tadqiqot ishining maqsadi: Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining mustaqil ta’lim texnologiyasiga qaratilgan pedagogik g‘oyalar samaradorligini kafolatlovchi ta’lim mazmunini tivojlashtirishga erishishdan iborat.
Ma’lumki, mustaqil ta’limni yo‘lga qo‘yishda nafaqat talablarni muayyan fan bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarini oshirish, ularda mustaqil dunyoqarashni shakllantirish, shu bilan bir qatorda bo‘lajak mutaxassis sifatida talaba shaxsida ijodiy va ilmiy tafakkurni rivojlantirish vazifasi turar ekan, ma’lum ma’noda global professionallik masalasi ham o‘z tasdig‘ini topmog‘i lozim. Bu jarayondagi ijodiy texnologik yondashuv talabadan tezkor fikrlashni va faol harakatni talab qiladi. CHunki talabadagi faollik ijodiy faoliyatga aylangan taqdirdagina mehnatni ilmiy tashkil qilish, vaqt byudjetidan unumli foydalanish amalga oshadi. Ana shunda talaba qiziqishlar asosida o‘zining diqqatini muayyan ob’ektga qarata oladi.
Ijodiy texnologik faoliyat shunchaki oson kechadigan jarayon emas. SHaxsning sezgisi, idroki uning xotirasi hamda mantiqiy tafakkur ko‘lami bilan uyg‘un bog‘lanib ketadi. Ijodiy faoliyatda talabdagi bilim innovatsion ko‘nikma va malakalar bilan yanada takomillashib boradi. Analitik tafakkurning mahsuli o‘laroq talaba:

  • matn mazmunidan kerakli fikr qoida va ta’riflarni keltirib chiqarmog‘i;

  • innovatsion yondashuvlar asosida o‘zining g‘oyalarini ilgari surmog‘i;

  • o‘quv-biluv va ijodiy faoliyatga xos sababiy bog‘lanishlarni, undagi muayyan sifat hamda xususiyatlarni belgilashini, sifatni miqdorga yoki miqdordan sifatni (kvalimetriya metodi asosida) keltirib chiqarishi, ularning oqibatlarini belgilovchi omillarni bilishi;

  • olingan ma’lumotlar bankiga muvofiq statistik-matematik tahlillar o‘tkazish va o‘zining mustaqil fikrini ahamiyatiga ko‘ra saralab, muayan tizim holiga keltira olishi lozim.

Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etish va ularning mustaqil bilim olishlari uchun dastlab, ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hamda ta’limiy yondashuvlarni hisobga olish zarur.
Tizimli yondashish tizim sifatida o‘rganilayotgan hodisaga, yaxshi tuzilgan va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan elementlar to‘plamiga (I.V.Blauberg, V.N.Sadovskiy, E.G.YUdin), o‘zaro ta’sir qiluvchi ob’ektlar to‘plamiga munosabatni o‘z ichiga oladi. Talabalarning didaktik kompetensiyasini shakllantirishga tizimli yondashuvning mohiyati shundan iboratki, didaktik kompetensiyaning nisbatan mustaqil tarkibiy qismlari alohida holda emas, balki boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarda ko‘rib chiqiladi, bu holda har qanday ob’ekt ham tizim sifatida, ham kattaroq, qamrab oluvchi tizimning elementi sifatida ko‘rib chiqiladi.
SHaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash insonning shaxs sifatida ijtimoiy, faoliyatiy va ijodiy tabiati haqidagi fikrni tasdiqlaydi (E.V.Bondarevskaya, I.S.YAkimanskaya va boshqalar).
V.V.Kraevskiy, M.A.Mkrtchyan va boshqa tadqiqotchilar aytishicha, didaktik bilimlar o‘quv jarayonining mohiyati, kasbiy qadriyatlar va munosabatlar to‘g‘risidagi didaktik g‘oyalar to‘plami sifatida belgilanadi.
Didaktik ko‘nikmalar deganda, biz talabaning o‘zlashtirgan asosiy didaktik bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan, talabaning ongli va mazmunli amaliy harakatlarida namoyon bo‘ladigan, ijodiy o‘sishi mumkin bo‘lgan va turli didaktik vazifalarni echishga qaratilgan faoliyat usullarini tushunamiz. Biz ularni kasbiy va xususiy didaktik ko‘nikmalarga ajratamiz.
Zamonaviy sharoitda talabalarni tayyorlashga bo‘lgan talablar o‘zgarganda, mustaqil ishlash texnika oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi shaxsini o‘qitish, rivojlantirish va tarbiyalashga ta’sir qiluvchi etakchi omilga aylanadi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq, asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish uchun taqdim etilgan o‘qish vaqtining yarmi mustaqil ish uchun ajratilishi kerak, me’yor haftasiga 54 soatdan oshmasligi kerak.
Tadqiqotda texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ishi deganda o‘qituvchining bevosita yoki bilvosita rahbarligi ostida amalga oshiriladigan o‘quv faoliyatining rejalashtirilgan turi tushuniladi, uning davomida talaba ta’limiy-o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish maqsadida har xil vazifalarni mustaqil ravishda bajaradi.
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fanning xususiyatlari, shuningdek, har bir talabaning o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
– ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
– berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
– seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
– laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;
– loyihalar va amaliy topshiriqlarni bajarish;
– ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
– nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
– amaliyotdagi mavjud muammolarni echimlarini topish;
– maket, model va namunalar yaratish;
– hisoblashlar va grafik ishlarni bajarish;
– berilgan mavzu bo‘yicha kompyuterlardan kerakli ma’lumotlarni mustaqil izlab topish va referat tayyorlash;
– elektron darsliklardan foydalanib topshiriqlarni bajarish.
O‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin. Fan dasturlarida talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan tashkil etiladigan mustaqil ishlar auditoriyada va auditoriyadan tashqarida hamda axborot kommunikatsiya tizimlari hamda vositalaridan foydalangan holda tashkil etilishi mumkin (1.3.1-rasmga qarang).





Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling